U. T. Berdiev


§. O‘zgarmas tok motorlarining rostlash xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə152/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

30.5§. O‘zgarmas tok motorlarining rostlash xarakteristikalari
O‘TM lari nihoyatda xilma-xil va kerak tomonga o‘zgartirila olinadigan rostlash xarakteristikalariga ega. Shu sababli bunday motorlar aylanish chastotasi keng ko‘lamda o‘zgaradigan qurilmalarda (masalan: metall jo‘valaydigan katta dastgohda, elektr transportida va boshqa qurilmalarda) juda ham kerakli hisoblanadi.
O‘TM ning rostlash xarakteristikalari uning aylanish chastotasini o‘zgartirishdagi xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: 1) nmax/nmin nisbat bilan aniqlanadigan aylanish chastotani rostlash chegaralari; 2) elektr uskunasiga ketgan dastlabki xarajatlar va keyingi ishlatilish jarayonidagi chiqimlar nuqtai nazardan aylanish chastotani rostlashning tejamliligi; 3) rostlashning xarakteri, ya’ni tekis yoki pog‘onali ekanligi; 4) rostlash asbob-uskunasi va aylanish chastotani rostlash bo‘yicha bajariladigan ishning soddaligi va ishonchliligi.
(30.4) tenglamani hisobga olgan holda O‘TM EYuK lar muvozanat tenglamasi (30.6)ga binoan quyidagi ifodani yozish mumkin:
n = [ U− Ia (Ra + Rr)] /(CEФ) (30.25)
bu yerda Ф = Фqo′z −Ф; Ф – yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri tufayli magnit oqimi kamayishining kattaligi; Ra= ra+ rc +rqo′sh.q +rqo′z + rch – yakor zanjiriga ketma-ket ulangan barcha chulg‘amlarning va cho‘tkalardagi o‘tish qarshiligi (rch) ning yig‘indisi.
(30.25) formuladan ko‘rinishicha, O‘TM larining aylanish chastotasini uchta usul bilan, ya’ni: 1) qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish (bunda magnit oqimi Фqo′z o‘zgaradi); 2) yakor chulg‘ami zanjiriga ulangan reostat vositasida; 3) tarmoq kuchlanishi U ni o‘zgartirish bilan rostlash mumkin ekan.

Parallel va mustaqil qo‘zg‘atishli motorlarning rostlash xarakteristikalari. Parallel qo‘zg‘atishli motorning n = nN= const va U =Uqo′z= const bo‘lgandagi rostlash xarakteristikasi – Iqo′z= f (M2). Shartga ko‘ra, U =Uqo′z = const bo‘lganda magnit oqimi kam o‘zgarganligidan parallel qo‘zg‘atishli motorning aylanish chastotasi n kam o‘zgaradi. Shu sababli aylanish chastotasini n = const qilish uchun zarur bo‘lgan qo‘zg‘atish toki Iqo′z ning o‘zgarishi ham kam bo‘ladi (30.10-rasm).O‘TM validagi yuk momenti M2 oshganda, aylanish chastotasini n = const qilish uchun, qo‘zg‘atish toki Iqo′z ni kamaytirish zarur bo‘ladi (bunda Ф ham kamayadi). O‘TM ning aylanish chastotasini uning qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlashda energiya isroflari juda ham kam bo‘ladi, chunki qo‘zg‘atish toki Iqo′z yakor toki Ia ning atigi bir necha foizini tashkil qiladi, xolos.






Shunday qilib, O‘TM aylanish chastotasini rostlashning ko‘rib chiqilgan usuli ancha qulay bo‘lib, u aylanish chastotani bir tekis, nihoyatda sodda va tejamli o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Shu sababli bu usul amalda keng qo‘llaniladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin