Finlyandiyada maktab o„qituvchisi bo„lish uchun juda qattiq tanlovdan o„tish zarur:
Finlyandiyada maktab o„qituvchisi bo„lish uchun juda qattiq tanlovdan o„tish zarur:
pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga
ishga olinadi. Finlyandiya ta‟lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o„qitishga
ustuvorlik berilishi. Bu shubhasiz, ta‟limning yuqori sifatda bo„lishiga olib keladi. Mamlakatda
maktab ta‟limining muvaffaqiyati maktab o„quvchilarini qo„llab-quvvatlash tizimi bilan ham
bog„liq. Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va psixologlar soni
jihatidan, barcha Yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o„rinlardan birini egallaydi.
Buyuk Britaniyada ham o„qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali o„qituvchi maqomini olish
uchun muqobil ta‟lim dasturlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Bular maktab bazasida
o„qituvchilarni tayyorlash (School Centered Initial Teacher Training), “tezkor yo„l” (The Fast
Track Programs) deb ataluvchi dasturlar va boshqalardir.
Bugungi kunda ta‟lim sohasida yetakchi o„rinni “aqlli maktablar, ziyoli millat” strategik
Bugungi kunda ta‟lim sohasida yetakchi o„rinni “aqlli maktablar, ziyoli millat” strategik
dasturida o„z aksini topgan mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish paradigmasiga ega bo„lgan
Singapur egallaydi. Ushbu strategiyaning asosiy g„oyasi “umrbo„yi ta‟lim” g„oyasi bo„lib, u
bilan mamlakat kelajagi uzviy bog„liq. Singapurda Finlandiyadagi kabi o„qituvchilik kasbi