Yo‘l harakati jarayonida, uni tashkil etishda va avtomobillarni xavfsiz boshqarishda avtomobillarning statik holatidagi gabarit uzunligidan tashqari dinamik holatidagi gabarit kengligi va uzunliklari ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, yo‘llarning o‘tkazish qobiliyati harakatlanish bo‘lagining kengligi va boshqalar.
Avtomobilning dinamik gabarit uzunligi deb avtomobilning orqa bamperidan oldinda harakatlanayotgan avtomobilning orqa bamperigacha bo‘lgan masofaga aytiladi
Ko‘pgina mualliflar xavfsizlik oralig‘ining uzunligini mazkur avtomobilning to‘xtash yo‘liga teng qilib olishni maslahat beradilar. Ammo real yo‘l sharoitida bu masofa to‘xtash yo‘lining uzunligidan sezilarlik darajada kichik bo‘ladi.
Avtomobil to‘g‘ri yo‘lda harakatlanayotganida haydovchi to‘g‘ri chiziqli harakat qilayapman deb hisoblaydi. Ammo avtomobil harakatlanayotganida unga harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga intiluvchi har xil omillar ta’sir etadi. Bunday ta’sirlarga g‘ildiraklarni yo‘l qoplamasining notekis joylariga urilishi, shamol ta’siri va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu ta’sirlarning natijasida avtomobil tanlangan yo‘nalishdan og‘a boshlaydi
Hozirgacha avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakati ko‘rib chiqildi. Harakat jarayonida avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartirib chapga va o‘ngga burilishi yoki orqaga qaytishi mumkin (egri chiziqli manevr). Bunday manevrlar uchun avtomobilga zarur bo‘lgan kenglik dinamik yo‘lakchadan ancha farq qiladi.
Avtomobilni eng chekka nuqtalarini yo‘ldagi proeksiyasi bilan chegaralangan yo‘lak avtomobilning «dinamik gabarit yo‘lagi» (DGY) deb ataladi
DGY ning qiymati avtomobilning bazasiga (oldi va orqa o‘qlar orasidagi masofa), gabarit kengligiga, boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilish burchagiga, tirkama va yarim tirkamalarning soniga bog‘liq bo‘ladi.
CHegarlangan oraliqlarda harakatlanayotganda dinamik gabarit uzunlikni, kenglikni va yo‘lakni haydovchi doim yodida tutishi kerak.
CHegaralangan oraliqda harakatlanayotgan haydovchi ogohlantiruvchi ishora belgisini (chiroqni) bergandan so‘ng kamida 5 sekund o‘tgandangina o‘zi egallab turgan harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi, o‘ngga yoki chapga hamda orqaga burilish manevrini boshlashi kerak, manevr vaqtida orqada, oldinda va yon tomondan yaqinlashib kelayotgan imtiyozga ega bo‘lgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak.
Haydovchilar uchun bugungi kunda vujudga kelgan eng katta muammolardan biri bu avtomobillarni parkovka joyiga kirishi va chiqishdir (bozorga avtomobilda borgan har bir haydovchi buni yaxshi biladi).
SHuning uchun haydovchilar qisqa vaqt oralig‘ida ortiqcha manevrlarsiz to‘xtash joyiga kirish va chiqish usullarini yaxshi mashq qilgan bo‘lishlari kerak.
Orqaga harakatlanayotganda odamning gavdasi biroz o‘ng tarafga burilgan, ko‘zlari esa orqa tarafga qaragan bo‘lishi kerak. Bu paytda o‘ng qo‘l yon tomonga cho‘zilib, haydovchining yonidagi o‘rindiqning ustida yotishi kerak.
«Yo‘l-transport hodisalari ekspertizasi» fanida (xavfli holat) deb shunday vaziyatga aytiladiki, bu vaziyat vujudga kelganda haydovchi o‘zidagi va transport vositasidagi barcha imkoniyatlarni ishga solib, yo‘l–transport hodisasini oldini olishga harakat qilishi kerak.
CHegaralangan oraliqda harakatlanganda uchraydigan xavfli holatlarning barchasi haydovchi yo‘l qo‘ygan xatoliklar oqibatida vujudga keladi. Bunday xatoliklarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: