Uchastka stansiyasining vagon oqimlari diagrammasini ishlab chiqish uchun 2.4. jadval tuzib olinadi.
2.4. jadval
Vagonlar oqimi hisob jadvali
ga
dan
D
I
E
Uzel
«N»
Jami
D
192
256
-
-
120
-
19
587
I
576
188
-
192
100
-
22
1078
E
320
-
-
320
-
-
-
640
Uzel
«N»
-
-
9/41
-
-
7
-
-
-
16/41
Jami
896
188
9/41
512
256
7
192
220
-
41
2321/41
Izoh: qayta ishlanmaydigan tranzit vagonlar;
qayta ishlanadigan tranzit vagonlar;
mahalliy vagonlar.
2.2. “N” uchastka stansiyasining park va yo‘llarining ixtisoslashtirilganligi. Uchastka stansiyasining park va yo‘llarini to‘g’ri ixtisoslashtirilganligi yo‘l qurilmalaridan samarali foydalanish, minimal darajagacha manyovr hamda poyezd harakatlaridagi xalaqit beruvchi harakatlarni qisqarishini va shu bilan birga manyovr rayonlari o‘rtasida manyovr lokomotivlarini bir tekis taqsimlanishiga imkon yaratadi.
Uchastka stansiyalarida yo‘llarni yo‘lovchi poyezdlari, yuk poyezdlarini qabul qilish va jo‘natish (aloxida toq va juft raqamli poyezdlar uchun), poyezd tarkibidan uzilgan lokomotivlarni depoga borishi va u yerdan poyezd tarkibiga ulanishi (yurish yo‘llari) va shu bilan birga poyezdlarni tarqatish va tuzish amallari uchun (saralash, tortuv yo‘llari) uchun alohida yo‘llar ajratiladi.
“I” qabul qilib jo‘natish parkining 4-7 yo‘llari “I-N” yo‘nalishdan keluvchi juft raqamli tranzit poyezdlarini qabul qilib jo‘natish uchun xizmat qiladi.
“D,E” qabul qilib jo‘natish parkining 9-12 yo‘llari “D-N” va “E-N” yo‘nalishlardan keluvchi toq raqamli tranzit poyezdlarini qabul qilib jo‘natish uchun xizmat qiladi.
“D,E” qabul qilib jo‘natish parkining 13-15 yo‘llari barcha yo‘nalishlardan qayta ishlovga kelgan tranzit poyezdlarni qabul qilish va stansiyada tuzilgan barcha yo‘nalish poyezdlarini jo‘natish uchun xizmat qiladi.
Stansiyaning 8 yo‘li esa poyezdlar tarkibidan uzilgan lokomotivlarni depoga borishi va u yerdan poyezdlar tarkiblariga ulanishi uchun kelishiga xizmat qiladi.
Stansiyada bunday taqsimotning tashkil etilganligi manyovr ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda poyezd lokomotivining depoga va u yerdan stansiya qabul qilib jo‘natish parkiga kelishida boshqa poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsamasligini ta’minlaydi. Hattoki lokomotivlarning harakatini stansiyaga poyezd qabul qilinayotgan vaqtda ham amalga oshish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin.
Saralash parkining yo‘llari qayta ishlanadigan tranzit poyezdlarning vagonlarini poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha belgilangan tartibda yig’ish jarayonlari uchun xizmat qiladi.
Stansiya tomonidan har bir yo‘nalish uchun tuziladigan poyezd tarkiblari uchun aloxida yo‘llar ajratiladi.
Terma poyezdlar tarkiblari uchun har bir yo‘nalish uchun alohida yo‘llar ajratiladi. Vagon oqimlari nisbatan ko‘p bo‘lgan yo‘nalishlar uchun, ya’ni 200 ta vagondan ortiq bo‘lgan yo‘nalishlar uchun ikkita yo‘l ajratish tavsiya etiladi. Agar saralash parkida zaxira yo‘li mavjud bo‘lsa, u holda bu yo‘llarni aniq bir yo‘nalish uchun belgilab qo‘yish tavsiya etilmaydi.
Yuzaga kelgan stansiya sharoitlaridan kelib chiqib ushbu yo‘llardan park ishini rejalashtirish uchun foydalanish mumkin. Bunday yo‘llarni dispetcherlik yo‘llari deb ataladi.
Stansiyaning mahalliy ishlarini amalga oshirish uchun alohida yo‘llar ajratiladi. Ushbu yo‘llar shunday rejalashtirilishi lozimki, unda yuk ob’yektlariga vagonlarni berish va olish jarayonlari bajarilayotganda stansiyadagi boshqa tarkiblarni tarqatish va tuzish bilan bog’liq bo‘lgan manyovr harakatlari to‘xtatilmasin.
Bunday yo‘llarning miqdori, yuklash amallariga kelayotgan vagonlar, ortish tushirish punktlari va shu bilan birga saralash yo‘llari soniga bog’liq bo‘ladi. Nosoz vagonlar uchun odatda 1-2 ta yo‘l ajratib qo‘yilishi lozim. Ya’ni yo‘llardan biri vagon deposiga beriladigan vagonlar uchun bo‘lsa, ikkinchisi esa vagonlarni joriy ta’mirini bevosita saralash parkining o‘zida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Qabul qilib jo‘natish hamda saralash parklari yo‘llarining ixtisoslashtirilganligi 2.5 – 2.8. jadvallarda keltirilgan.
2.5-jadval
“I” qabul qilib jo‘natish parki yo‘llarining ixtisoslashtirilganligi.
“N-I” yo‘nalishdan keluvchi juft raqamli tranzit poyezdlarni qabul qilib jo‘natish uchun
Yurish yo‘li
2.6-jadval
“D,E” qabul qilib jo‘natish parki yo‘llarining ixtisoslashtirilganligi.
Yo‘l raqami
Yo‘lning ixtisoslashtirilganligi
9
10
11
12
13
14
15
“D-N” va “E-N” yo‘nalishlardan keluvchi toq raqamli tranzit poyezdlarni qabul qilib jo‘natish uchun
Barcha yo‘nalishlardan qayta ishlovga keluvchi tranzit poyezdlarni qabul qilish va stansiyada barcha yo‘nalishlarga tuzilgan poyezdlarni jo‘natish uchun.