U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbekist0n tarixi


Eftaliylar  davrida  madaniyat,  diniy  e ’tiqodlar



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix01.01.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#50780
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbe

Eftaliylar  davrida  madaniyat,  diniy  e ’tiqodlar.  Varaxsha shahri  obidalari, 

Termiz  yaqinidagi  Bolaliktepadan  topilgan  saroy,  uning devorlariga  ishlangan  be- 

takror tasvirlar,  o ‘ymakorlik va ganjkorlik namunalari -  bular ajdodlarimiz yuksak 

badiiy  mahoratidan  yorqin  dalolatdir.  Bu  davm ing  moddiy  madaniyatiga  oid  yod- 

gorlik  sifatida  Xorazmdagi  Tuproqal’a  to ‘g ‘risida  bir  qadar  m a iu m o t  keltirib 

o ‘tish joizdir.  Uning  tuzilishi  to ‘g ‘ri  burchakli  b o iib   (500x360  m),  gumbazsimon 

y o ia k li  va burjli  mudofaa devori bilan o ‘ralgan. Devom ing janubiy qismidagi  dar- 

vozadan  ibodatxonaga tom on  asosiy  k o ‘cha o ‘tgan.  K o‘ndalang  tushgan  ko‘chalar 

shahami  10  ta  mavzega b o ig a n .  Tuproqqal’aning  shimoliy-g‘arbiy  qismida  max­

sus ko ‘tarm a supa ustiga xom g ‘ishtdan  saroy qurilgan.  U nga yonma-yon ark bino- 

si joylashgan.  Bundan tashqari,  100  ga yaqin turar joy,  xo‘ja lik  binolari  va  8 ta  sa­

roy zali  mavjud b o ig a n .  Q al’aning janubi-sharqiy burchagidagi 4 ta xonada teri va 

yog‘ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi  80 dan ortiq hujjatlar topildi.

V -V I  asrlarda diniy e ’tiqod  va ta sa w u r bilan  uzviy  b o g iiq   b o ig a n  tasviriy 

san’at-koroplastika-ma’budalam ing  sopol  haykalchalarini  yasash  va  ularga  topi- 

nish keng yoyiladi.  Sopol  haykalchalar  hududlarga ko‘ra turlicha b o iib ,  kiyim-ke- 

chaklari, yuz siymolari, taqinchoqlari jihatidan ham bir-biridan farqlangan.

Ulkan  hududdagi  eftaliylar  davlati ju d a  ko‘p  xalqlami  o ‘zida  birlashtirgan- 

ligi  sababli  undagi  diniy  e ’tiqodlar  ham  turlicha  b o ig a n .  So‘g ‘dda  zardushtiylik 

keng  tarqalgan  b o is a ,  Tohariston  va  Sharqiy  Turkistonda  buddizmga  e ’tiqod  qi-




luvchilar ko‘pchilikni tashkil  etgan.  Shaharlarda xristian va yahudiy jam oalari  ham 

mavjud edi. M oniylik va M azdak ta ’limoti  tarafdorlari  ham  paydo bo‘layotgan  edi. 

Zardushtlar Nohid,  Mitra,  Siyovush  kabi  mahalliy  m a’budalarga  ham  sig‘inganlar, 

N avro‘z  kuni  Buxoro  otashparastlarlari  Siyovush  qabri  ustida  xo‘roz  so‘yib,  qur- 

bonlik qilar edilar. Janubda buddizmning ta ’siri ko‘proq b o ‘lgan edi.

Chorvador  aholi  turkiycha so‘zlashar,  turkiy til  tobora ko‘proq  yoyila  bosh- 

lagan  edi.  0 ‘troq  aholining  katta  qismi  so‘g ‘diy  tilida  so‘zlashar  edilar.  So‘g ‘diy 

tili  va yozuvi  Yettisuv,  Farg‘onadan  o‘tib  Sharqiy  Turkistonga qadar yetib  boradi. 

Uning  xususiy  so‘g ‘d-“samarqand  usuli”  keng  yoyilgan  edi.  Bundan  tashqari,  xo- 

razm,  kxaroshtiy,  buxoro yozuvlari  ham mavjud b o ig a n .  Eftaliylar yozuvi  baqtriya 

yozuvi  asosida  paydo  b o ig a n .  Syuan  Szanning  yozishicha  u  25  ta  harfdan  iborat 

b o iib ,  xat  chapdan  o ‘ngga  qarab  ko ‘ndalangiga yozilgan.  Bunday  yozuv  namuna- 

lari  Zangtepa, Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, KofirqaPadan topilgan.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin