A) TURKIY TILLARNING G‘ARBIY XUNN TARMOG‘I.
Bu tarmoq yana to`rt yirik guruhga bo`linadi:
I. Bulg‘or guruhi.
1. Qadimgi tillar: bulg‘or tili, xazar tili.
2. Hozirgi til – chuvosh tili.
II. O`g‘iz tillari guruhi.
1. O`g‘iz-turkman shahobchasi:
1) qadimgi til – X–XI asr o`g‘iz tili;
2) hozirgi tillar: turkman tili, truxmen tili.
2. O`g‘iz-bulg‘or shahobchasi:
1) qadimgi til: pecheneg tili, uz tili;
2) hozirgi tillar: gagauz tili, bolqon turklari tili.
3. O`g‘iz-saljuq shahobchasi:
1) qadimgi tillar: saljuq, eski usmonli turk tili;
2) hozirgi tillar: ozarbayjon tili, turk tili.
III. Qipchoq tillari guruhi.
1. Qipchoq-poloves shahobchasi:
1) qadimgi til – qipchoq tili;
2) hozirgi tillar: karaim tili, qumiq tili, qorachoy tili, bolqor tili, qrim tatar tili.
2. Qipchoq-bulg‘or shahobchasi: hozirgi tatar tili, boshqird tili.
3. Qipchoq-no`g‘ay shahobchasi: no`g‘ay tili, qoraqalpoq tili, qozoq tili.
IV. Qorliq guruhi.
1. Qorliq-uyg‘ur shahobchasi: qadimgi uyg‘ur tili.
2. Qorliq-xorazmiy shahobchasi:
1) qorliq-xorazmiy, oltin o`rda, chig‘atoy tillari, eski o`zbek tili;
2) o`zbek tili, uyg‘ur tili.
B) TURKIY TILLARNING SHARQIY XUNN TARMOG‘I.
Bu tarmoq ikki guruhga bo`linadi:
I. Uyg‘ur-o`g‘iz guruhi.
1. Uyg‘ur-tukyu shahobchasi:
1) qadimgi tillar: qadimgi o`g‘iz tili, o`rxun-yenisey yozuvlari tili, qadimgi uyg‘ur tili;
2) yoqut shahobchasi – hozirgi yoqut tili;
3) xakas tillari shahobchasi – hozirgi xakas tili, kamasin tili, shor tili, cho`lim tatarlar tili.
II. Qirg‘iz-qipchoq guruhi.
1. qadimgi til – qadimgi qirg‘iz tili;
2. hozirgi tillar: qirg‘iz tili, oltoy tili.
2-ma’ruza: TURKIY TILLAR MORFOLOGIYASI. TURKIY TILLARDA SO’Z TURKUMLARI. OT VA UNGA XOS GRAMMATIK KATEGORIYALAR, TURKIY TILLARDA SIFAT, SON, OLMOSH, FE’L VA RAVISH SO’Z TURKUMLARI. TURKIY TILLARDA YORDAMCHI SO’Z TURKUMLARI. TURKIY TILLARDA UNDOV SO’ZLAR
REJA:
1.GRAMMATIKA HAQIDA.
2.SO‘ZNING MORFOLOGIK TARKIBI
3.OT VA UNGA XOS GRAMMATIK KATEGORIYALAR.
4.TURKIY TILLARDA SIFAT, SON, OLMOSH, FE’L VA RAVISH SO’Z TURKUMLARI 5.TURKIY TILLARDA YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI
Tayanch tushunchalar: grammatika, so‘z, shakl, qo‘shimcha, grammatik kategoriyalar.
Grammatika (qrammatike techne – yozuv san’ati, savod) tilning eng kam o`zgaruvchan, barqaror qismi bo`lib, voqelikni eng yuksak abstraksiyalash (umumlashtirish) natijasi sifatida aks ettiradi.
Umumiylashtirish faqat grammatikaga xos emas, balki leksikaga ham xosdir. Garchi leksika ixtiyoridagi har bir so`z o`zining konkret leksik ma’nosiga ega bo`lsa-da, so`z o`zi ifodalagan tushunchani umumlashtirib anglatadi. Masalan, daraxt so`zi konkret predmet nomi bo`lishi bilan birga “umuman daraxt”, tushunchasini bildiradi, chunki daraxt igna bargli, keng yaproqli bo`lishi, keng yaproqli daraxt mevali, mevasiz bo`lishi; mevali daraxt o`rik yo shaftoli, shaftoli tukli shaftoli yo luchchak shaftoli bo`lishi mumkin. Bundan ko`rinadiki, umumlashtirish leksikada ham mavjud bo`lsa-da, grammatik umumlashtirish leksik umumlashtirishning sifat jihatdan o`zgargan shakli emas, balki umumlashtirishning eng yuksak darajadagi shaklidir. Bu jihatdan grammatikani geometriyaga o`xshatishadi. Chunki geometriyani, masalan, g‘ishtning tarkibi, nimadan yaratilganligi qiziqtirmasdan, uning shakli: bo`yi, eni, balandligi, hajmi qiziqtirganidek, grammatikani ham “g‘isht” so`zining predmetlik tushunchasini anglatishi emas, balki uning boshqa so`zlar bilan munosabati qiziqtiradi. Boshqacha qilib aytganda, qaratqich kelishigining o`zi qo`shilib kelayotgan so`zning qanday leksik ma’noda bo`lishidan qatiy nazar hamma ot va otlashgan so`zlarga qo`shilib qarashlilik ma’nosini anglatadi:
Dostları ilə paylaş: |