102
Olingan natijalarni SI birligida ifodalash uchun ularni 10 ga
ko‘paytirish lozim.
Transsudatlarda oqsilning miqdori 5 dan 25 g/l (0,5–2,5 g%),
ekssudatlarda esa 30–80 g/l (3–8 g%) atrofida bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Seroz bo‘shliqlarda suyuqlikni paydo bo‘lish
sabablarini
bilasizmi?
2. Seroz bo‘shliqlarda suyuqliklarning tasnifi va xossalarini
aytib bering.
3. Seroz bo‘shliqlarda suyuqliklarining
tarkibi nimalardan
tashkil topadi?
4. Ekssudat nima?
5. Transsudat nima?
6. Ekssudat va transsudatning bir-biridan farqini tushuntirib
bering.
7. Seroz bo‘shliqlarda suyuqliklarining fizikaviy va kimyoviy
xossalarini tekshirishni tushuntirib bering.
8. Mikroskopik tekshirish uchun
surtma tayyorlashni aytib
bering.
9. Transsudatlar va ekssudatlarda oqsilning miqdori qancha
bo‘ladi?
10. Rivalt testi haqida aytib bering.