Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
28._Prostogonimus (Prosthogonimus) urugining vakillarining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.Urugining vakillari, ayniqsa, Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz va boshqa yowoyi parrandalaming fabritsiyev xaltasi va tuxumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu parazitning tanasi noksimon shaklda, darzo-ventral tomondan yassilangan. Uzunligi 3-6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari og‘iz so‘rg‘ichi bilan qorin so‘rg‘ichi oralig‘ida ikkiga shoxlangan. Qorin so‘rg‘ichi og‘iz so‘rg‘ichiga nisbatan ancha yirik. Urug‘donlari ikkita, ovalsimon ko‘rinishda, asosan tanasining orqa yarmida joylashgan. Tuxumdoni qorin so‘rg‘ichining yuqorisida, sariqlik bezlari tananing ikki yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan. Prostogonimning rivojlanishi uchta xo‘jayinda ketadi (19-rasm). Birinchi oraliq xo‘jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus urug'iga mansub molluskalar, ikkinchi oraliq xo‘jayinlari, ya’ni qo‘shimcha xo‘jayinlari har xil turga kiruvchi ninachilar (Libellula, Anax, Sympetrum va boshqa urugiar turlari) va asosiy xo‘jayinlari esa parrandalar hisoblanadi. Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga, suvga tushgandan 8-14 kundan keyin tuxumdan miratsidiy chiqadi va faol harakat qilib, birinchi oraliq xo‘jayini - molluskalaming ichiga kiradi, Molluska jigarida miratsidiy sporotsistaga aylanadi va sporotsista ichida uzun dumli serkariylar yetiladi va ular molluskadan suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar ikkinchi oraliq xo‘jayin - ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi. Bu yerda serkariy ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, qorin muskuli oraligiga kelib joylashadi va to‘rtinchi kuni metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy kapsulaga o‘ralib, 70 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Asosiy xo‘jayinlari - parrandalar metatserkariy bilan zararlangan ninachilar va ularninglichinkalarini yeyishi bilan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Parranda ichagidan metatserkariy kloaka orqali tuxum yo‘li va fabritsiyev xaltasiga o‘tadi va taxminan ikki haftadan keyin jinsiy voyaga yetadi.