Umumiy psixologiya fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix03.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Umumiy psixologiya fanidan




MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 
 
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI 
“PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI 
“PSIXOLOGIYA: AMALIY PSIXOLOGIYA” YO‘NALISHI 931-20 GURUH 
TALABASI NIZOMOVA JUMAGULNING 
“UMUMIY PSIXOLOGIYA” 
FANIDAN 
KURS ISHI 
Mavzu: Iroda nazariyasi 
Kurs ishi rahbari: G. T. Arakulov 
Jizzax-2022 



MUNDARIJA 
KIRISH……………………………………………………………...…….. 

I.BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA………………....... 

1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha…………………………………......... 

1.2. Iroda va o‘zlikni anglash ……….……………………………………... 

1.3. Irodaning psixologik talqini………………………………………….. 
18 
II.BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH …………. 23 
2.1. Iroda borasidagi nazariyalar…..……………………………………….. 23 
2.2. Irodani o‘rganinshning yangi qirralari ……………………………...… 26 
2.3. O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida……..…. 29 
Xulosa……………………………………………………………………… 34 
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….. 36 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov “Yuksak 
ma’naviyat – yengilmas kuch”. Asarida “Iroda – bu aslida mustahkam ishonch 
demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani 
ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali 
insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki 
muammo tushgudek bo‘lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, 
yoningizda turib, qo‘lidan kelganicha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan 
birgalikda yengishga harakat qiladi” deb ta’kidlaganlar. 
1
Shuningdek, birinchi Prezidentimiz o‘z fikrlarini yanada rivojlantirib 
mazkur asarlarida yana shunday yozadilar: “Bugungi murakkab mafkuraviy 
jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning 
ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli 
qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid 
bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, 
fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini 
mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy 
xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar 
insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”. 
1
Psixologiya fanidagi irodaga taalluqli ta’riflarni umumlashtirgan holda uni 
mana bunday shaklda tavsiflash mumkin: “Iroda – bu shaxsning oldiga qo‘yilgan 
maqsadlarga erishish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga 
qaratilgan faoliyati, xulq-atvori va muomalasini ongli ravishda tashkil qilishi
o‘zgartirishlar kiritishi hamda o‘zini o‘zi boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs 
faoliyati, muomalasining alohida shakli, sub’ekt xulq-atvorini tashkil etishning u 
tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan o‘ziga xos turidir. Iroda tabiat, 
jamiyat, shaxs kamoloti qonuniyatlarini egallab oladigan va shu tariqa ularni o‘z 
1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 1997. - 35 b.



ehtiyojlariga ko‘ra o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan shaxsning mehnat
o‘yin, o‘quv faoliyatida, muomala jarayonida, xulq-atvorida paydo bo‘ladi”.
O‘smirlar 
xarakterning 
irodaviy 
xususiyatlarini 
shakllantirish 
muammosining dolzarbligi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning amalga 
oshirilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu muammo mamlakatimizning Prezidenti 
I.A.Karimov asarlarida, Oliy Majlis sessiyalarida va psixologiyaning sohasiga oid 
adabiyotlarda ko‘p marta yoritilgan. 1-Prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston XXI 
asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» va «O‘zbekiston yangilanish va taraqqiyot yo‘lida» nomli asarlarida 
ko‘rsatib o‘tganidek, O‘zbekiston Respublikasi kishilarining ruhiyatini 
shakllantirishga jiddiy ta’sir qiladigan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirmoqda Mazkur nuqtai nazardan har bir o‘quvchida shaxs fazilatlarini 
shakllantirish jarayoniga, ayniqsa, uning irodaviy sifatlarni tarkib toptirishga jiddiy 
e’tibor qaratish orqaligina ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlash 
mumkin 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin