Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə11/28
tarix19.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#157611
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
transport vositalarini boshqarish

Tuproqli yo‘llarda harakatlanish
Yo‘l qoplamasi yotqizilmagan yo‘llar tuproq yo‘llar deb ataladi. Bugungi kunda tuproq qoplamali yo‘llar o‘rnini asfalьt yotqizilgan yo‘llar egallayotganiga qaramay ular hali ham kichik qishloq va dala yo‘llarda mavjuddir. Bunday yo‘llarda yo‘lning quruq holatida harakatlanish katta xavf tug‘dirmaydi. Lekin yog‘ingarchilik serob bo‘lgan yilning fasllarida bunday yo‘llarda chuqur g‘ildiraklar izining vujudga kelishi tuproqni to‘planib qolishi (bugor) va yo‘lning tayg‘oqligini ortib ketishi har xil salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun bunday sharoitlarda haydovchi ma’lum bir qoidalarga amal qilishi kerak.
Bunday yo‘llarda iloji boricha yo‘l qoplamasining balandroq bo‘lgan joyida, agar avtomobillarni qatnovini natijasida chuqur iz qolgan bo‘lsa, shu izlardan yurish kerak bo‘ladi. Agar iz yo‘ldan chuqurda joylashgan bo‘lsa, uni kichik burchak ostida va yuqorida bo‘lsa, to‘g‘ri burchak ostida o‘tish tavsiya etiladi. g‘ildiraklar chuqur iz qoldirgan joylarda avtomobilning oldi qismini va orqa ko‘prigini erga tegib qolmasligini, yo‘lda ko‘priklar paydo bo‘lsa, ularni avtomobilni ko‘tara olishini tekshirib ko‘rish xavfsizlikni va boshqa salbiy oqibatlarni oldini olishni ta’minlaydi.
Kuz faslida dala va o‘rmonlardan o‘tgan yo‘llarda barglarni to‘kilishi oqibatida ham yo‘lning tayg‘oqligini ortib ketishiga olib keladi. Haydovchi bunday yo‘llarda avtomobilni tayg‘oq yo‘llardagi kabi boshqarib xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
Qum barxanlari va yumshoq qatlamli bo‘lgani sababli harakat uchun qarshilik katta bo‘ladi. SHuning uchun bunday yo‘llarda tortish kuchini oshirish maqsadida past uzatmalarda harakatlanish kerak. Tezlik o‘zgarmas bo‘lishi va to‘xtamasdan harakatlanish tavsiya etiladi. Qumli barxanlarda harakatlanayotganda boshqa avtomobillarni quvib yoki aylanib o‘tishga ruxsat berilmaydi. Avtomobilni qumli barxanlardan o‘tishda qolib ketmasligini ta’minlash uchun avtomobilda kurak, domkrat, zanjir, bolta va taxtalar ilingan bo‘lsa, yanada maqsadgi muvofiq bo‘ladi.



Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin