“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 230
w www.oriens.uz 2021 December zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom
ettirishni ko’zda tutadi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va
ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini
ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish oliy
maqsadlarimizdan hisoblanadi.
Ta’lim tizimi eng katta kontingentlardan biri. Uni yagona maqsadga
yo‘naltirish, yo‘naltira olish – bu chinakam baxt, farovon kelajak degani.
XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa qilib aytadigan bo’lsak harakatlar strategiyasining “ijtimoiy sohani
rivojnantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish aholi badligini oshirish,
fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport,
muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy ijtimoiy infra tuzulmani rivojlantirish
va modernizatsiyalash va aholini elektr energiya gaz bilan ta’minlashni yaxshilash,
aholining muhtoj qatlamlariga ko’ratiladigan ijtimoy yordam sifatini oshirish, xotin
qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish hamda Mamlakat
iqtisodiyotining transformatsiyasi xo’jalik tarmoqlari bo’yicha ish bilan bandlik
tarkibi o’zgarishiga olib keladi. Bu o’rinda yangi hodisalargagina emas, balki ish
bilan to’liq bandlikka, xodimlarning tarmoqlar va sohalar bo’yicha rejali
taqsimlanishiga asoslangan oldingi munosabatlar buzilishiga duch kelinadi.Mana shu
nuqtai nazardan ish bilan bandlik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlarni tahlil qilish
birinchi darajali nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ushbu
muammoni tadqiq etishning dolzarbligi aholini ish bilan ta’minlash tarkibini
takomillashtirishning nazariy, metodologik va amaliy bazasini ishlab chiqish
tugallanmaganligi bilan belgilanadi. Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi
orqali aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga soladi, eng kam yashash
minimumini aniqlaydi va undan kelib chiqqan holda, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy
to’lovlar, sug'urta mukofotlari va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi,
ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etuvchi xizmat (idora) larning faoliyatini
muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga
solish bo'yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta
tayyorlash va malaka darajasini oshirishga ko’maklashish uchun aholiga, shu
jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarga qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni
rag’batlantirishdan iborat.