Cug’oriladigan sho’rlangan tuproqlarni sug’orishga qaratilgan meliorativ tadbirlarni aniqlashda albatta u yoki bu tuproqlarning o’ziga xos xossalari - sho’rlanganlik xarakteri, darajasi va tuzlarning tarkibi hisobga olinishi kerak. SHuningdek, hududning tabiiy sharoitlariga, ya’ni iqlim, yeрНing joylashish holati va uning nishabligi, litologik tuzilishi, tuproq-gruntlarning suv-fizik xossalari va ayniqsa gidrogeologik sharoitlari, ya’ni grunt suvlarining chuqurligi va harakatiga bog’liq ravishda sug’oriladigan hududlar bir nechta gidrogeologik zonalarga bo’linadi: ustki va grunt suvlarining pastki qatlamlarigacha singib ketish zonasi; grunt suvlarining yer yuzasiga sizib chiqish (buloqlar ko’rinishida) zonasi; tarqalib ketish va qayir zonalari (Pankov, 1974).
Birinchi zona - katta nishablik va yillik atmosfera yog’in-sochinlari ko’p bo’ladigan (500-600 mm) tog’ oldi baland yerlaridan iborat. Bu yerlarda suvni o’zidan yaxshi o’tkazuvchi, mayda tosh, shag’al, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) joylashgan. Grunt suvlari chuchuk bo’lib, yer yuzasidan 10-30 m va undan ham past chuqurlikda joylashib, o’zining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga 100 metr atrofida) bilan farqlanadi. Tuproq qatlamlari va grunt suvlarida nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv o’tkazuvchanligining yuqori bo’lishi va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada ta’minlanganligi sababli bu yerlarda sho’rlanish sodir bo’lmaydi, barcha pastki gidrogeologik zonaga oqizib yuvilib ketiladi, shu bois birinchi zona yerlari meliorativ qulay yerlar hisoblanib, sho’rlanishga va botqoqlanishga moyil emas.
Ikkinchi gidrogeologik zona (er osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish zonasi) - quyi, pastki chegaralaridan boshlanib, pastki uchinchi zona oraliqlaridagi nishabi nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali qatlami, qalin soz va og’ir qumoqli mexanik tarkibga ega. Grunt suvlari o’z yo’nalishida og’ir tarkibli qatlamlarga duch keladi va ular qarshiligiga uchrab siqilish sharoitida joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) ko’tarilishi yoki sizib chiqish mumkin. Grunt suvlari oqimining sekinligiga qaramasdan (sutkasiga 10 metr atrofida) chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar miqdori 0,2-0,4 g/l), shu bois tuproqlar deyarli sho’rlanmaydi, faqat botqoqlanish jarayoni yuz berishi mumkin.
Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va mineralizatsiyasining ortishi (1,5-2,0 g/l va undan ortiq) tufayli tuproqlarda sho’rlanish jarayonini kuzatish mumkin. Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi yoki uni butunlay yo’qligi oqibatida sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanishi asosan uchinchi zonada (tarqalib ketish) grunt suvlarining bug’lanish zonasida sodir bo’lishi mumkin.
O’zbekiston hududidagi ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi nishabi kichik bo’lgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan. Bu yerlarning iqlimi quruq va jazirama, yillik bug’lanish (600-1200 mm) atmosfera yog’inlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli og’ir mexanik tarkibli bo’lib, suv ko’tarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shag’al yotqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 m va ko’p). Grunt suvlari sho’rlangan (minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz. Tabiiy sharoitning mana bunday majmuidan kelib chiqib, sho’rlangan grunt suvlari katta miqdorda bug’lanishga sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bug’lanib turadi, tuzlar esa asta-sekin to’planib tuproqni sho’rlantiradi. Havo quruq va uning harakati qancha yuqori, tuproqning suv ko’tarish qobilyati kuchli (yuqori), grunt suvlarining joylanishi yer yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizatsiyasi yuqori bo’lsa, tuproq sho’rlanishi jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi. O’zbekistonda sho’rlangan va sho’rlanishga moyil yerlar Farg’ona vodiysida, Mirzacho’lda, Buxoro viloyatida, Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi.
To’rtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha bo’lishi mumkin. Grunt suvlari chuchuk bo’lgan hududlarda (CHirchiq, Angren, Zarafshon, Norin, Qoradaryo bo’ylarida) qayir yerlar sho’rlanmagan, biroq ayrim joylar botqoqlashgan. Grunt suvlari minerallashgan (er yuzasiga nisbatan yaqin joylashgan - 1,5-2,5 metrgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili) maydonlarda qayir yerlar sho’rlangan va meliorativ tadbirlar o’tkazishni taqazo etadi.
Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to’planishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Tuzlar hosil bo’lishining asosiy manbalari atmosfera yog’in-sochinlari, tuproq-grunt suvlari, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, nihoyat oqar suvlar harakatining sustligi, tuzlarning dengizdan quruqlikka shamol ta’sirida kelib qo’shilishi (impulverizatsiya), o’simliklar, sug’orish suvlari va boshqalar tuz to’plovchi manbalardan hisoblanadi.
Tajriba nuqtai nazaridan olib qaraganda oqar suvlar yoki grunt suvlari bilan birgalikda tuproqqa kelib to’planadigan tuzlar alohida ahamiyatga molikdir. Tuzlarning suv bilan kelib tuproqqa tarqalishi ko’proq quyidagi mahalliy tabiiy sharoitlarga: joyning relefi va geologik tuzilishiga, tuproq gruntining suv o’tkazadigan (filtrlash) xossalari kabilarga bog’liqdir.
Tuproq tarkibida tuzlarning tarqalishi va to’planishida iqlimning roli. Tuproqda tuzlarning to’planishi ko’pincha issiq va quruq iqlimli hududlarga xos bo’lib, Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda keng tarqalgandir. Bunga sabab quruq va issiq o’lkalarda atmosfera yog’in-sochinining kamligi tufayli yeрНing chuqur qatlamlarigacha namlanmasligi, grunt suvlarining tuproq yuzasiga yaqin joylashganligi va parlanishning nihoyatda ko’pligidir. Parlanishning miqdori iqlimiy sharoitlarga bog’liq ravishda ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Birinchidan erkin suv yuzasidan parlanish, ikkinchidan tuproq yuzasidan parlanish. Quyida keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, shimoldan janubga qarab yurgan sari bug’lanish ortib borishini ko’ramiz, shunga mos ravishda parlanish ham bir me’yorda oshib boradi (26-jadval).
26-jadval
Har xil zonalardagi namlikni bug’lanishi va parlanishi (mm)
Zonalar
Bug’lanish
Parlanish
Tundra
200-300
70-120
Tayga
300-600
200-300
Aralash o’rmon
400-850
250-430
Dasht
600-1100
240-550
CHala cho’llar
900-1000
180-200
CHo’llar
1500-2000
50-100
Subtropik
800-1300
300-750
V.A.Kovdaning ta’riflashicha, atmosferadan tushadigan yog’in-sochin o’simliklar qoplami va sizot suvlarning yer yuzasiga uzoq-yaqin joylashganligiga qarab parlanish shimoldan janubga tomon iqlimni quruqlasha borishi bilan orta boradi.
Dasht va o’rmon-dasht zonasida sho’rxok va sho’rxoklashgan tuproqlar, sho’rlangan gruntlardan yoki yer osti suvlari chuqur joylashmagan, minerallashgan (1,5-2,5m) sizot suvlaridan paydo bo’ladi. Qo’riq dasht zonasida esa, tuproqlarning sho’rlanishi yog’ingarchilikni ozligi va uning yil davomida bir xilda tarqalmasligidan va bahor, yoz oylarining uzoq davom etishidan va nihoyat, atmosferadan tushadigan yog’in yeрНing chuqur qatlamlarini namlatmasligidan hosil bo’ladi. Bunday sharoitda ko’proq solodlashgan tuproqlar paydo bo’ladi. SHo’rlangan va solodlashgan qatlamlar yer yuzasidan uncha chuqur joylashmagan bo’lib, sizot suvining kapillyar rejimi tipi ostida dasht zonasiga qaraganda ko’proq tuz to’planadi.
CHo’l va chala cho’l zonalarida esa boshqa zonalarga qaraganda atmosferadan keladigan yog’ingarchilikni ozligi (yog’ingarchilik asosan bahor va qish oylarida) va bu tuproqni chuqur qatlamlarini namlata olmasligi, bug’lanishni nihoyatda ko’pligi oqibatida bu zonalarda tuzlarni to’planishi tez va ko’p miqdorda bo’ladi. Bundan tashqari sizot suvlar yer yuzasidan chuqur joylashmagan bo’lsa u tuproq kapillyarlari orqali ham ko’tarilib tuproqni sho’rlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Turli landshaft - geokimyoviy holatlarda turlicha tuzlar to’planadi (27-jadval).
27-jadval
Turli landshaftli mintaqalarda tuzlarning tarqalishi
Landshaft mintaqalari
YOg’in-sochinlarning o’rtacha yillik miqdori, mm
Yillik o’rtacha bug’lanish, mm
Quruq davrlardagi havoning nisbiy namligi, %
Grunt suvlarini eng yuqori minerali-zatsiyasi, g/l
Namlik birmuncha yuqori bo’lgan iqlim sharoitlarida kam eriydigan tuzlar to’plangani holda suvda ko’proq eriydigan tuzlar chuqur qatlamlarga, ona jins va grunt suvlarigacha yuvilib ketadi. Qurg’oqchilik ortgan sari suvda ko’proq eriydigan tuzlar to’plana boshlaydi. Kuchsiz sho’rlanishning boshlang’ich davrida soda tuzi ko’proq to’plana boshlaydi. SHo’rlanish kuchaygan sari birinchi o’rinni sulfatlar, undan keyin xloridlar egallaydi.
CHo’l zonalarida tuproqlar sho’rlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri shamoldir. Bu zonalar yoz oylari shamol rejimi bilan bog’liq bo’lib, yer ustki qismini qurishi, chang hamda tuzlarning uchirib olib ketishi bilan xarakterlanadi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Tabiatda elementlarning geoximik aylanishida, ayniqsa tuproqlarning sho’rlanishida shamolning ta’siri kattadir. SHamol orqali tuzlar chang va mayda zarrachalar bilan dengizlardan olib kelinib, shamol pasayganda yoki yomg’ir yoqqanda ular tuz jamg’armasi hisobida ma’lum yerlarda yig’iladi. F.Klarkning ma’lumotlariga qaraganda, har yili yerga atmosferadan 2 t dan 20 t gacha natriy xlorid tushar ekan. SHulardan eng ko’pi dengiz oldi hududlarga to’g’ri keladi. Misol tariqasida Orol dengizini ko’rsatish mumkin. Olimlar keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Orol bo’yi maydonlariga har yili dengizdan 170-800 kg/ga tuzlar shamollar olib kelib yotqiziladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq qatlamlarida tuzlarni to’planishi va aralashishida joyning iqlimiy sharoiti katta rol o’ynaydi. SHuning uchun har bir joyning iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi yerlarni o’zlashtirish, uning hosildorligini meliorativ nuqtai nazardan oshirish, xamda agrotexnikaga tayangan holda tuproqlarni sho’rlanishiga yo’l qo’ymaslik lozim.