Murakkab yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish bo`yicha amallar bajarish
1. Tuproqli va o`rmonli yo‘llarda avtomobilni boshqarishni o`rganish
2. Suv va muzlik kechuvlarida avtomobilni boshqarishni o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Yilning har xil davrlarida yo‘llarning transport-ekspluatatsion sifati, harakat jadalligi va tarkib kabi ko‘rsatkichlari o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar ko‘rilayotgan mintaqani, ya’ni O‘zbekiston Respublikasini ob-havo sharoiti bo‘yicha qaysi zonaga kirishiga va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib harakat xavfsizligini tashkil etilayotganida ularni albatta hisobga olish kerak.
Ob-havoni harakat xavfsizligiga ta’sirini hisobga olish va baholash yilning har xil fasli uchun avariyalar koeffitsientining grafigini qurish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining yo‘llari uchun yozgi fasl va o‘tish davri uchun avariyalar koeffitsientini qurish etarli bo‘ladi.
Yilning har xil davrlarini harakat xavfsizligiga ta’sirii o‘rganilar ekan, ayniqsa qish fasliga katta axamiyat berish kerak bo‘ladi. Bu faslda kunlar sovib ketadi, tez-tez yog‘ingarchilik bo‘ladi. Haydovchilar qalin kiyinishlari natijasida qo‘pollashib ketadilar. Agar avtomobilning isitish sistemasi yaxshi ishlamasa, haydovchining ish o‘rnidan kuzatuvchanligi ham yomonlashadi.
Ko‘p qor yog‘ishi va uni erishi oqibatida g‘ildiraklarni yo‘l bilan ilashish koeffitsienti kamayib ketadi. Natijada haydovchi tezda charchaydi.
Qorli va toyg‘oq yo‘llarda harakatlanish Qor yog‘ayotganda avtomobilni xavfsiz boshqarish ancha murakkablashadi. Qor yog‘ayotganida haydovchi albatta oyna tozalagichlarni va oynani isitish tizimini ishga tushurishi kerak. Harakatni boshlashdan oldin g‘ildiraklar osti tozalansa va unga qum yoki shag‘al tashlansa, yanada yaxshi bo‘ladi va avtomobil sirpanmasdan joyidan qo‘zg‘ala oladi. Avtomobilni boshqarar ekan haydovchi signal chiroqlarini ifloslanib qolishini unutmasligi va ularni tez-tez tozalab turishi zarur bo‘ladi.
Odatda qorning qalinligi 30-40 sm bo‘lgan yo‘llarda avtomobil harakatlana oladi. Bunday sharoitda haydovchiga to‘xtash va uzatmalar qutisining uzatmasini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. CHunki avtomobil kichik tezlikda harakatlanayotgani uchun qorda tiqilib qolishi mumkin. Agar avtomobil to‘xtab qolsa yoki qor uyimidan o‘tishi kerak bo‘lsa uni 10-15 m orqaga yurgazib to‘siqdan asta-sekin o‘tishi yaxshi natijalar beradi.
Agar yo‘l qoplamasi tepkilangan qordan iborat bo‘lsa, bunday yo‘llarda g‘ildiraklarni yo‘l bilan ilashish koeffitsienti juda kamayib ketadi. Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki yo‘l qoplamasi xo‘l bo‘lgan joylarda 33.0% va muzlagan joylarda 77.0 % gacha YTH avtomobilni sirpanib ketishi oqibatida sodir bo‘lar ekan.
Yo‘lning qatnov kismi tepkilangan qordan iborat bo‘lganda yo‘lning yoqasidagi qorni tepkilanmagan bo‘lishi mumkinligi har doim unutmaslik kerak. Ayniqsa qarama-qarshi yo‘nalishda avtomobillar harakatlanayotganida haydovchi yo‘l berish uchun yo‘l yoqasiga chiqib ketganda ozgina tormoz berish ham avtomobilni sirpanib ketishiga olib keladi.
Agar yo‘lda avtomobillarni ko‘p o‘tganligi oqibatida chuqur izi qolgan bo‘lsa yoki tramvay yo‘li o‘tgan bo‘lsa, bunday sharoitlarda ularni hisobga olish kerak. chunki relьs va uning yonida g‘ildiraklarni yo‘l bilan ilashish koeffitsienti juda ham kichik bo‘ladi. Relьslarni kchiki burchak ostida kesib o‘tish va g‘ildiraklarning o‘qini bir paytda bir tomonda bo‘lib qolmasligini ta’minlash kerak.
CHuqur izlardan chiqib ketish uchun boshqariluvchi g‘ildiraklarni oldin teskari tomonga keyin esa kerakli yo‘nalishga aylantirish to‘siqlardan o‘tishni ta’minlaydi.