Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish


Avtomobilni transport oqimida boshqarish ustida amallar bajarish



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə8/28
tarix19.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#157611
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
transport vositalarini boshqarish

Avtomobilni transport oqimida boshqarish ustida amallar bajarish

1. Transport oqimida xavfsiz va yon oraliq harakatlanishni o`rganish


2. To‘siqni aylanib o‘tishda avtomobilni boshqarishni o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlar

Yo‘l harakatini tavsiflovchi ko‘rsatlichlar o‘rtacha tezlik, harakat jadalligi, transport oqimining zichligi birinchi galda transport oqimining tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Agar shahardan tashqaridagi avtomobilь yo‘llarida ko‘proq katta yuk ko‘taradigan avtomobillar, avtopoezdlar, traktor va traktor poezdlari, o‘zi yurar mexanizmlar ko‘proq uchrasa, shahar ko‘chalarida avtomobillardan tashqari troleybus, tramvay va mototsikllarni ko‘plab uchratish mumkin.


Harakat jadalligi yuqori bo‘lgan yo‘llarda avtomobillarning harakati bir biriga uzviy bog‘langan bo‘lib bunday sharoitda (qayta tuzilish, yonga va orqaga burilish hamda quvib o‘tishlar) murakkablashadi, haydovchi transport oqimining tezlik tartibiga qarab tezlikni tanlaydi. Katta gabaritli avtomobillar va avtopoezdlar esa bajarilshi lozim bo‘lgan manevrlarga sezilarlik darajada halaqit beradilar.
Harakat jadalligi 400avt/sek dan ortib ketganida haydovchi asosiy vaqtini bir yo‘nalishda va ro‘para yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobillarni kuzatishga sarflaydi. Bu esa o‘z navbatida yo‘lning yo‘nalishini, qoplamasining holatini va yo‘lning qatnov qismidan tashqarida joylashgan ob’ektlarni kuzatish imkoniyatini cheklab qo‘yadi.
Haydovchi uchun transport oqimida piyodalr katta xavf tug‘diradi. Haydovchi piyodalar to‘plangan yoki ularning paydo bo‘lish ehtimoli bo‘lgan joylarga yaqinlashganida uning e’tibori zo‘riqadi. U piyodalarga etarlik darajada e’tibor bera olmaydi, chunki haydovchi bir paytda transport vositasining harakatini va yo‘ldagi joylashuv holatini ham kuzatishi zarur bo‘ladi.
Harakat jadalligi qancha yuqori bo‘lsa, bu omillarning harakat havfsizligiga ta’siri ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Ikki tasmali yo‘llarda haydovchi asosiy vaqtini oldinda ketayotgan avtomobilni kuzatishga sarflaydi. Agar oldinda harakatlanayotgan avtomobil yuk avtomobili yoki avtobus, orqasi qora qilingan engil avtomobilь bo‘lsa, e’tiborni konsentratsiyalashgan maydoni kichrayib ketadi.
Bunday sharoitda harakat havfsizligini ta’minlashning asosiy sharti bu oldinda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan ma’lum bir oraliq masofani-havfsizlik oralig‘ini saqlashdir.
Xavfsizlik oralig‘ini haydovchi o‘zining ish qobiliyatiga (reaksiya vaqtiga), avtomobillarning tezligi va sekinlashish darajasiga, avtomobilning texnik holatiga va ko‘rinish masofasiga qarab tanlaydi.
To‘siqlarni aylanib o‘tish avtomobillarni quvib o‘tishiga qaraganda soddaroq bo‘lishga qaramasdan ular ham haydovchidan ma’lum bir ehtiyot choralarini ko‘rishni talab etadi.
Haydovchi to‘siq bor joyga yaqinlashib kelar ekan harakat bo‘lagi bittadan ortiq bo‘lsa, yo‘l harakati qoidalariga bo‘ysungan holda chap qatorga o‘tib olishi kerak.
Ikki tasmali yo‘llarda to‘siqqa yaqinlashib kelayotgan haydovchi tezlikni kamaytirib ro‘paradan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan etarli bo‘shliq oraliqni chamalab baholashi kerak. Agar bu masofa to‘siqni aylanib o‘tish uchun etarsiz bo‘lsa, avtombilni to‘xtatishi va faqat aylanib o‘tish uchun etarli bo‘shliq oraliq vujudga kelgandagina harakatni boshlashi va to‘siqni aylanib o‘tishi mumkin.
Kunning qorong‘i paytlarida to‘siqni aylanib o‘tish yanada murakkab bo‘lib, bunday sharoitlarda haydovchi uchun asosiy xavf oraliq masofani noto‘g‘ri tanlashi va ro‘paradan kelayotgan avtomobilning chirog‘idan ko‘zini qamashib qolishidir.
Umumfoydalanishdagi transport vositalarini to‘xtash joylari (bekatlar) qanday joylashtirilganiga qarab uch turga ajratiladi :
-yo‘lni qatnov qismida joylashgan bekatlar;
-yarim cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar;
-cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar.

Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin