me’yorlash 15
Saralash parkidan qabul qilish-jo‘natish parkiga tarkibni
olib qo‘yish vaqtini me’yorlash 18
Mahalliy vagonlar bilan ishlash texnologiyasi 18
Yuk obyektlariga xizmat ko‘rsatish vaqtlarini me’yorlash 18
Vagonlarni yuk obyektlariga uzatish va olish sonini aniqlash 19
KIRISH
Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bevosita temir yо‘llari bilan bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan keyin temir yо‘l inshootlari va qurilmalarini rivojlantirish, yaxshilashga tobora katta e’tibor berilmoqda va katta hajmdagi sarmoyalar ajratilmoqda.
Temir yо‘l tizimida temir yо‘l stansiyalari muhim rol о‘ynaydi. Temir yо‘l stansiyasi deb, yо‘llari poyezdlarni qabul qilish, jо‘natish, о‘zaro kesishuv va quvib о‘tish amallarini, yuklarni qabul qilib olish, berish, yо‘lovchilarga xizmat kо‘rsatish amallarini bajarish, poyezdlarni tarqatish va tuzish bо‘yicha manyovr ishlarini hamda poyezdlar bilan texnik amallarni bajarishga qodir bо‘lgan alohida punktga aytiladi. “Temir yо‘l stansiyalari tо‘g‘risida”gi Nizomga asosan О‘zbekiston Respublikasida joylashgan temir yо‘l stansiyalari oraliq, uchastka, saralash, yuk, yо‘lovchi va halqaro kesishuv stansiyalariga bо‘linadi.
Uchastka va terma poyezdlarni tuzish va tarqatishga, vagonlarning texnik yoki nazorat kо‘rigini о‘tkazishga, yuk va bagajni ortish va tushirishga, yо‘lovchilarni vagonlarga chiqarish va tushirishga xizmat qiluvchi stansiyalar uchastka stansiyalari deb nomlanadi.Uchastka stansiyalarida asosan quyidagi turdagi amallar bajariladi: tranzit qayta ishlanmaydigan va qisman qayta ishlanuvchi (kо‘p guruhli va og‘irligi о‘zgartiriluvchi) poyezdlarga ishlov berish, ya’ni tarkiblar texnik va tijorat kо‘rigi, lokomotivlar va brigadalarni almashishi va vagonlarni tarkibdan ajratmay ta’mirlash. Vagon oqimlarini qayta ishlash kam miqdorda bajariladi va asosan mahalliy poyezdlar-uchastka, terma va chiqaruvchi poyezdlarni tarqatish va tuzish bilan cheklaniladi.
Ushbu kurs loyiha ishida uzel uchastka stansiyasiga texnik-foydalanish tavsif beriladi, topshiriq asosida stansiyaning ish hajmi hisoblanadi, stansiyada poyezdlar va manevr harakat tarkiblari bilan bajariladigan amallar, shu jumladan mahalliy vagonlar bilan ishlash texnologiyasiishlab chiqiladi va ular meyorlanadi, ish hajmidan kelib chiqib stansiya uchun zaruriy manevr lokomotivlari soni hisoblanadi, stansiya ishining sutkalik ish reja-grafigi tuziladi va uning kо‘rsatkichlari hisoblanadi.