Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish


Quvib o‘tishda avtomobilni boshqarish



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə9/28
tarix19.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#157611
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
transport vositalarini boshqarish

Quvib o‘tishda avtomobilni boshqarish
Yo‘l harakati qoidalariga asosan quvib o‘tish deganda avtomobilni egallagan harakatlanish bo‘lagidan chiqib oldindan ketayotgan transport vositandan o‘zib ketishi tushuniladi.
Quvib o‘tish murakkab manevr bo‘lib haydovchini o‘z vaqtini yo‘qotmaslik va ko‘zlagan manziliga tezroq etib olishi istagi maqsadida sodir bo‘ladi.
Quvib o‘tishni ikki turga ajratish mumkin (tugallanmay qolgan quvib o‘tishni hisobga olmaganda):
Avtomobil egallab turgan harakatlanish bo‘lagidan chiqib oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tadi va shu harakatlanish bo‘lagida harakatni davom etiradi-sodda quvib o‘tish( 38-rasm).
Avtomobil egallab turgan harakatlanish bo‘lagidan chiqib oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tadi va keyin yana o‘zining avval harakatlangan harakat yo‘lagiga qaytib o‘tadi-murakkab quvib o‘tish
Sodda quvib o‘tish turida oldinda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan tez harakatlanayotgan birinchi avtomobil yondagi harakatlanish yo‘lagida avtomobil bor-yo‘qligini orqani kuzatish ko‘zgusi orqali kuzatib boradi va orqadan kelayotgan avtomobilga halaqit bermasligiga ishonch hosil qilganidagina quvib o‘tishga kirishadi. Quvib o‘tish jarayonini boshlangunicha haydovchi birinchi bilan ikkinchi avtomobil orasida ma’lum bir xavfsizlik oralig‘ini (X1) saqlashi kerak bo‘ladi. Bunday quvib o‘tishlar bir tomonga harakatlanish yo‘lagi ikki va undan ortiq bo‘lganda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston avtomobil yo‘llariNIng 70% dan ko‘proq qismini ikki tasmali, ya’ni harakatlanish yo‘lagi ikkita bo‘lgan yo‘llar tashkil etadi. SHuning uchun bunday yo‘llarda asosan murakkab quvib o‘tish jarayoni amalga oshiriladi. Bu usul harakatlanish yo‘lagi ikkitadan ko‘p bo‘lgan hollarda ham juda ko‘p takrorlanadi.

Qorong‘u vaqtda va ko‘rinish etarlicha bo‘lmagan
sharoitlarda avtomobilni boshqarish
1. Avtomobilni kunni qorong‘u vaqtida boshqarishni o`rganish
2. Avtomobilni yetarli ko‘rinmaydigon sharoitlarda avtomobilni boshqarishni o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Kunning qorong‘u vaqtlarida haydovchining ishi kunduzgiga qaraganda ancha murakkablashadi. Bu murakkablik birinchi galda yo‘lning, yo‘ldagi va yo‘l yoqasidagi ob’ektlarni ko‘rinishini yomonlashuvi oqibatida vujudga keladi. Haydovchining tez charchashi oqibatida ish qobiliyati tez pasayib ketadi.
Statistik ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki sutkaning qorong‘i paytlarida harakat jadalligi 5-10 marta kamayib ketishiga qaramasdan YTH jami YTH ning 40-60% ni tashkil etar ekan, og‘irligi esa ikki marta katta ekan.
Sutkaning qorong‘u paytlarida harakat xavfsizligini kattalashishining asosiy sababi shundan iboratki, haydovchi avtomobilni boshqarayotganda 90-95% axborotni ko‘rish a’zolari, ya’ni ko‘zi orqali oladi.
Tunda harakat xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalasi bu haydovchiga yo‘lni ajrata olish va yo‘nalishini ko‘ra olish imkoniyatini yaratish hamda haydovchiga yo‘ldagi to‘siqlarni o‘z vaqtida ko‘ra olish uchun sharoit yaratishdir.
Ko‘rinish deganda avvalo ikki xil ko‘rinish nazarda tutiladi, ya’ni fiziologik va geometrik ko‘rinishlar.
Geometrik ko‘rinish deganda ob’ektlarni ko‘rinish masofasi va burchagi tushuniladi. Bu ko‘rinish avtoombillarda qanday chiroq qo‘llanilishiga, qanday lampani o‘rnatilganiga va avtomobilning harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar kunduz kuni yo‘lning to‘g‘ri qismida joylashgan ob’ekt 1 km masofadan ko‘rinsa, havo buzuq paytlarda bu masofa 800-900m ni, tunda esa, uzoqni yorituvchi chiroqdan foydalanilganda bu masofa atigi 100-130m ni tashkil etadi.
Haydovchining qorong‘u paytlarda qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan axborotlar kunduz kuniga qaraganda 30% ga kamayib ketadi, uning reaksiya vaqti esa ortib ketadi.
Avtomobilga o‘rnatilgan chiroqlarning bir qancha salbiy tomonlari mavjud. Bulardan eng birinchisi haydovchi bilan uzviy bog‘liqligidir. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan haydovchilar ro‘paradan kelayotgan avtomobilga nisbatan masofa 150m ni tashkil etganda ham uzoqni yorituvchi chiroqni o‘chirib yaqinni yorituvchi chiroqdan foydalanishga o‘tmasliklari (xavfsizlik nuqtai-nazaridan 200-300m masofada yaqinni yorituvchi chiroqqa o‘tish tavsiya etiladi) yoki chiroqlarni noto‘g‘ri sozlanganligi oqibatida ro‘paradan kelayotgan haydovchining ko‘zini qamashtirib qo‘yishiga olib keladi (bugungi kunda avtomobillar orasidagi masofaga qarab uzoqni yorituvchi chiroqdan yaqinni yorituvchi chiroqqa o‘tkazuvchi avtomatik boshqaruv tizimlari mavjud, ammo ular amalda deyarlik qo‘llanilmayapti).
CHiroqlarni avtomobilning kuzoviga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilganligi ham konstruksiyaning kamchiligiga kiradi. Gorizontal yo‘nalishda yoritish burchagini chegaralanganligi uchun yo‘lning radiusi kichik bo‘lgan burilishlarda va chorrahalarda yo‘l qatnov qismining chegarasini va yondagi ob’ektlarni ko‘rinishini ta’minlay olmaydi. Bunday sharoitlarda keng burchakli tumanga qarshi chiroqlardan foydalanish tavsiya etiladi (rul chambaragining burilishi bilan bir paytda buriladigan chiroqlarning konstruksiyalari ham mavjud, faqat loyihada).
Tumanga qarshi chiroqlarning yana bir afzalligi, uni boshqa chiroqlardan pastda o‘rnatilganligi bo‘lib, tuman sharoitida harakatlanganda zarur yoritilganlikni ta’minlab beradi.
Kunning qorong‘u paytida ob-havo sharoiti (yomg‘ir va tuman) haydovchiga xavfsiz harakatlanish uchun boshqa paytlardagiga qaraganda ko‘proq qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday sharoitda haydovchi: yo‘lning yoritilgan bo‘laklarida yaqinni yorituvchi chiroqlarni, yo‘lni yoritilganligidan qat’iy nazar tirkamalarning gabarit chiroqlarini yoqishi kerak.
Kunning qorong‘u paytida tuman xavfsiz harakatlanishga juda katta ta’sir etadi. Tumanda haydovchi yo‘l sharoitini yaxshi ko‘rishga intilib juda tez charchaydi. Oq rangli faralarning nuri tumanda yutilib ketib yo‘lni deyarli yorita olmaydi (yaqinni yorituvchi fara uzoqni yorituvchi faraga qaraganda yo‘lni bir oz yaxshiroq yoritadi).
Tumanda harakatlanganda eng yaxshisi tumanga qarshi faralardan foydalanish kerak. Sariq rangdagi va asosiy faradan pastda joylashgan tumanga qarshi faralar yo‘lni yaqinni yorituvchi faralardan ham ko‘proq yoritib beradi.
Qalin tuman tushganida ba’zi haydovchilar yo‘lni yaxshiroq kuzatish uchun eshik oynasidan boshini chiqarib oladilar. Bunday sharoitlarda eng xavfsiz tezlik piyodaning o‘rtacha tezligiga (5km/s) teng bo‘ladi.
Suvni (namlikni) bug‘lanishi oqibatida vujudga kelgan tuman ham juda xavfli bo‘ladi.
Bunday tumanning balandligi odatda 1m bo‘lib, haydovchi yo‘l qoplamasining holatini ko‘ra olmaydi.
Qor va qor bo‘roni ham ko‘rinishni yomonlashtiradi. Bunday sharoitlarda ham past tezlikda harakatlanish maqsadga muvofiqdir.
YOmg‘ir (shovillab yoki mayda yog‘ayotgan) yo‘l qoplamasi holatining ko‘rinishini o‘zgartirib yuboradi.
Avtomobilni faralaridan yo‘l qoplamasiga tushayotgan yorug‘lik nurini qaytishi ko‘zgusimon qaytish deb ataladi. (40-rasm). YA’ni, nur yo‘l qoplamasiga qanday burchak ostida tushsa, taxminan shunday burchak ostida qaytadi. Nurni bir-birini yutishi oqibatida yo‘l qoplamasining ravonligi yaxshidek ko‘rinadi. Yo‘ldagi qoramtir tusdagi to‘siqlarni ko‘rish juda ham yomonlashadi.






Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin