“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 229
w www.oriens.uz 2021 December ta'minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalar uchun nafaqalar), vaqtinchalik
ishsizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash (ishsizlik nafaqalari), moddiy ta’minlanganligi
va xizmatlarini hisobga olgan holda aholining ayrim toifalari uchun imtiyoz va
qulayliklar (patronaj xizmatlari ko'rsatish, mahsulot, dori-darmonlarni etkazib berish
va h.) berish, onalikni himoya qilish(tug’ruqgacha va tug’ruqdan keyingi mehnat
ta’tillari), salomatlikni sug'urtalash (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari),
ta’lim olayotgan yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning
oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-
ortopedik markazlar) tizimi orqali ta'minlanadi.
Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi orqali aholini ijtimoiy himoya
qilish darajasini tartibga soladi, eng kam yashash minimumini aniqlaydi va undan
kelib chiqqan holda, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, sug'urta mukofotlari
va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok
etuvchi xizmat (idora) larning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini
ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga solish bo'yicha davlatning eng samarali roli
aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishga
ko’maklashish uchun aholiga, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarga
qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni rag’batlantirishdan iborat. Aholining ijtimoiy
himoyasi quyidagi ijtimoiy yordam turlari orqali ta'minlanadi:
- pensiyalar;
- ijtimoiy nafaqalar;
- imtiyozlar, afzalliklar va xizmatlar;
- bir martalik (tizimli bo'lmagan) moliyaviy yordamlar.
Kam ta'minlangan oilalar farzandlari – bu jami daromadlari har bir oila
a’zosiga taqsimlanganda rasmiy belgilangan eng kam miqdorga etmaydigan
oilalardagi mehnatga layoqatli yoshga yetmagan bolalardir. Ushbu turdagi
shaxslarning ijtimoiy himoyasi bolalarga beriladigan nafaqalar tizimi orqali amalga
oshiriladi. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berish, yosh bolali oilalarga
farzandi 2 yoshga yetguncha nafaqalar berish, shu bilan birga 14 yoshga to'lmagan
bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar belgilandi. Mahallalarda Respublika va
mahalliy byudjetlar mablag'lari hisobiga, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va
alohida jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan mablag'lar
hisobiga maxsus fondlar tashkil etildi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ya’ni uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining