Tashqi yoritgichlar. Tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmasa.
Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan bo'lishi mumkin.
Tumanga qarshi faralar yo'l yuzidan 250 mm dan kam bo'lmagan balandlikda joylashishi, lekin yaqinni yorituvchi faralardan baland bo'lmasligi, transport vositasining o'qiga mutanosib va tashqi gabaritdan ko'pi bilan 400 mm uzoqlikda joylashishi kerak.
Tumanga qarshi bitta yoki ikkita qizil chiroq transport vositalarining orqasiga 400-1200 mm balandlikda va to'xtatish ishorasida kamida 100 mm yaqinlikda o'rnatiladi.
Tumanga qarshi fara, orqa chiroqlar, gabarit chiroqlari va davlat raqami belgisini yorituvchi chiroqlar bir vaqtda yoqilishi kerak.
Engil transport vositasi va avtobusga bitta yoki ikkita qo'shimcha qizil rangli, tormoz berganda yonuvchi chiroqni 1250-1400 mm balandlikda o'rnatishga ruxsat etiladi.
Ishlab chiqarilishi to'xtatilgan engil avtomobillarga boshqa turdagi, rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritgichlarini o'rnatishga ruxsat etiladi.
Mansabdor shaxslar va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashi bo`yicha amallar bajarish
1. Mansabdor shaxslar va fuqoralarni yo`l harakati havfsizligini ta`minlashini o`rganish
2. Transport vositalaridan foydalanishni boshqa hollarda taqiqlanishini o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Yuk avtomobillari, tirkamalar (engil avtomobillar va mototsikllar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning raqam belgisi va harfi yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 mm, raqamlar kengligi 120 mm, chiziqning yo'g'onligi 30 mm, harflar balandligi esa raqam o'lchamlarining 2/3 qismiga teng bo'lishi lozim.
Tramvay va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan ro'yxatga olingan raqamlar yoziladi.
Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
-agar avtomobillar, avtobuslar, avtopoezdlar, tirkamalar, mototsikllar, mopedlar, traktorlar va boshqa o'ziyurar mashinalarning texnik holati va jihozlanishi 3-ilovadagi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar ro'yxatining biron-bir talabiga javob bersa;
-trolleybus va tramvaylarda tegishli texnik foydalanish qoidalarida ko'zda tutilgan nosozliklardan birortasi bo'lsa;
-transport vositalari davlat texnika ko'rigidan o'tmagan, shuningdek, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan bo'lsa;
-transport vositalari davlat avtomobil' nazorati organlarining ruxsatisiz miltillovchi chiroq -- mayoqcha va maxsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovining yon tomoniga DAN bilan kelishmasdan qiya oq chiziq tortilgan, ko'zda tutilmagan joylarga tegishli raqam belgilari o'rnatilgan, agregat va qismlarining raqamlari yoki raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan bo'lsa.
Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxlarga quyidagilar taqiqlanadi:
-texnik nosozligi tufayli foydalanish taqiqlangan, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan yoki davlat texnika ko'rigidan o'tkazilmagan transport vositalarini yo'lga chiqarish;
-yo'l harakati havfsizligiga taxdid soladigan har qanday mastlik (alkogol', giyohvand va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan, belgilangan muddatda tibbiy ko'rikdan o'tmagan, giyohvand yoki spirtli ichimliklarni surunkali istemol qiluvchi shaxs sifatida hisobda turgan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo'yish;
-asfal't yoki tsement-beton qoplamali yo'llarga zanjirli traktor va boshqa o'ziyurar mexanizmlarni chiqarish.
Yo'llar, temir yo'l kesishmalari va boshqa yo'l inshootlarining holatiga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslar:
-yo'llar, temir yo'l kesishmalari va boshqa yo'l inshootlarini yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan holatda saqlashga;
-yo'l harakatiga halaqit beradigan har qanday tusqinlik vujudga kelsa ularni o'z vaqtida bartaraf etish, yo'lning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yo'l harakati xavfsizligiga taxdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini ko'rishga majburdirlar.
Yo'llarda ta'mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga majburdirlar. Bunday joylar, shuningdek, yo'ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo'lmagan ish bajarmayotgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o'xshashlar tegishli yo'l belgilari, yo'naltiruvchi va to'suvchi moslamalar bilan, sutkaning qoronri vaqtida va etarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa qo'shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak.
Ta'mirlash ishlari tugallangandan so'ng yo'llarda transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta'minlangan bo'lishi kerak.