Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
30._Sestodasimonlar sinfining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chikaradigan kasalliklari. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar endoparazitlar boiib, jinsiy voyaga yetganlari ko‘plab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlar ichagida, kamdan-kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi. Ulaming tanasi dorzoventraltomongayassilangan.Hozirgi vaqtda sestodalaming 3000 dan ortiq turi fanga maiumboiib,odamvachorva mollari uchun eng xavfli parazitlar hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglargavdasining uzunligi 1 mm va undan ham kichik boigan juda mayda turlaribilan bir qatorda juda ulkan turlari, masalan, qoramol tasmasimoni, keng tasmasimon chuvalchanglarning uzunligi 10-15 m va ba’zan 18-20 m gacha boradi. Kashalotlaming ichagida parazitlik qiladigan Polygonopliorus giganticus turining uzunligi hatto 30 m gacha, eni esa 4,5 sm cha keladi. Sestodalar ham boshqa yassi chuvalchanglar singari parenximatoz hayvonlardir. Ularda ham tana bo‘shlig‘i boimaydi, ya’ni tanasi parenxima hujayralari bilan toigan.Sestodalaming parazitlik bilan hayot kechirishga ixtisoslashgan ko‘pgina moslamalari mavjud, ya’ni boshi (skoleks) va yopishuv organlari o‘ziga xos tuzilgan. Gavdasi bo‘g‘imlarga (proglottidlarga) bo‘lingan. Odatda har bir bo‘g‘imda takrorlanadigan jinsiy organlari bor. Ovqat hazm qilish sistemasi reduksiyalangan va nihoyat rivojlanish sikllari murakkablashgan bo‘lib, xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan boradi.Sestodalaming gavdasi uch qismdan, ya’ni bosh (skoleks), bo‘yin va bo‘g‘imli tanadan iborat. Gavdasining oldingi qismi ingichka ipsimon ko‘rinishda bo‘lib, uning uchida skoleksi va undan keyin esa bo‘yin qismi joylashgan. Skoleksi sestodalaming yopishuv organlari hisoblanadi. Unda ixtisoslashgan yopishuv organlari, so‘rg‘ichlari, botridiylar va xitinli ilmoqlar bo‘ladi. Umuman, sestodalar skolekslar yordamida o‘z xo‘jayinlarining ichak devorlariga yopishib, uzun gavdasini tutib turadi. Hamma jinsiy voyaga yetgan tasmasimon chuvalchanglar o‘z xo‘jayinining oshqozon va ichaklarida yashaydi.