97
sirg‘anma, tekislash ma’lumotlari asosida ham hisoblanish mumkin.
100
x
Д
Д
J
i
мав
=
yoki
100
.
x
Д
Д
J
ot
i
t
мав
=
Mavsumiylik
indeksi
ishonarli
bo‘lishi
uchun
dinamika
qatorlarning uch yillik ma’lumotlari (oylar bo‘yicha) olinadi. Demak
mavsumiylik indeksida oylar bo‘yicha hisoblangan o‘rtachaning uch
yillik umumiy o‘rtachaga nisbati foizlarda olinadi.
Interpolyatsiya deyilganda dinamika qatorlar orasidagi noma’lum
darajani aniqlash tushuniladi. Noma’lum
darajani aniqlash danamika
qatorlar qanday tuzilganiga qarab, quyidagi usullarning biri bilan
aniqlanadi:
- noma’lum darajaning ikki yonidagi raqamlar o‘rtachasini
hisoblash bilan;
- qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha mutloq o‘zgarish (o‘sish
yoki kamayish) ko‘rsatkichlari bilan;
- qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’atlari
ko‘rsatkichlari yordamida.
Statistikada dinamika qatorlarni o‘rganishning asosiy maqsadi
xodisalarning o‘zgarish asosiy tendensiyasini
aniqlash bilan birga,
ularning kelajakda qanday bo‘lishini bashorat qilishdir. Dinamika
qatorlarning kelajak davr yoki perspektiv darajalarini bashorat (prognoz)
qilish ekstrapolyatsiya deyiladi. Bashorat qilish uchun xodisalarning
katta dvrdagi haqiqiy darajalari dinamika qatorlari o‘rganib chiqiladi.
O‘zgarishlarning turlicha bo‘lganligi sababli, ekstrapolyatsiyada ham
har xil usullar qo‘llanadi.
Agarda dinamika qatorlarda mutloq o‘sishlar
doimiy va bir xil
darajada bo‘lsa, unga o‘rtacha arifmetik usulda o‘rtacha mutloq o‘sishni
topib, bu qiymatni dinamika qatorlar oxirgi darajasiga ekstrapolyatsiya
qancha davrga mo‘ljallanganiga qarab, qo‘shib beriladi.
Agarda o‘rganilayotgan dinamika qatorlarda o‘sish koeffitsiyentni
doimiy harakterga ega bo‘lsa, uning o‘rtacha o‘sish koeffitsiyentini
hisoblab, dinamika qatorlar oxirgi darajalarini bu o‘rtacha o‘sish
koeffitsiyentiga ko‘paytirib, bashorat qilinadigan
davrlar darajalarini
aniqlash mumkin.
Xodisa va jarayonlar doimo o‘zaro bog‘lanishda mavjud.
Dinamika qatorlarni o‘rganganda, bir ko‘rsatkichlarning ikkinchisi bilan
bog‘liqligi aniqlanadi. Shuning uchun dinamika qatorlari darajasini
98
boshqa unga bog‘liq ko‘rsatkich o‘zgarish aniq bo‘lsa, unga asosan
ekstrapolyatsiya qilish mumkin. Misol, xududda bolalarning tabiiy
o‘sish sur’ati t davrgacha aniq bo‘lsa, bolalarning o‘sishi
va ular
iste’mol qiladigan mahsulot o‘rtasidagi bog‘lanish asosida, t davrgacha
bolalar iste’moli uchun zarur bo‘ladigan mahsulotmiqdorini bashorat
(ekstrapolyatsiya) qilish mumkin.
Dinamika qatorlarni analitik tekislash usullaridan foydalanib, ham
ekstrapolyatsiya qilish mumkin.
Iqtisodiy bashoratda qanday usulni qo‘llash, dinamika qatorlar
xususiyatiga bog‘liq, Lekin har safar
dinamika qatorlarni chuqur
o‘rganmasdan,
ulardagi
o‘zgarishlarni
o‘zgarishlarning
umumiy
yo‘nalishini aniqlamasdan, ekstrapolyatsiyani amalga oshirish mumkin
emas.
“Dinamika qatorlari” mavzusi bo‘yicha
Dostları ilə paylaş: