Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning rostlash xarakteristikalari. O‘TM ning aylanish chastotasini hisoblash formulasi – n = (U – IaRa)/CEФ) ga magnit zanjiri to‘yinmagan hol uchun magnit oqimi Ф = KIa ni qo‘yib aniqlangan
n = U/Ia − (Σra+ rr(a))/(CEKФ) (30.29)
tenglamadan ko‘rinishicha, ketma-ket qo‘zg‘atishli motor aylanish chastotasini rostlash quyidagi, ya’ni: 1) yakor zanjiriga reostat ulash; 2) qo‘zg‘atish chulg‘amini shuntlash, ya’ni bu chulg‘amga parallel qilib qarshilik ulash; 3) yakor chulg‘amini shuntlash usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Oxirgi ikkita usul, mohiyati jihatidan, O‘TM aylanish chastotasi asosiy magnit oqimini (demak, qo‘zg‘atish tokini) o‘zgartirish yo‘li bilan rostlanishini ko‘rsatib beradi.
Yakor zanjiriga ketma-ket ulangan reostat vositasida O‘TM ning aylanish chastotasini rostlashda O‘TM ning aylanish chastotasi n kamayadi. Bu usul tejamsizdir, chunki yakor zanjiriga ulangan reostatda qo‘shimcha isroflar bo‘ladi. Aylanish chastotasi keng ko‘lamda rostlanadigan ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlar uchun yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amlarini qarshilik bilan shuntlash sxemasi qo‘llaniladi.
Yakor chulg‘amiga reostatni parallel ulash (shuntlash) yo‘li bilan O‘TMning aylanish chastotasini rostlash. Agar U= const va Myu=M=СMФIa = =const bo‘lganda, faqat yakor qarshilik bilan shuntlansa, unda yakor toki Iakamayadi, chunki yuklama tokining bir qismi (Ish.a) qarshilik (shunt) orqali o‘tadi va liniyadagi yuklama toki bu ikkala tokning yig‘indisidan (I = Ia + Ish.a) iborat bo‘ladi. Lekin shartga ko‘ra, yakor chulg‘ami shuntlanmasdan oldin va undan keyin ham aylantiruvchi moment bir xil qiymatga ega bo‘lib qolishi kerak. Ammo yakorni shuntlashdan keyin yakor toki Ia kamayadi, bu holda, moment Myu o‘zgarmasligi uchun, qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok Iqo′z ning oshishi hisobiga oqim Ф ko‘payishi lozim, demak, aylanish chastota n kamayadi (30.11-rasm, 2-egri chiziq). O‘TM aylanish chastotasini bunday usul bilan rostlashda FIK juda ham past, shu sababli bu usul cheklangan, ya’ni qisqa vaqt ichida O‘TM ning aylanish chastotasini keskin kamaytirish kerak bo‘lgan hollarda (masalan, metallurgiya zavodining metall quyish sexlarida) foydalanadilar. Bu usul yordamida ayla-nish chastotaning rostlash chegarasi taxminan 1: 5 gacha yetadi.
Qo‘zg‘atish chulg‘amiga reostatni parallel ulash (shuntlash) yo‘li bilan aylanish chastotasini rostlash. U=UN= const, n = const va Myu= const bo‘lgan ish rejimida qo‘zg‘atish chulg‘amini Rqo′z.sh qarshiligi (reostat) bilan shuntlanganda qo‘zg‘atish tokining bir qismi shunt orqali o‘tadi. Shu sababli qo‘zg‘atish oqimi Ф kamayadi va O‘TMning aylanish chastotasi n o‘sadi (30.11-rasm, 3-egri chiziq). Myu= const bo‘lganligidan momentlarning muvozanat tenglamasiga asosan magnit oqimi Ф ning kamayishida yakor toki Ia ning qiymati shunchaga ko‘payishi kerakki, bunda Myu= M = СMФIa = const sharti bajarilsin.
30.11-rasmda ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning tabiiy mexanik xarakteristikaci (1-egri chiziq) taqqoslash usullarining ahamiyatini belgilash uchun keltirilgan.
Qo‘zg‘atish chulg‘ami va shuntlovchi reostatning qarshiliklari kam bo‘lganligidan bu reostatdagi quvvat isroflari ham kam bo‘ladi. Shunday qilib, tahlil qilingan rostlash usuli ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning aylanish chastotasini oshirishga imkon beradi, hamda bu usul juda ham tejamlidir. Bu usul ko‘pincha tortish elektr motorlarida ishlatiladi.