1. Stansiya va unga tutashgan uchastkalarning texnik foydalanish tasnifi.
1.1. “N” uchastka stansiyasi va unga tutashgan uchastkalarning texnik foydalanish tasnifi.
“N” uchastka stansiyasi uzelda joylashgan uchastka stansiyasi hisoblanadi va parklarining bir biriga nisbatan joylashuvidan kelib chiqib ko‘ndalang turdagi stansiya hisoblanadi. Stansiyadagi strelka o‘tkazgichlari va signallarni boshqarish elektr - markazlashtirilgan.
“N” uchastka stansiyasiga avtoblokirovka tizimi bilan jihozlangan uchta yo‘nalish kelib tutashgan.
«D-N», «N-I» yo‘nalishlari ikki yo‘lli bo‘lsa, «N-E» yo‘nalishi bo‘lsa bir yo‘lli uchastkadir. “N” uchastka stansiyasiga kelib tutashgan temir yo‘l uchastkalari sxemasi 1.1 rasmda keltirilgan.
Juft
E J
A B V G D N I K L M O
Toq
1.1-rasm. “N” uchastka stansiyasiga kelib tutashgan temir yo‘l yo‘nalishlari sxematik ko‘rinishi.
Yo‘nalishda elektr tortuv turi qo‘llaniladi:
- Yuk tashish harakatida VL80k lokomotivlaridan foydalaniladi;
- Yo‘lovchi tashish harakatida esa Chs-3 seriyali lokomotivlaridan foydalaniladi.
Uchastka stansiyasining asosiy vazifasi tranzit poyezdlarga xizmat ko‘rsatish, lokomotivlar va lokomotiv brigadalarini almashtirish, o‘tib ketuvchi, uchastka va terma poyezdlar tarkiblarini tarqatish va tuzish, harakat tarkiblariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarni bajarish, va shu bilan birga yuk, yo‘lovchi va tijoriy amallarni bajarishdir.
Ushbu amallarni bajarishi uchun “N” uchastka stansiyasida uchta qabul qilib jo‘natish parki, saralash parki, saralash qurilmalari, lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish qurilmalari va vagonlarni ta’mirlash qurilmalari, yuk va yo‘lovchi amallarini bajarish uchun qurilmalar, SMB va aloqa qurilmalari hamda xizmat-texnik bino va inshootlari mavjud.
Stansiyaning “I” qabul qilib jo‘natish parkida 4 yo‘l mavjud bo‘lib, ushbu yo‘llar asosan “I” yo‘nalishdan keluvchi juft raqamli tranzit poyezdlarini qabul qilib jo‘natish uchun mo‘ljallangan.
Stansiyaning “D” va “E” qabul qilib jo‘natish parklarida 7 ta yo‘l mavjud bo‘lib, ushbu yo‘llardan 4 tasi asosan “D” va “E” yo‘nalishlardan keluvchi toq raqamli tranzit poyezdlarini qabul qilib, jo‘natish uchun mo‘ljallangan.
Barcha yo‘nalishlardan stansiyaga qayta ishlovga keluvchi va barcha yo‘nalishlarga jo‘natiladigan stansiyada tuzilgan poyezdlar uchun “D” va “E” qabul qilib jo‘natish parklarida 3 ta yo‘l ajratilgan.
“D”, “I”, “E” parklarining yo‘llari orasida yurish yo‘li ajratilgan bo‘lib ushbu yo‘l poyezd lokomotivlarining poyezd tarkibidan uzilib depoga borishi va u yerdan poyezd tarkiblariga ulanishga qaytishi uchun mo‘ljallangan.
Stansiyaning saralash parki tarkibida 10 ta yo‘l mavjud bo‘lib, barcha yo‘nalishlarga tuziladigan turli xildagi poyezdlar tarkiblariga vagonlarni yig’ishga mo‘ljallangan.
Uchastka stansiyasida saralashga kelgan tarkiblarni tarqatish va tuzish amallari stansiyaning toq tomonida joylashtirilgan tortuv yo‘li orqali amalga oshiriladi. Ushbu tortuv yo‘li saralash parki tomon 3 minglik nishablikka ega. Mahalliy vagonlarni taxlash jarayoni stansiyaning juft bo‘g’izi tomonida joylashtirilgan ikkinchi tortuv yo‘li orqali amalga oshiriladi. Stansiyadagi manyovr harakatlari stansiyaning TEM-3 rusumli manyovr teplovozi orqali amalga oshiriladi. Manyovr dispetcherining stansiya navbatchisi, lokomotiv mashinisti va poyezd tuzuvchilari brigadalari bilan muloqotlarni o‘tkazishlari uchun stansiyada ikki tomonlama stansiya radioaloqasi mavjud.
Stansiyaning mahalliy vagonlari bilan yuk amallari stansiyaning yuk hovlisida hamda shohobcha yo‘llarida amalga oshiriladi. Ushbu yuk ob’yektlari saralash parkiga yaqin masofada joylashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida saralash parkidan yuk amallari bajariladigan vagonlarni yuk ob’yektlariga berish va ularni u yerdan olish amallarini bajarishlarida qulay hisoblanadi va boshqa poyezd marshrutlariga noqulayliklar keltirmaydi.
Stansiyada lokomotiv deposi mavjud bo‘lib, bu yerda poyezd hamda manyovr lokomotivlarining ta’mirlash va ekipirovkalash amallari bajariladi. Lokomotiv deposi saralash va qabul qilib jo‘natish parklariga nisbatan ketma-ket joylashtirilgan. Lokomotiv xo‘jaligi rejalashtirilayotganda lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish oqimi, lokomotivlarni bir vaqtning o‘zida asosiy depoga berish va u yerdan poyezdlarga ulash uchun olib kelish amallari, boshqa marshrutlarni kesib o‘tmasdan harakatlanishi ko‘zda tutilgan.
Qabul qilib jo‘natish parklariga yaqin joyda vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash punkti joylashtirilgan.
Vagon xo‘jaligi lokomotiv xo‘jaligidan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtirilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ustaxonalar, kompressor xonalari, elektr va suv ta’minoti xo‘jaliklarining ishini birlashtirishga imkon yaratadi.
Uzoq masofaga qatnovchi, mahalliy aloqadagi va shaharatrof liniyalarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlari va yo‘lovchilari uchun bosh yo‘llar yaqinida joylashtirilgan yo‘lovchilar binosi, yo‘lovchi platformasi mavjud.
“N” uchastka stansiyasi sutkada 13 poyezdni saralaydi va 14 poyezd tuzadi. Barcha yo‘nalishlardan 61 tranzit poyezdlarini o‘tkazadi. Stansiyadagi mahalliy ish hajmi 15 ta vagonga yuklash va 25 ta vagonni tushirish amallari to‘g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |