3.3. Tarkiblarni saralash parkidan qabul qilib, jo‘natish parkiga olib o‘tishga ketadigan vaqt me’yori. Poyezdlarning tuzilishi tugallangandan so‘ng ular saralash parkidan qabul qilib jo‘natish parkiga olib o‘tiladi. Tarkiblarni parkdan parkga olib o‘tilishiga ketadigan texnologik vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda me’yoriy koeffitsientlar bo‘lib, olib qo‘yish amallaridagi
olib qo‘yilayotgan tarkibdagi vagonlarning o‘rtacha soni.
Tarkiblarni olib o‘tilishidan oldin manyovr lokomotivi tarkiblarning tuzilishining tugallanishigacha saralash parkida bo‘ladi. Shuning uchun tarkiblarni olib o‘tish jarayonida quyidagi yarimreyslar bajariladi:
Birinchi yarimreys – tarkibni saralash parkidan tortuv yo‘liga tortib chiqish.
Ikkinchi yarim reys – vagonlarni tortuv yo‘lidan qabul qilib jo‘natish parkiga surib borish:
Uchinchi yarim reys – manyovr lokomotivining saralash parki tortuv yo‘liga qaytib kelishi.
.
4. Mahalliy vagonlar bilan ishlash texnologiyasi. 4.1. Yuk ob’yektlariga xizmat ko‘rsatish vaqtini me’yorlash. Mahallliy vagonlar deb, stansiyaning o‘zida yuklash, tushirish, saralash va qayta yuklash amallari bajariladigan vagonlarga aytiladi.
Mahalliy vagonlarga ishlov berish va ular bilan yuk amallarini bajarish yuk hovlisi yoki shohobcha yo‘llarida amalga oshiriladi. Mahalliy vagonlar uchastka stansiyalariga yukli holatda keladi va yuklari tushirilganidan so‘ng qayta yuk yuklanadi, bo‘sh qolgan vagonlar esa topshiriq bo‘yicha “G” stansiyasiga yo‘naltiriladi.
Mahalliy vagonlarning ishlovi umumiy texnik jarayonlardan tashqari qayta ishlovga keluvchi tranzit vagonlar bilan ham amalga oshiriladi va u o‘z ichiga vagonlarni yuk ob’yektlariga uzatish, ularni yuk tushirish joylariga o‘rnatish, amallar tugallangandan so‘ng yana stansiyaga olib chiqish va boshqa amallar bajariladi.
Vagonlarni yuk ob’yektlariga uzatish va olishga ketadigan vaqt quyidagi sarflar yig’indisidan iborat:
Vagonlar guruhini yuk yuklash – tushirish frontlari bo‘yicha taxlab olish ;
Vagonlarni stansiya yo‘llardan yuk ob’yektlariga uzatish ;
Yuk frontlariga tarqatib chiqish ;
Yuklash amallari tugallangandan so‘ng yig’ishtirib chiqish ;
Vagonlarni yuk ob’yektlaridan stansiya yo‘llariga olib chiqish ;
Poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha manzillariga saralash ;
Qo‘shimcha ko‘zda tutilmagan jarayonlar .
Shunday qilib vagonlarni yuk ob’yektlariga berish va olishga ketadigan vaqt quyidagiga teng:
bu yerda harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga sarflanadigan vaqt .
Bir uzatilishdagi vagonlar soni:
, vag.
bunda yuklash-tushirish ishlari frontlarining uzunligi.
Yuk hovlisi:
Shohobcha yo‘li: