Shakl yasovchi qo`shimchalarning qo`shilishiga asos bo`lgan negizlar morfologik negizlar deyiladi:
oltoy.
kiy o`zak
dir aff.
tuva.
bat o`zak
ыr aff.
tыr aff.
dы aff.
morf.
negiz
shakl
yasov.
I morf. negiz
shakl
yasov.
shakl
yasov.
shakl
yasov.
II morf. negiz
III morf. negiz
So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarning qo`shilishiga asos bo`lgan negizlar sintaktik negizlar deyiladi:
gagauz.
boba o`zak
mыs aff.
sud o`z.
un aff.
den aff.
(sutidan)
sint
neg.
so`z
o`zgar.
I sint.
negiz
so`z
o`zgar.
so`z
o`zgar.
II sint. negiz
Hozirgi turkiy tillar so`z tarkibidagi asosiy va qo`shimcha morfemalarning xususiyatlarini tahlil qilib shunday xulosaga kelish mumkin:
1.Turkiy tillarda so`z negizlariga turli affikslar qo`shilganda so`zning asosi tovush jihatdan asosan o`zgarmaydi. Masalan, tuva tilida malы (moli), bajaыы (uyi), kunnu (toychog‘i) kabi.
2.Turkiy tillardagi affikslar bir ma’noli: -ga – jo`nalish kelishigi, -lar – ko`plik qo`shimchasi kabi.
3.Turkiy tillardagi affikslar standart, hamma holatlarda hamma so`zlar uchun bir xil. Masalan, jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ga hamma ot (va otlashgan so`z)lar uchun birlikda ham, ko`plikda ham -ga shaklida, ko`plik qo`shimcha -lar hamma kelishiklar uchun shu shaklda qo`llanadi.
4.Turkiy tillarda affiks morfemalar so`z asoslariga qo`shilganda har vaqt ham so`z asosi va affiks morfemalar tarkibini ajratish oson bo`lmaydi. Ba’zan so`z asosiga affiks morfemalar qo`shilgach, so`zning tarkibini aniq ajratish imkoni bo`lmaydi, so`zning asosi ham, affikslar qismi ham deformatsiyaga uchraydi. Bunday hollarda so`zni morfemalarga ajratish qiyinlashadi. Masalan, tuva tilida saktыr < sagыntыr, inee < inek+i (sigiri) ooң kabi.
5.Turkiy tillarda so`zning asosi va qo`shimchalar o`rtasidagi birikish oddiy tirqalish asosida yuz beradi. Shuning uchun turkiy tillardagi so`z tarkibini osonlikcha morfemalarga ajratish mumkin. Masalan, tuva tilida malchыnnarыvыstың (chorvadorlarimizning) so`zini mal-chыn+nar+ыvыs+tың kabi morfemalarga ajratish mumkin, lekin bu har vaqt emas. Ba’zan so`zning asos qismi va affiks morfemalari o`rtasidagi chegarani aniqlash qiyinlashadi.
Masalan, ap < al+ыp, keep < kel+ip kabi. Bunday hollarda so`z tarkibida soddalanish yuz beradi.
So`zning asosi va qo`shimchalaridagi bu xususiyatlarning barchasi, turkiy tillarning agglyutinativ qurilishidan dalolat beradi.
O`zbek tilidagi singari qadimgi va hozirgi turkiy tillarda o`z morfologik shakli, grammatik belgisiga ega bo`lgan grammatik juftlik ma’nosini anglatuvchi maxsus ko`rsatgich mavjud emas. Qadimgi va hozirgi turkiy tillarda ko`plik ma’nosini anglatuvchi yagona -lar qo`shimchasi mavjud. Bu qo`shimcha faqat chuvosh tilida uchramaydi, chuvosh tilida boshqa turkiy tillarda ko`plik ma’nosini anglatuvchi -lar qo`shimchasi o`rnida -sem qo`shimchasi qo`llanilib, u -lar anglatgan ma’noni ifodalaydi.
Qadimgi turkiy grammatik son kategoriyasining jamlovchi ko`plik shakli mavjud bo`lgan. Predmetning miqdoriy tushunchasini anglatish maxsus grammatik ko`rsatkichlar orqali shakllantirilgan. Bunday grammatik ko`rsatkichlar qadimturkiy tillarda ancha bo`lib, hozirgi turkiy tillarda ham ularning ayrim rilekt (qoldiq)lari saqlanib qolgan. Qadimturkiy tillarda unli tovushlar nisbatan beqaror bo`lganligi sababli jamlovchi ko`plik ma’nosi asosan undosh tovushlar vositasida hosil qilingan. Jamlovchi ko`plik ma’nosini anglatuvchi quyidagi elementlarni ko`rsatish mumkin: z, q (k), l, m, n, r, s, ch, sh va boshqalar.
Jamlovchi ko`plik anglatuvchi ayrim elementlarni ko`rib chiqilganda, masalan, -z ko`rsatkichi turk tilida (boshqa turkiy tillarda ham) kishilik olmoshlarining I va II shaxs ko`pligi biz, siz tarkibida, ikiz (egiz), gѳz (ko`z), gѳguz (ko`ks, ko`krak), tiz; tatar. myogiz (shoh), baorma+gz so`zlari va og‘+uz (o`g‘izlar), kыrg‘+ыz (qirg‘izlar) etnonimlarida uchrashi ta’kidlanadi. Keltirilgan misollarning juftlik, ko`plik ma’nolarini anglatishiga shubha bo`lmagan bo`lsa ham, lekin qadimturkiy tillarda yakka predmet sanaladigan qaz, qiz o`z, az, buz (muz) kabi so`zlarning tarkibida z undoshining mavjudligi yoki, aksincha, qash, qol, ayaq, qulaq, erin (lab), egin, (yelka) kabi juftlik anglatuvchi so`zlar tarkibida z elementining mavjud emasligi yuqoridagi fikrlarning ilmiy asoslanganligiga shubha uyg‘otadi. Jamlovchi ko`plik anglatuvchi boshqa ko`rsatkichlar haqida ham shunday fikr berish mumkin.
Hozirgi turkiy tillarda grammatik ko`plik ma’nosini anglatuvchi eng faol shakl qadimturkiy -lar//-ler va juda ko`p (12–15 tagacha) shakllarga ega bo`lgan -lar affiksidir.
Grammatik ko`plik anglatuvchi -lar affiksining turli turkiy tillardagi shakl (variant)lari:
1) -lar//-lәr//-ler: turk. tashlar; ozarb. meshәlәr (o`rmonlar); turkm. iishler; qumiq. terezeler; balqar. adamlar, zatlar (narsalar); no`g‘oy. uyler; q.qalpoq. qatullar; qozoq. kishiler; tatar. tashlar; boshqird. keshelәr; o`zbek. ishchilar; xakas. xuralar (shudgorlar); shor. qayalar, yoqut. sulgular (otlar), kihiler (kishilar);
2) -lor//lѳr: turkman. gushlor, gѳzlѳr; nog‘ay. bѳrүlѳr, kүnlѳr; oltoy. olor (ular); yoqut. bѳrѳlѳr (bo`rilar);
3) -la//-le, -la//-le: turkman. kitaplam (kitoblarim), serchele (kaptarlar), q.balqar. atala, qozula, kүzgүle; o`zbek. (dial.) silә (sizlar); uyg‘ur. adamlә; 4) -lo//-lѳ: uyg‘ur. gүllѳ;
5) -lur//-lir: oltoy. aldalur (hayvonlar), qarlur (qorlar);
6) -li: uyg‘ur. mashinili (mashinalar), sili (sizlar);
7) -alar: boshqird. jeңgaңalar (qudalar), Azatalar (Azatovlar)
8) -nar//-ner//nәr: turkm. oglonnar, q.qalpoq. qatunnar, senner; tatar. quyannar; oltoy. aңnar (hayvonlar); tuva. diiңner (olmaxonlar); xakas. taannar (maynalar); shor. kiregenner (kadrlar), inner (inlar), yoqut. kunannar (buqalar), qulunnar (qulunlar);
9) -nor//-ner: turkman. oglonnor, gүnnѳr; yoqut. d’onnor (xalqlar), og‘onnor (keksalar);
10) -dar//-der//-dәr: ozarb. arvaddar (ayollar), agachdar (daraxtlar), boshqird. quldar (qo`llar); qozoq. sozder (so`zlar); oltoy. baldar (bolalar), uyg‘ur. besder (bizlar); yoqut. sahuldar (tulkilar); үѳrder (podalar);
11) -dor//-dѳr: oltoy. kѳldѳr; yoqut. kotordѳr (qushlar);
12) -tar//-ter//tәr: boshqird. agastar; qozoq. zattar; oltoy. attar; tuva. attar, inekter (sigirlar); xakas. xartar (qoplar), pѳrikter (shapkalar); shor. aluptar (alplar); yoqut. үѳlattar (yoshlar), tuңuretter (sovchilar):
13) -zar//-zer//-zәr: ozarb. gazzar (g‘ozlar), үkүzzәr (xo`kizlar);
14) -rar//-rәr: ozarb. doxtorrar, yәrrur (yerlar) va boshqalar.
Chuvash tilida ko`plik ma’nosi -sem affiksi orqali hosil qilinadi. Bu affiks ayrim chuvash dialektlarida -sam//-sem, -sәn//-sen variantlariga ham ega. Chuvash tilidagi bu qo`shimchaning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor, lekin hozirgacha aniqlanmagan.