Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar bo`yicha amallar bajarish 1. Tormoz tizimidagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilishni o`rganish
2. Boshqaruv qurilmasi va tashqi yoritkichlarni nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilishni
o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Tormoz tizimi. Tormoz tizimining tuzilishi o'zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko'zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo'llanilsa.
Ishchi tormoz tizimi - yo'lning beton, asfal'tbeton, quruq, toza tekis qoplamali, yotiq qismida tormozlash boshlangan vaqtdagi tezligi avtotransport vositalari uchun soatiga 40 km, mototsikl, mopedlar uchun soatiga 30 km bulganda sinovdan o'tkaziladi. Agar haydovchi tormozlash vaqtida to'g'ri yo'nalishni saqlash uchun harakatlanish izini o'zgartirishga majbur bo'lsa yoki to'g'ri chiziqli harakati buzilsa, sinov natijalari bekor qilinadi.
Gidravlik tormoz uzatmasining zijligi (germetikligi) buzilgan bo'lsa.
Pnevmatik tormoz uzatmasining zijligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda - 30 daqiqada, ulanganida - 15 daqiqada tizimdagi havo bosimi 0,05 MP (0,5 kg/sm2dan ko'p pasayishiga sabab bo'lsa.
Tormoz uzatmasidagi havo bosimini o'lchaydigan asbob (monometr) ishlamasa.
To'xtatib turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:
to'la vazndagi transport vositalarini 16 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi engil avtomobillar, ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari, shuningdek, avtobuslarni 23 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi yuk avtomobillari va avtopoezdlarni 31 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda.
Boshqaruv qurilmasi. Boshqaruv qurilmasidagi qismlar tuzilishida ko'zda tutilmagan sezilarli o'zgarishlar yoki transport vositasida yukxonasi (rama, kabina, shassi)ga nisbatan qo'zg'algan bo'lsa, qurilmadagi rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan bo'lsa.
Boshqaruv qurilmasining tuzilishida ko'zda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi asbob (dempfer) nosoz bo'lsa yoki umuman bo'lmasa.
Boshqaruv qurilmasida qoldik deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari bo'lgan qismlar o'rnatilgan, shu transport vositasi turida ko'zda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo'llangan bo'lsa.