U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


BALG‘AM HOSIL BO‘LISHI VA UNING TARKIBI



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

BALG‘AM HOSIL BO‘LISHI VA UNING TARKIBI. 
BALG‘AMNI KLINIK TEKSHIRISH
Balg‘am (sputum) – nafas yo‘llaridan yo‘tal bilan ajraladigan 
patologik sekret. Balg‘amni tekshirish nafas organlaridagi patologik 
jarayon xarakterini va uni etiologiyasini aniqlashga yordam beradi.
Balg‘amning sutkalik miqdori 1 dan 1000 ml gacha va undan 
ko‘p o‘zgarib turadi. Nafas yo‘llari yallig‘lanishlarida kam 
miqdorda bag‘am ajraladi:
• 
laringit, traxeit, o‘tkir bronxit;
• 
xurujsiz bronxial astma;
• 
bronxopnevmoniya
Ko‘p miqdorda balg‘am quyidagilarda ajraladi (0,5 dan 2 
l
gacha):
• 
Bronxoektatik kasallik
• 
O‘pka abssessi
• 
Ko‘pgina gijja kasalliklarida 
Empiema yorilganda balg‘am miqdori 4 
l
gacha yetishi 
mumkin. Balg‘amning sutkalik miqdori ba’zi o‘pka kasalliklarida 
ko‘p miqdorda ajralganda aniqlanadi. Bunda balg‘amni o‘lchov 
silindrida joylashtiriladi, 1 soat davomida balg‘am tingandan keyin 
qavatlarga bo‘linishi aniqlanadi.
Balg‘am rangi. Balg‘am rangi tarkibidagi leykotsitlar miqdori 
va eritrotsitlar aralashmasiga bog‘liq. Eritrotsitlar aralashmasi
gemosedirin xarakteri o‘zgarishi qizil, zang rangda o‘zgarishi bilan 
bog‘liq. Balg‘am qizg‘ish tusli yoki qonli bo‘yalishi mumkin.Malina 
rangli balg‘am rak autolizi yoki o‘pkaning boshqa yomon sifatli hosi-
lalarida, sariq rangli balg‘a umumiy sariqlik va jigar o‘pka absess-
lari yorilganda, qora rangli balg‘am ko‘mir changlari kam miqdorda 
aralashganda bo‘ladi. Jigarrang balg‘am (shokolasimon) abssessda, 
bronxoektazda, plevra yempiemasi yorilganda bronx orqali anaerob 
bakteriyalarnig gemosiderin fermenti ajralishi natijasida kuzatiladi. 
Zangsimon balg‘am krupoz pnevmaniyada eritrotsitlaming parcha-
lanib gematinning paydo bo‘lishi va alveolalarga kirishi bilan bog‘liq.


104
Balg‘amning rangi vino, kofe, dori preparatlari va boshqalar 
bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Surunkali bronxit, o‘pka tuberkulezida balg‘am 25–100 ml 
ajralishi mumkin.
Balg‘am suyuq, cho‘ziluvchan, dildiroq, yopishqoq konsis-
tensiyali bo‘lishi mumkin. Balg‘amning yopishqoqligi tarkibidagi 
mikroorganizmlar, proteolitik fermentlami balg‘amni parchalash 
qobiliyati bilan bog‘liq. Bronxlarda yallig‘lanish jarayoni 
kuchayganda oqsillar, leykotsitlar, patogen mikroorganizmlar 
umumiy miqdorini oshishi bilan bir qatorda balg‘amning suyulishi 
kuzatiladi. Seroz, shilliq, shilliq yiring, seroz-yiring, qonli va 
astmatik balg‘am ajratiladi. Balg‘am xarakteri rangini mikroskopik 
tekshirilganda aniq qo‘yiladi. 
Shilliqli balg‘am odatda rangsiz yoki biroz oq, yopishqoq 
bo‘ladi. O‘tkir bronxitda, yuqori nafas yo‘llari katarida, bronxial 
astma xuruji to‘xtaganda kuzatiladi. Seroz balg‘am rangsiz, suyuq, 
ko‘pikli bo‘ladi, o‘pkaning o‘tkir shishida kuzatiladi. Seroz-yiringli 
balg‘am sariq yoki yashil rangli yopishqoq, surunkali bronxit, 
traxeit, bronxopnevmaniyada hosil bo‘ladi.
Toza yiringli bir jinsli, yarim suyuq, yashil-sariq rangli balg‘am 
o‘pka absessi bronxga ochilganda, bronx bo‘shlig‘iga plevra 
empiemasi yorilganda kuzatiladi. Qonli balg‘am o‘pkadan qon 
ketganda, (tuberkulez, rak, aktinomikoz), toza qonli, shuningdek, 
aralash xarakterli. Masalan, balg‘am bronxoektazlarda shilliq 
yiringli qonli chiziqlar bilan, o‘pka shishidaseroz-qonli, o‘pka 
infarktida yoki kichik qon aylanish doirasi dimlanishida shilliq-qonli, 
o‘pka absessi va gangrenasida yiring qonli yarim suyuq bo‘ladi.
Agar qon sekin ajralsa, gemoglobin uni gemosederinga aylanadi va 
zang rangini beradi, bu krupoz pnevmoniya uchun xarakterli.
Astmatik balg‘amda ko‘p miqdorda eozinofil granulotsitlar va 
Sharko-Leyden kristallari bo‘ladi.
Qavatlarga bo‘linishi: quyuq bo‘lmagan ko‘p ajraladigan 
kasalliklarda shisha idishda qavatlarga ajraladi.


105
Ikki qavatli balg‘am – yiring va seroz suyuqlik, o‘pka absessi 
uchun xarakterli.
Uch qavatli balg‘am – yiring, seroz, ko‘pikli shilliq aralash-
bronxoektatik kasallik, gangrena ba’zida tuberkulezda (kavernada).
Balg‘amning hidi ko‘pincha bo‘lmaydi. Agar yangi ajralgan 
balg‘am bo‘lsa, sassiq yoki chirigan hidli bo‘ladi. Rak hujayralari 
yemirilganda yoki o‘pka gangrenasida bo‘lishi mumkin, to‘qima 
parchalanganligidan dalolat beradi. Bo‘shliqlarda turib qolganda 
balg‘amdagi oqsillarning parchalanishidan hid bo‘lishi mumkin 
(abssess, bronxoektazlarda, ba’zida tuberkulyozda).
Balg‘amda reaksiya muhiti odatda ishqoriy. Oshqozon soki 
aralashganda (qonli qayt qilganda) va parchalanganda u kislotali 
bo‘ladi. Balg‘amda parazitlar patologik elementlar har xil 
aralashmalar mavjud bo‘lganda qora va oq fonda Petri chashkasida 
ko‘ruv o‘tkaziladi. Ajralgan elementlarni oddiy ko‘z bilan 
balg‘amda aniqlash mumkin:
• 
Kurshman spirallari zich katta bo‘lmagan spiralsimon oq 
iplar ko‘rinishda;
• 
fibrin laxtalari – oqish va qizg‘ish daraxtsimon shoxlangan 
hosilalar (fibrinoz bronxitda, kamdan kam kru-poz pnevmoniyada);
• 
Guruchsimon don (yasmiq) – katta bo‘lmagan sariq-yashilsi-
mon zich yumaloq, ohaklangan elastik tolalar, xolesterin kristallari, 
sovundan tashkil topgan, detrix probkalari-shakli va tarkibi bo‘yicha 
yasmiqqa o‘xshash lekin tuberkulyoz mikobakteriyalaridan tashkil 
topmagan va sassiq hid taratuvchi (gangrenada, surunkali abssessda, 
yiringli bronxitda, bronxoektazda); mikobakteriyalardan tashkil topgan.
Epiteliy va boshqa hujayra elementlari. Yassi epiteliy – og‘iz 
bo‘shlig‘i, burun-halqum, hiqildoqusti va ovoz boylamlari shilliq 
qavatidagi epiteliy bo‘lib, katta bo‘lmagan piknotik yadroli va 
gomogen sitoplazmali yassi ingichka hujayralardan iborat. Barcha 
balg‘am namunalarida aniqlash mumkin.
Silindrik yoki prizmatik xilpillovchi epiteliy har xil shaklda 
bo‘lishi mumkin, asosan ponasimon, kamroq dumaloq, uchburchak, 


106
noto‘g‘ri shaklli, dumaloq yoki oval yadro asosan ekssentrik, 
hujayraning bazal qismiga yaqinroq joylashadi.
Alohida hujayra nafas yo‘llari shikastlanishlarida (bronxit, 
bronxial astma) barcha balg‘amda ko‘p miqdorda uchraydi.
Neytrofil granulotsitlar kattaligi oshganda, yumaloq, ba’zida 
noto‘g‘ri shaklda diametri 10–12 mkm donador sitoplazmali va 
yadroli bo‘ladi, bir necha segmentlardan tashkil topgan.
Nafas organlarining turli yallig‘lanish jarayonlarida paydo 
bo‘ladi, ko‘proq yiringli yallig‘lanish, yog‘li distrofiya va 
yemirilishlarda kuzatiladi, shu sababli preparatning ba’zi joylarida 
donador strukturasiz massa topiladi.
Eozinofil granulotsitlar balg‘amda alohida hujayralar, 
shuningdek, guruh va to‘da ko‘rinishida ham uchraydi. Hujayralar 
yumaloq shaklli, donador bir xil o‘lcham va bir xil shaklli bo‘ladi.
Nativ preparatda eozinofil leykotsitlami yirik bir xil donadorligi 
uchun boshqa hujayralardan oson farqlanadi. Eozinofillarni aniq 
aniqlash uchun qon surtmali preparat Pappengeym bo‘yicha (8–10 
minut) bo‘yaladi. Ko‘p miqdorda eozinofillar balg‘amda allergik 
holatlarda (bronxial astma, eozinofil bronxit) gelmintozlarda (o‘pka 
exinokokkozi) uchraydi.
Eritrotsitlar balg‘amda o‘pka to‘qimasi buzilganda o‘zgarmagan 
holda pnevmoniya, o‘pka infarktida va boshqalarda kuzatiladi.
Alveolyar makrofaglar – yirik yumaloq shaklli hujayralar, 
o‘lchami 10 dan 25 mkmgacha (leykotsitlardan 2–3 marta katta) 
retikuloendotelial hujayralardan kelib chiqqan. Bo‘yalgan 
preparatda sitoplazmasi ko‘pikli, och-ko‘k rangi, aniq konturga 
ega. Alveolyar makrofaglar uchun sitoplazmasida har xil 
aralashmalar – fagotsitirlangan ko‘mir changi, tabachiy pigment, 
rangsiz mielin donachalari, yog‘ tomchilari va boshqalar borligi 
xarakterli. O‘zida gemosiderin yoki eritrotsit saqlovchi alveolyar 
makrofaglar siderofaglar deb nomlanadi. Bu asosan mitral stenozda 
kichik qon aylanish doirasida dimlanish bo‘lganda, shuningdek, 
o‘pka infarkti, qon quyilish va pnevmoniyalarda kuzatiladi. Bu 


107
hujayralarni aniqlash uchun berlin lazur reaksiyasida aniqlanadi, 
yopilgan oyna olinib, preparat havoda quritilganda, tillarang-
sariq alveolyar fagotsitlarlar aniqlanadi. Preparatga 1–2 tomchi 
5% sariq qon tuzi eritmasi va 2–3 minutdan keyin 1–2 tomchi 3% 
steklom quyiladi hamda kattalashtirib o‘rganiladi. Gematosiderin 
donachalari bo‘lganda ko‘k ranga bo‘yaladi.
Yog‘li distrofiya yoki lipofag hujayralari turli o‘lchamda, 
yumaloq shaklda, sitoplazmasi yog‘ tomchilari bilan to‘lgan 
bo‘ladi. Pnevmoniyaning boshlang‘ich bosqichlarida, qon aralash 
shilliq balg‘am bo‘lganda bu hujayralar to‘planishi xarakterli.
Alveolyar makrofaglar barcha balg‘amda kam miqdorda 
bo‘ladi, biroq surunkali yallig‘lanish kasalliklarida ko‘proq bo‘ladi. 
Alveolyar makrofaglarning funksiyasi har xil hujayra va gumoral 
immunitet reaksiyalarda, lizosomal fermentlar, prostaglandin, 
interferon, siklik nukleotidlar, bir qancha komplement 
komponentlari va boshqa moddalar sekretsiyasida qatnashadi. 
Limfotsit, fibroblast va boshqa hujayra elementlarini faollashishiga 
hamda qayta ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega.
Yomon sifatli o‘sma hujayralari balg‘amda kam uchraydi, 
asosan o‘smaning endobronxial o‘sishi va parchalanishida kuza-
tiladi. Nativ preparatda bu hujayralar o‘zining atipizmi bilan: katta 
o‘lchamda, har xil majruh shaklli, yirik yadroligi bilan ajralib 
turadi.
Bronxlar surunkali yallig‘lanish jarayonlarida metaplaziya-
langan epiteliy bilan qoplanganda atipik xususiyatga ega bo‘lib, 
o‘sma hujayralardan kam farqlanadi. Shuning uchun o‘sma 
hujayralarni faqat atipik komplekslar ko‘ringanda shu bilan birga 
polimorf hujayralar asosan tolalar asosida yoki elastik tolalar bilan 
birga joylashganda aniqlanadi.
Elastik tolalar biriktiruvchi to‘qima elementlari bo‘lib,
balg‘amda o‘pka to‘qimasi yemirilganda paydo bo‘ladi: o‘pka 
tuberkulezi, raki, abssess, gangrena va exinokokkozda. Elastik 
tolalar ingichka yaltiroq, ikki konturli, o‘tkir tolalar shaklida, 


108
kengligi bir xil. Ularni balg‘amni har tomchisida aniqlab 
bo‘lmaydi, oson topish uchun ularni konsentratsiyalash va bo‘yash 
usullari qo‘llaniladi, bunda elastik tolalar saqlanib qolib, och qizil 
rangda ajralib turadi. Korallsimon tolalar yog‘kislota tuzlari bilan 
qoplangan elastik tolalar. Bu tolanii balg‘amda aniqlanishi sil 
kavernasi borligidan dalolat beradi. Ohakli elastik tolalar – dag‘al, 
kalsiy tuzlari bilan to‘yingan, tayoqchasimon hosilalar. Sil o‘chog‘i 
parchalanganda balg‘amda aniqlanadi.
Fibrin to‘rsimon joylashgan paralel ingichka tolalardan iborat. 
Balg‘amda fibrinlar ko‘pincha yallig‘lanish jarayonlarida (fibrinoz 
bronxit, tuberkulez, aktinomikoz, krupoz pnevmoniya) kuzatiladi.
Kurshman spirallari shilliq har xil o‘lchamdagi hosilalar. 
Kurshman 
spirallari 
mikroskopik 
shilliq 
spiralsimon 
yumoloqlashgan leykotsitlar va Sharko-Leyden kristallaridan 
tashkil topgan. Kurshman spirallari ko‘pincha bronxial astmada, 
shuningdek, boshqa patalogik jarayonlarda (har xil bronxitlar, 
pnevmoniya, abssesse, o‘pka raki), obstruktiv komponentlarda 
kuzatiladi.
Sharko-Leyden kristallari har xil o‘lchamdagi rangsiz, oktaedr 
shaklda bo‘lib, kompas strelkasini eslatadi. Ular eozinofillar 
parchalanganda oqsil mahsulotlaridan hosil bo‘ladi, shuning uchun 
yangi ajralgan balg‘amda har doim ham aniqlanmaydi. Bronxial 
astma, eozinofil bronxit, o‘pkaning gelmintlar bilan zararlanishida 
bu kristallar xarakterli hisoblanadi.
Gematoidin kristallari nekrotik to‘qimalarda qon quyilganda 
uchraydi (gemoglobinning kislorodsiz muhitda parchalanishidan). 
Bu o‘tkir uchli rombsimon kristallar sarg‘ish rangda. Absessda 
ba’zida o‘pka gangrenasida balg‘amda topiladi.
Xolesterin kristallari rangsiz, to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda 
bo‘ladi, yopiq bo‘shliqlarda (abssess, tuberkulez, exinokokkoz) 
yog‘ning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Yog‘ kislota kristallari – bo‘shliqlarda balg‘amning turib qolishi 
natijasida (tuberkulez, abssess, bronxoektaz) yuzaga keladi.


109
Aktinomitset druzalari (nur zambrug‘lari) makroskopik mayda, 
zich, sariq don ko‘rinishida bo‘ladi. Markaziy to‘plamdan nur 
ko‘rinishida tarqalgan, uchlari kolbachasimon kengaygan ipchalari 
bor tuzilma. Gram usulida bo‘yalsa ipchalar binafsha rangda, 
qavariqlari esa pushti rangga bo‘yaladi. O‘рkа aktinomikozida 
balg‘amning nativ preparatida aktinomitset druzlaridan tashqari 
yirik ksantom hujayralar ham ba’zida ko‘p miqdorda aniqlanadi. 
Shuning uchun bu hujayralar bo‘lganda aktinomitset druzlarini 
izlash zarur.
Kandida avlodiga mansub achitqi zambrug‘i – kurtaklangan 
hujayralar va qiska kurtakli psevdomitseliy tolalardir (hujayra 
yumaloq yoki oval shaklda, psevdomitseliy – bo‘g‘imli, shoxlangan, 
mutovkalarda joylashgan sporalar). Juda kuchsiz bemorlarda 
antibiotiklar bilan uzoq davolanganda uchraydi.
Exinokokk elementlari balg‘amda o‘pka exinokokkozida 
aniqlanadi. Tekshirilganda mayda pufaklar, pufak xitin qavati 
qismlari, shuningdek, exinokokk ilgaklari aniqlanadi. O‘pka 
exinokokkozida balg‘amda, shuningdek, hujayralar, xolesterin 
kristallarini aniqlash mumkin.
Balg‘amda shuningdek askarida lichinkalari, pnevmotsist 
tuxumlari, trixomonadalarni ham aniqlash mumkin. Bakteriyalar 
bo‘yalgan surtmada aniqlanadi.
• 
Sil mikobakteriyalari – o‘pka tuberkulezida.
• 
Pnevmokokklar – shilliq, qonli balg‘amda krupoz 
pnevmoniyada va surunkali bronxitda.
• 
Streptokokki va stafilokokki – o‘pka abssessida yiringli 
balg‘amda, bronxoektazda, bronxitda va pnevmoniyada;
• 
Fridlender diplobatsillalari – pnevmoniyalarda.
Balg‘amni klinik tekshiruv ko‘zdan kechirish, miqdorini 
o‘lchash, fizik, ximik tarkibini o‘rganish, mikroskopik, 
bakterioskopik va sitologik tekshiruvlarini o‘z ichiga oladi.
Material yig‘ish qoidalari: balg‘amni tekshirish uchun og‘iz 
chayilgandan keyin quruq shisha banka yoki chashka Petriga 


110
ertalab (yaxshisi ovqatdan oldin) olinadi. Eski balg‘amda saprofit 
flora ko‘payadi, shaklli elementlari buziladi. Zarur hollarda 
balg‘am sovuq joyda (muzlatgichda) saqlanadi, lekin 2–3 soatdan 
ko‘p emas. Uzoq saqlanganda kam chidamli mikroorganizmlar 
(streptokokk) o‘ladi, chirish jarayoni boshlanib, tekshirish natijasi 
noto‘g‘ri chiqadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin