kus//kuus koch // kush (kuch)
as ach // ash (och) kabi.
Eradan oldingi III asrlarga kelib turk-mo`g‘ul tillari ham parchalanib, mustaqil mo`g‘ul va turkiy tillar shakllanadi. Bu davr tilini fanda rototsizm (R-tillar) va lambdaizm (L-tillar) deb nomlanadi. Buning ma’nosi shundaki, mo`g‘ul tillarida so`z o`rtasi (inlaut) va so`z oxiri (auslaut)da r, l undoshlari saqlanib qolgan bo`lsa, turkiy tillarda bu undoshlar o`rnini z,sh undoshlari egalladi. Bunday farqlanishgacha r, l undoshlari har ikki til uchun ham umumiy bo`lganligini, bu undoshlarning hatto hozir ham turkiy bulg‘or va chuvosh tillarida saqlanib qolganligidan ko`rish mumkin, masalan:
mo`g‘ul, chuvash boshqa turkiy tillar
par bus (muz)
xur qaz (g‘oz)
kuran qazan (qozon)
çer yүz (yuz)
җүl yash// jas (yil)
pilek bash // bas chul tash // tas ilek yeshik // yesik (eshik) kabi.
Turkiy tillar taraqqiyotining Xunn davri eradan oldingi III asrdan yangi eraning V asrlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Bu davrda Markaziy Osiyodan Sharqiy Ovro`pagacha, butun Shimoldan Sharqiy Sibir va Hindistonning shimoliy chegaralarigacha buyuk Xunnlar imperiyasi hukmronlik qildi. Lekin yangi eraning I asrlaridan boshlab, Xunn imperiyasidagi ichki ziddiyatlar imperiyaning ikkiga ajralishiga sabab bo`ldi: O`rol tog‘laridan Yoyiq (O`rol) daryosigacha G‘arbiy Xunn, Markaziy Osiyo va butun O`rolning sharqiy tomonlari Sharqiy Xunn davlatlariga ajraldi. Garchi Sharqiy va G‘arbiy Xunn davlatlari tarkibidagi barcha qabilalar turkiy qabilalar bo`lishiga qaramasdan ularning tillarida hali ham mo`g‘ul va tungus-manjur elementlari saqlanib qolgan edi. Ayniqsa leksikada:
umum turkiy mo`g‘ul tungus-manjur
bug‘a // buqa buxa buxa // bug‘u (buqa)
tala // d’alaң tala tala (dala)
qara xara xura (qora)
qadin // xatin xatun xatun (xotin)
Xunn imperiyasida butun turkiy urug‘ va qabilalar mujassamlashgan bo`lib, keyinchalik g‘arbiy Xunnlardan bulg‘or va o`g‘iz-qorluq-qipchoq, Sharqiy Xunnlardan uyg‘ur-tukyu, qirg‘iz qabilalar uyushmasi (ittifoq)lari ajralib chiqdi. Shunga muvofiq har bir qabilalar ittifoqining, bir tomondan, o`ziga xos va ikkinchi tomondan, r, l tovushlarining saqlanishi bilan xarakterlangan umumqabila tillari maydonga keldi. r, l undoshli so`zlar asosan bulg‘orlarda, qisman chuvosh tilida saqlanib qolgan edi:
d’as//d’az – d’aril (yer)
köz//kös – kör (ko`z)
bѳz// bѳs – bѳr (oq) kabi.
Bu dalillar shuni ko`rsatadiki, Xunn davrining so`nggi V asrlarida ham hali turkiy qabilalar va qabila tillari to`la ajralib ulgurmagan bo`lib, til jihatdan juda ko`p umumiylikka ega bo`lgan qabilalar ittifoqi va umumqabila tillari mavjud edi. Yangi eraning V asrlarida g‘arbda bulg‘or va og‘iz-qorliq-qipchoq, sharqda uyg‘ur-o`g‘iz, qirg‘iz-qipchoq qabilalar uyushmalari va tillari qaror topdi.
Turkiy tillar taraqqiyotining 3- qadimturkiy davri turkiy qabilalar va qabila tillarining V–X asrlarini o`z ichiga olib, bu davrni ham uch faslga ajratish mumkin:
a) tukyu (V–VIII asrlar);
b) qadimgi uyg‘ur (VIII–IX asrlar);
v) qadimgi qirg‘iz (IX–X asrlar).
Bu davr turkiy tillarning mo`g‘ul tillaridan ham to`la ajralib chiqish davri bilan xarakterlanadi.
Ma’lumki, so`nggi davrlarda g‘arbiy Xunnlar tobora g‘arbga tomon siljib borib qariyb butun sharqiy Ovro`pani egallab oldi. VI asrlarga kelib Xunn davlati yemirilgach, o`sha yerlardagi turkiy qabilalar bulg‘or va hazar qabilalar ittifoqiga singib ketdi. Bu paytlarda qadimgi sharqiy Xunn hududlarida ham kuchli ko`chmanchi Tukyu imperiyasi vujudga kelgan bo`lib, ular Amudaryo sohillaridan Hindistonning shimoliy chegaralarigacha bo`lgan hududlarni egalladi. Lekin bu imperiya u qadar uzoq yashamay, 580–584 yillarda parchalanib, markazi Yettisuv bo`lgan g‘arbiy va markazi Mo`g‘uliston shimoli bo`lgan Sharqiy Tukyu davlatlariga ajraldi. VII asrlarda Sharqiy Tukyu xitoy va uyg‘urlar, VIII asrlarda butun G‘arbiy Tukyu arablar tomonidan istilo qilingach, Yettisuv hududida Qorliq, Sirdaryo sohili va Orol bo`ylarida O`g‘iz davlatlari vujudga keldi. Xullas, VIII asr oxirlarida turli turkiy qabilalarni o`zida mujassamlashtirgan sharqda uyg‘ur, markaziy va O`rta Osiyoda o`g‘iz, qorliq, g‘arbda esa Xazar va Bulg‘or davlatlari vujudga keldi.
VI–VIII asr turkiy qabilalar va davlatlar haqida, ayniqsa, Sharqiy Tukyu davlati tili haqida boy yozma yodgorliklar mavjud. Sharqiy Sibirdan topilgan Kultegin, Guduluxon, Bilga qoon, Tun’yukuk, Kuli chura xotirasiga qo`yilgan qadimgi O`rxun, Yenisey (inesoy, enasoy) yozma yodgorliklari buning yaqqol timsolidir.
Uyg‘ur davlati qadimdan mustaqil uyg‘ur yozuvi, uyg‘ur adabiy tili, shubhasiz, uyg‘ur yozma yodgorliklariga ham ega edi. Hatto XV–XVI asrlarga qadar ham uyg‘urlardan boshqa ayrim turkiy elat va xalqlar uyg‘ur yozuvidan foydalanganligi ma’lum. Tarixiy manbalarga qaraganda, qadimgi uyg‘ur yozuvi tili keyinchalik X–XII asrlarda Qoraxoniylar davlat tili, XII–XIII asrlarda o`g‘iz-qipchoq adabiy tili, XIII–XIV asrlarda Oltin O`rda xonligida chig‘atoy adabiy tili, XV–XIX asrlarda eski o`zbek adabiy tili, XVII–XIX asrlarda eski turkman adabiy tillari uchun asos bo`lgan.
VIII–X asrlar g‘arbiy va Sharqiy Tukyu davlatlari hududlaridagi turli qabila, elat va davlatlarning kuchli parchalanish va yangidan tashkil topish davri ham bo`ldi. X asr oxirlarigacha kelib, Mo`g‘uliston hududlari qadimgi qirg‘iz, Enasoy bo`ylaridan O`rol (Yoyiq) gacha Jungoriya mamlakatida to`g‘iz-ugur (uyg‘ur), Yettisuv vohasida qorliq, butun janubiy Turkistonda eronlashgan va arablashgan Abbosiylar xalifaligi va davlat tili, Sir sohillaridan Kaspiygacha ko`chmanchi O`g‘iz davlati va tili, ulardan g‘arbda esa Pecheneglar, Xazarlar, Bulg‘orlar davlati va davlat tillari shakllandi.
Ellar va tillararo bu o`zgarishlar faqat qabila va elatlarning tarkibiy o`zgarishlari bilan chegaralanib qolmasdan, ularning til ayirmalarini ham kuchli o`zgarishlarga olib keldi. Bu o`zgarishlar faqat turkiy tillar leksikasida emas (Masalan, VIII-XI asrlarda Markaziy Osiyoda va Kaspiy, O`rol atrofida arablashgan va eronlashgan tillar), hatto grammatik qurilishi, ayniqsa fonetikasida katta o`zgarishlarga olib keldi.
Masalan, bu davr turkiy tillar fonetikasining xarakterli belgilari shundaki, qadimgi r, l undoshlari qoldiqlari o`z izlarini deyarli yo`qotib (chuvosh tili kabi ayrim tillarni hisobga olmaganda), ularning o`rnini