Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish


Avtomobilni chorrahalarda va piyodalar o‘tish



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə7/28
tarix19.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#157611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
transport vositalarini boshqarish

Avtomobilni chorrahalarda va piyodalar o‘tish
joyida boshqarish ustida amallar bajarish
1. Avtomobilni chorraxalarda boshqarishni o`rganish
2. Avtomobilni piyodalar o‘tish joylarida boshqarishni o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash

Ziddiyatli nuqtalarning xavfliligini besh ballgacha bo‘lgan mezon bilan baholash qabul qilingan. CHorrahadagi zidiiyatlik nuqtalarning soni chorrahaning murakkabligi undagi harakatlanish yo‘laklarining soniga, chorrahaning turiga, harakatni boshqarilishi yoki boshqarilmasligi va chorrahada ruxsat etilgan manevrlarga bog‘liq bo‘ladi.


CHorrahalarda xavfsizlkni ta’minlanishining eng birinchi sharti yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilishdan iboratdir.
CHorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi avvalo yo‘l belgilari va chiziqlariga e’tiborini qaratishi kerak.
CHorrahaga haydovchi asosiy yo‘ldan kirib kelayotgan bo‘lsa, ham hushyorlikni yo‘qotmasligi kerak.
CHorrahaga yaqinlashayotganda bulardan tashqarii haydovchi quyidagi qoidaga amal qilishi kerak, ya’ni orqani ko‘rish oynasiga qarash, keyin ogohlantiruvchi ishoralarga va xavfsizlikni ta’minlanishiga ishonch qosil bo‘lgach mo‘ljallangan manevrni bajarish.
CHorrahadan o‘tishda quyidagicha xatti–harakatlar amalga oshiriladi: kerakli harakatlanish yo‘lagiga o‘tish, xavfsiz tezlikni tanlash, o‘ngga va chapga qarash, harakat uchun xavf bor bo‘lsa, avtomobilni to‘xtatish.
Haydovchini tartibga solinmagan va solingan chorrahalardan o‘tish tirtibi yo‘l harakati qoidalarida bayon qilingan. Bu erda chorrahalarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar va haydovchilarni amalga oshirishi kerak bo‘lgan xatti–harakatlari ko‘rib chiqiladi.
CHorrahalar harakatni tartibga solinishi yoki solinmaganligiga qarab uch turga bo‘linadi;
- tartibga solinmagan chorrahalar;
- vaqtincha tartibga solingan chorrahalar;
- tartibga solingan chorrahalar.
Bugungi kunda faqat jadalligi kichik bo‘lgan sodda chorrahalardagina harakatni tartibga solmaslikka ruxsat etiladi.
CHorrahada harakatni svetofor yordamida boshqarish shartlarining me’zonlari maxsus kurslarda o‘rganiladi.
Tartibga solinmagan chorrahalarda harakat xavfsizligi va tezlik yonlama ko‘rinish masofasiga va chorraha hududini haydovchining ish o‘rnidan ko‘rinuvchanligiga (obzornostь rabochego mesto voditelya) bog‘liq bo‘ladi
Agar svetofor kunning ma’lum bir davrlarida o‘chirib qo‘yilib, faqat sariq chirog‘i miltillab (yonib-o‘chib) tursa, yoki harakat tartibga soluvchi tomonidan boshqarib turilsa, chorraha harakatlanish vaqtincha tartibga solingan deb ataladi.
Tartibga solingan chorrahalarda (svetofor yoki tartibga soluvchi tomonidan) harakatlanish tartibga solinmagan chorrahalarga qaraganda engil bo‘ladi. Bunday chorrahalarda haydovchidan yo‘l harakatlari qoidalariga to‘liq amal qilish talab etiladi, xalos.
Piyodalar o‘tish joylarida avtomobilni xavfsiz boshqarish uchun haydovchi yo‘l harakati jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi kerak. - rasmlarda piyodani o‘tish joylarida ko‘p vujudga keladigan xavfli vaziyatlar ko‘rsatilgan.
Transport vositalari uchun yashil chiroq yonganida chorrahada to‘xtab turgan avtomobillar ko‘rinish masofasini cheklab qo‘ygani uchun eng chekkada kelayotgan avtomobil haydovchisi piyodani o‘z vaqtida ko‘rmay qolishi oqibatida piyodani bosib ketishi mumkin. Bunday vaziyatlarda hodisani oldini olish uchun haydovchi tezlikni kamaytirish va avtomobilni tormoz berib to‘xtatishga tayyor bo‘lishi kerak.
Piyodalarni o‘tish joyiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi piyodaning sabr-qanotini yaxshi bilishi kerak. Piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda 30 sekund davomida transport vositalarini o‘tkazib yuborishga sabr qilib turishi mumkin.
30 sekunddan keyin sabri tugagan piyoda harakat ta’qiqlanganiga qaramay yaqin kelib qolgan avtomobilning oldidan yo‘lni kesib o‘tishga harakat qiladi





Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin