Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


GLOSSARIY Agglutinativ tillar (Agglutinate languages)



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə29/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Qiyosiy grammatika UMK

GLOSSARIY

Agglutinativ tillar (Agglutinate languages) –o‘zak va qo‘shjimchalar chegarasi aniq bo‘lgan tillar
Arxaizm (Archaism) – ma`lum davr uchun eskirgan, iste`moldan chiqa boshlagan til birligi (so‘z, frazeologizm va b.).
Affiks (Affix) – qo‘shimcha.
Assimilyatsiya (Assimilation) – qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o‘ziga moslashtirishidir.
Bog‘lama (Conjuction) – fe’l bo‘lmagan so‘zni fe’lga xos ma’no va vazifaga moslovchi yordamchi fe’l.
Dialekt (Dialect) –umumxalq tilining ma’lum bir hududda qo‘llanadigan ko‘rinishi.
Fonetik transkripsiya (Phonetic transcription) – talaffuzni aniq ifodalashga xizmat qiladi va xorijiy tillar lug‘atida keng qo‘llaniladi. Har bir talaffuz qilingan tovushni aks ettirish fonetik transkripsiyaning asosiy vazifasidir. Transkripsiya har qanday alfavitga asoslangan bo‘lishi mumkin. Ba’zi maxsus tovushlarni belgilash uchun esa diakritik belgilardan, boshqa alifbelardan qo‘shimcha belgilar olishdan, mavjud belgilarni teskari yozish yo‘lidan foydalaniladi. Fonetik transkripsiya chet tilini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega..
Fonematik transkripsiya (Phonematic transcription) – Grammatika kitoblarida misollarning morfologik strukturasini ko‘rsatish uchun ko‘proq ishlatiladi, chunki bunday hollarda so‘z talaffuzidan ko‘ra so‘z tarkibi ahamiyatlidir; mazkur transkripsiya asosan fonemalarni qanday o‘rinda ishlatilgan bo‘lishidan qat’i nazar, doim bir xil belgi bilan ko‘rsatishdir.
Flektiv tillar (Flective languages) –o‘zak morfema va affiksal morfema chegarasini ajratish qiyin bo‘lgan tillar.
Unga xos belgilar:

  • bir affiks bir necha ma’noni beradi

  • affiks bir vaqtda ham shaxs, zamon va sonni ko‘rsatishi mumkin.

  • affiks bir necha variantga ega bo‘lishi mumkin

  • o‘zak va negizga affikslar qo‘shilganda tovushlar almashinuvi kuzatilishi mumkin.

  • o‘zak va negiz, negiz va grammatik affikslar o‘rtasidagi chegarani belgilash qiyinchilik tug‘diradi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin