Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish


Tog‘li yo‘llarda avtomobilni boshqarish



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə12/28
tarix19.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#157611
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
transport vositalarini boshqarish

Tog‘li yo‘llarda avtomobilni boshqarish
Haydovchi uchun eng murakkab bo‘lgan yo‘l sharoitlaridan biri bu tog‘li yo‘llardir. Tog‘li yo‘llar va davonlar boshqa yo‘llarga qaraganda o‘ziga xos belgi (xususiyat)lari bilan keskin farq qiladi.
Tog‘li yo‘llar boshqa yo‘llarga qaraganda uzoq cho‘zilgan ko‘tarilish va tushishlar, keskin burilishlar, ko‘rinish masofasini juda cheklanganligi, yo‘lni bir tomonini jarlik tashkil etishi, tosh va qorlar ko‘chish ehtimolini yuqoriligi, yog‘ingarchiliklar oqibatida yo‘l qoplamasini toyg‘oq tuproq bilan qoplanib qolishi mumkinligi kabi belgilari bilan ajralib turadi. Tuman tushishi ehtimoli ham tog‘li yo‘llarda yuqori bo‘ladi.
Yo‘lni okean sathidan qo‘tarilgani sari havo bosimini kamayishi oqibatida dvigatelning quvvati kamayada, agar dvigatel karterida moy etarli darajada bo‘lmasa, ishqalanishni ortib ketishi oqibatida uning qismlari qisilib aylanmay qolishi, tormoz tizmini doimo ishlashi natijasida uning samaradorligi keskin kmayib ketishi mumkin.
Bulardan tashqarii tog‘li yo‘llarda harakatlanganda haydovchi quyidagilarga amal qilishi kerak:
-avtomobilni to‘xtaganida joyidan qo‘zg‘olib ketmasligi uchun moslamalarni o‘rnatish;
-avtomobilni texnik holatini va to‘liq jihozlanganligini tekshirish;
-uzoq cho‘zilgan tushishlarda kichik uzatmada harakatlanish;
-nishablik kichik bo‘lgan yo‘llarda uzatmalar qutisi neytral holatda bo‘lsa, dvigatelni o‘chirmasdan harakatlanish;
-tajribasi etarli bo‘lmaganda tog‘li yo‘llarda avtomobilni tajribasi yuqori bo‘lgan haydovchiga topshirish (ayniqsa odam tashilayotganda) va hokazo.
Suv to‘siqlaridan o‘tish
Daryo va boshqa suv havzalaridan kechib o‘tishdan avval uni chuqurligini, er qatlamini qattiqligini va kechuv joyida har xil chuqurliklar va katta toshlar bor yo‘qligini tekshirib chiqish kerak.
Kechuv joyi aniqlangandan so‘ng uni belgilab chiqish kerak. Buning uchun qoziqlar qoqib unga bayroqchalar osib qo‘yish kerak. Kechuvga tushish va chiqish joylari tekis, kechuvning chuqurligi esa engil avtomobillar uchun 0,4-0,5m, qolganlari uchun 0,6-0,8m dan oshmasligi kerak. Bu chuqurlik shamollatgich shkivining balandligi bilan cheklanadi. Agar shkiv suvga tegib qolsa, aylanganida suvni sachratish oqibatida shamchalar (svecha) ho‘llanib qolishi oqibatida dvigatel o‘chib qolishi mumkin.
Kechuvni boshlashdan oldin radiator to‘siqlari yopilishi va avtomobil oqimga nisbatan burchak ostida birinchi uzatmada harakatlanish mumkin bo‘lgan eng katta tezlikda yurishi kerak.
Kechuv joyi muzlagan davrlarda undan o‘tish uchun muzning qalinligi va mustahkamligi tekshiriladi. Buning uchun har 15-25m masofada muz teshilib uning qalinligi aniqlanadi. 15sm qalinlikdagi muz 2t og‘irlikdagi avtomobilni, muzni har 5sm ga qalinlashishi esa qo‘shimcha 1t ni ko‘tara oladi.
Muzdan o‘tishda avtomobilning eshiklari doim ochiq bo‘lishi va haydovchidan boshqa odam kabinada bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin