bersada, bu to‘plamga kiruvchi alohida miqdorlar o‘rtachadan qanchalik
farq qilishini ko‘rsatmaydi. To‘plam bo‘yicha hisoblangan o‘rtachadan
uni tashkil etuvchi alohida miqdorlar farqi kichik bo‘lsa, bu hisoblangan
o‘rtacha haqiqiy, real bo‘ladi. Aksincha o‘rtacha va alohida miqdorlar
o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lsa, bu hisoblangan o‘rtacha ishonchsiz,
xodisa o‘zgarishini real ifodalamaydigan bo‘ladi.
O‘zgaruvchan belgining farqlarini (tebranishini) aniqlash
ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar natijasida to‘plamning bir xilligini,
ularning o‘zaro bog‘liqligini, o‘rtacha miqdorning turg‘unligini ( tipik
ekanligini) aniqlash mumkin.