Rostlash xarakteristikasi. Yakorning aylanish chastotasi nN const va yakorning kuchlanishi UN const bo‘lganida Iqoz f (Ia) bog‘liqlik – generaratorning rostlash xarakteristikasini ifodalaydi. Bu xarakteristikani, yuklama tokini kamaytirib olingan hol uchun ko‘rib chiqamiz. (29.1) formulaga asosan, agar qo‘zg‘atish toki Iqoz ning qiymatini o‘zgartirmay qoldirilsa, yuklama toki Ia ning kamayishi tufayli yakor reaksiyasining kuchsizlanishi va IaRaning kamayishi sababli, generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanish miqdori oshadi. Lekin, shartga ko‘ra, Ua UN const bo‘lishi kerak, shu maqsadda, rostlash xarakteristikasini olayotgan paytda qo‘zg‘atish toki Iqoz ni kamaytirib borish lozim bo‘ladi (29.3,b-rasm).
Tajribada rostlash xarakteristikasining ikkita shoxobchasini, ya’ni yuklama toki Ia ni 0 Ia IN oraliqda tobora oshirib (1-shoxobcha), so‘ngra, tok Ia ni IN qiymatidan asta-sekin 0 gacha kamaytirib (2-shoxobcha) olinadi. Bunda 1-shoxobcha ikkinchiga nisbatan yuqorida joylashadi. Bunga sabab: 1-shoxobchani olishda yuklama toki Ia ning qiymati IN gacha oshganda bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘atish toki Iqoz ham oshiriladi. Bu esa, magnit zanjirining po‘lat qismlarida Fqol ning nisbatan ko‘payishiga olib keladi, natijada xarakteristikaning 2-shoxobchasini olganda Ua UN const bo‘lishi uchun kamroq qo‘zg‘atish magnit oqimi (demak, kamroq qo‘zg‘atish toki) talab qilinadi. Bu ikkala shoxobchaning o‘rtasidan o‘tkazilgan punktir chiziq rostlash xarakteristikasi uchun qabul qilinadi (29.3,b-rasm).
Shuni ta’kidlash kerakki, rostlash xarakteristikasi, yuklama tokini o‘zgartirganda generatorning kuchlanishini o‘zgartirmay saqlab turish maqsadida, qo‘zg‘atish tokini rostlash qonuniyatini ifodalaydi. Masalan, yuklama tokini oshirganda generator kuchlanishining nominal qiymati UN ga nisbatan kamayishini bartaraf etish, ya’ni kuchlanishni UN const qilib saqlash uchun qo‘zg‘atish toki Iqoz ni bir oz oshirish kerak bo‘ladi.