4.2. Yuk ob’yektlariga vagonlarni uzatish va olish sonlarini hisobi. Vagonlar guruhini yuklash punktlariga uzatish va u yerdan olish sonlari bir necha omillarga: ya’ni yuklash punktlariga vagonlarning sutkalik kelishi, ortish tushirish punktlarining ish hajmi, ortish yoki tushirish fronti, yuklash punktlarining texnik jixozlanganligi, yuk ob’yektlaridan stansiya yo‘llarigacha bo‘lgan masofa, vagonlarni uzatish va olishning bir-biriga bog’liqligi, vagonlarni berish yoki olishning tezkorligi va boshqa bir nechta sabablarga bog’liqdir.
Mahalliy vagonlarning uzatish hamda olishlarining soni ko‘payganda, ularning yig’ilishda turgan vaqti hamda kutib turish vaqti qisqaradi, lekin manyovr vositalari harakatlari ortadi.
Ortish – tushirish frontlarining sig’dira olish qobiliyatini hisobga olgan holda vagonlarni uzatish va olish sonlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda sutka davomida stansiyaga kelayotgan mahalliy vagonlar soni;
vagonning o‘rtacha uzunligi,
yuklash – tushirish ishlari frontining uzunligi, m. Mahalliy vagonlarning yuk ob’yektlariga berish va olishlar bo‘yicha hisoblar natijasi 4.1. jadvalga rasmiylashtiriladi.
4.1. jadval
Vagonlarni berish va olishlar soni.