30.4§. O‘zgarmas tok motorlarining mexanik xarakteristikalari
1) Parallel qo‘zg‘atishli O‘T motorining mexanik xarakteristikalari –n = f(Mem): kuchlanish Ua= UN= const, yakor zanjiridagi qarshilik Ra= const va qo‘zg‘atish zanjiridagi qarshilik Rqoz= const shartlar bajarilganda, motor valiga ulangan ish mexanizmining tormozlovchi momenti Mt ni (Mt= M= M0 + M2) o‘zgartirib olinadigan aylanish chastotasi n ning o‘zgarishini ifodalaydi. Mexanik xarakteristikani tahlil qilish uchun yakor zanjiriga ketma-ket ulangan Rr hisobga olgan holda (30.12) ifodani quyidagicha yozamiz:
n = [U− Ia(Ra+Rr)]/(CEФ) =U/(CEФ) − Ia(Ra+Rr)/(CEФ) . (30.25)
Bunga M= СmIaФ ifodadan aniqlangan tok Ia ning [Ia=M/(СmФ)] qiymatini qo‘yib, hamda n = const bo‘lganda M= Mt bo‘lishini e’tiborga olgan holda quyidagiga ega bo‘lamiz:
n = U/(CEФ) − Mt(Ra+Rr) / (CE СmФ2) , (30.22)
bunda СE, Сm, U va (Ra+Rr) lar o‘zgarmas kattaliklardir.
Shunday qilib, mexanik xarakteristikalarning o‘zgarish shakli tezlik xarakteristikalarining shakliga o‘xshagan bo‘lib, O‘TM ning magnit oqimi Ф, uning yuklama momenti Myu ga bog‘liq ravishda qanday o‘zgarishiga, ya’ni mashinaning qo‘zg‘atilish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli motorda qo‘zg‘atish magnit oqimi Фqoz ga yakor reaksiyasining ta’siri sezilarli bo‘lmagani uchun, Фqoz= const deb hisoblash mumkin. Agar O‘TM ning turg‘un rejimiga xos bo‘lgan momentlar muvozanati tenglamasi (M= M0+M2) dagi salt ishlash momenti M0 0 deb, (30.22) ifodadagi Mt o‘rniga M2 ni qo‘yib yozamiz:
n = U/(CEФ) − M2(Ra+Rr) / (CEСmФ2) = n0 − ∆n, (30.23)
b u yerda n0= U/(CEФ) − O‘TM ning salt ishlashidagi aylanish chastotasi (bunda qiymati juda ham kichikligidan IaRa 0 deb qabul qilingan); U/(CEФ) va 1/(CEСmФ2) − o‘zgarmas kattaliklar; ∆n − aylanish chastotasining kamayishi, bunga yakor zanjiri qarshiligi (Ra+Rr) va moment M2 larning ta’siri sababchi bo‘ladi.
Agar reostatning qarshiligi Rr= 0 bo‘lsa, tabiiy mexanik xarakteristikaga ega bo‘lamiz. Bu xarakteristika absissalar o‘qiga nisbatan ozgina og‘gan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘zgaradi (30.7-rasm,1). Yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish bilan bu xarakteristikaning absissalar o‘qiga nisbatan qiyalik burchagi oshadi (30.7-rasmda 2; 3; 4) va bu burchak Rr ning qiymatiga to‘g‘ri mutanosibda bo‘ladi. Agar IaRa0 deb, u e’tiborga olinmasa, unda mexanik xarakteristikalari ordinatalar o‘qidagi bitta A nuqtadan boshlanadi.
P arallel qo‘zg‘atishli motorning tezlik xarakteristikaci bilan uning mexanik xarakteristikaci o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Hamma hollarda turg‘un ishni ta’minlash uchun parallel qo‘zg‘atishli motorning pasayuvchi tezlik xarakteristikaciga uning pasayuvchi mexanik xarakteristikaci to‘g‘ri keladi.
Parallel qo‘zg‘atishli motorning turg‘unligi unga tegishli tezlik xarakteristikacining shakliga bog‘liq bo‘ladi. 30.8-rasmda Myu= const (masalan, metall kesuvchi stanoklarda Myu aylanish chastotasi n ga bog‘liq emas) va Myu n2 (ventilyator, markazdan qochirma nasos, eshkakli vint va shunga o‘xshashlarda) bo‘lganda kamayuvchi aylanish chastota – n = f (Ia) yoki mexanik – n = f (M2) xarakteristikalari ko‘rsatilgan. Bu holda ham O‘TM ning turg‘un ishlash sharti:
dM/dn < dMyu/dn (30.24)
bajariladi.
Umumiy hol uchun O‘TM ning turg‘un ishlash sharti quyidagicha xarakterlanadi: aylanish chastotasi oshganda aylantiruvchi momentning o‘sishi dM, yukning valga hosil qilgan tormozlovchi momentining o‘sishi dMyu dan kam bo‘lishi zarur. Odatda, bu shartning bajarilishi uchun O‘TM aylanish chastotasi oshganda aylantiruvchi momentning kamayishi zarur bo‘ladi (30.8-rasm). Shuning uchun parallel qo‘zg‘atishli motorning tezlik va mexanik xarakteristikalari pasayuvchi bo‘lishi kerak.
Ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli motorlarning mexanik xarakteristikalari parallel qo‘zg‘atishli motordagi singari, U= UN= const va Rr= const bo‘lgandagi n = f (M2) bog‘lanishni ifodalaydi. Mexanik xarakteristikaning ko‘rinishi O‘TM ning yuk bilan ishlashidagi turg‘unligini aniqlaydi. Normal sxema bo‘yicha olingan tabiiy (1) va sun’iy (2 va 3) mexanik xarakteristikalar 30.9-rasmda ko‘rsatilgan. Magnit zanjiri to‘yinmagan ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning mexanik xarakteristikaci tezlik xarakteristikaci (30.5-rasm) kabi giperbola shakliga o‘xshab o‘zgaradi. Haqiqatda esa, valdagi yukning o‘zgarishi bilan ketma-ket qo‘zg‘atishli O‘TM magnit zanjirining to‘yinishi keng ko‘lamda o‘zgaradi. Shu sababli uning mexanik xarakteristikasini oddiy shakldagi matematik ifoda ko‘rinishida faqat xususiy hol, ya’ni mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan (Ф Ia) hol uchun ifodalash mumkin. Bu holga (30.16) ifoda to‘g‘ri keladi.
Ketma-ket qo‘zg‘atishli motor keskin egri chiziqli kamayuvchi mexanik xarakteristikaciga ega bo‘lganligidan uning validagi yuk (2025)% dan oshganda hamma vaqt turg‘un ishlaydi.
Aralash qo‘zg‘atishli motorda ikkita qo‘zg‘atish chulg‘ami mavjudligidan uning mexanik xarakteristikalari parallel va ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlar mexanik xarakteristikalari orasidagi o‘rinlarni egallaydi. Magnit zanjiri to‘yinganligi uchun aralash qo‘zg‘atishli motorlarning mexanik xarakteristikalarini, ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlarniki singari, matematik jihatdan aniq va oddiy ko‘rinishda ifodalab bo‘lmaydi.
30.9,b-rasmda keltirilgan xarakteristikalardan ko‘rinishicha, yakor zanjiriga ulangan qarshilik oshgan sari O‘TM ning aylanish chastotasi pasayadi va bu holda xarakteristikalar tez kamayadigan bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |