Irodaviy harakatlarning sifatlari
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar.
Irodaviy xarakatlarga xos salbiy sifatlar.
Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta bilish, dadillik qat’iyat, chidam, tokat,
mustaqillik kabilardan iboratdir.
O’z-o’zini tuta bilish shaxsning uz burchini utashini, maqsadini ruyobga
chiqarishda uchraydigan qiyinchilik va qarshiliklarni mardonovor yengipshda
ko’rinada. Ko’rsatilgan jasorat yuksak irodalilikning namunasidir. "Oltin
zanglamas" (Shuxrat) romanining Sodikning jasorati xam taksinga loyikdir. U og’ir
axvolda yotishiga, dalaning sovuk va izgirinli shamoliga, masofaning uzoq
bo’lishiga qaramay, binoni xavfsizlantirish chorasini amalga oshiradi, necha yuzlab
soldatlarimizning sog-omon kelishini ta’minlaydi. Uz burchini utash yo’lida barcha
qiyinchiliklarga bardosh beradi. Mashina bormasa bormasin, baribir boraman!" -
dedi Sodik gazabdan kuzlari chaknab. Bu asabiylikdan boshi zirkirab ketdi, qo’llari
bilan ikki chakkasini changalladi. Dadillik, botirlik, jasurlik, dovyuraqlik mardlik,
kaxramonlik kabi sifatlarni xam ifodalaydi. Bu sifatlarni xar biri uz moxiyatiga
egadir. Dadillik shunday sifatki, bu sifatga ega bo’lgan odam oldinda xavf-xatar
borligini bila turib unga tomon boraveradi.
Dadillik o’zini tuta bilish bilan maxkam bog’liqdir. Inson avval harakat
kalishi uchun avvalo o’zini tuta bilishi kerak.
Jasur shaxslarda burch xissi erkaqlik qilishga yo’l qo’ymaydi. Ular zarba
ostida qolganlarida yoki muzaffaqlyatsizlikka uchragan paytlarida bu sifat ularga
mazza bagishlaydi.
Dovyuraqlik odamning xavf-xatarli ishga tomon borishiga yoradm beradi,
uni mardlik ko’rsatishiga otlantiradi. Dovyurak odam xavfli vaziyatda ko’rashni
20
bilmaydigan- kishigina emas, balki unda qo’rquv paydo bo’lsa xam,, zarur deb
bilgan ishni qila oluvchi odamdir.
Odam o’zining faoliyatlari davomida tashqi muhitdgi narsa va
hodisalarni bilibgina qolmay, balki aktiv harakat qilib, bu narsa va hodisalarni
o’zgartiradi. Odam har doim ma’lum harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu
jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin.
Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlar.
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko’pincha impulsiv tarzda,
ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, chuchko’rish, ko’z
qovog’ining ochib-yumilishi va shu kabilar. Bunday harakatlarni odam oldindan
o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi
mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq
bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish,
ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’lmaydi.
Ixtiyorsiz harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy
harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldin
belgilangan maqsad asosida, to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan
harakatlardir.
Iroda deganda biz, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida amalga
oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’sqinliklvrni yengish bilan bog’liq
bo’lgan harakatlarni tushunamiz.
Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlar odamga rasmiy yo’l bilan tug’ma
ravishda beriladigan harakatlar emas. Irodaviy harakatlar har doim ma’lum
sabablar asosida vujudga keladilar. Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv-
fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stining shartli reflekslar hosil
qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim
to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stida yuzaga keladigan optimal
qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, irodaviy
harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan
bog’liqdir.
21
Irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv sistemasining
umumiy sog’lom holati ham juda katta ahamiyatga egadir.
Irodaviy harakatlarning asosiy momentlari.
Irodaviy harakatlar ilgaridan belgilangan qat’iy maqsad asosida amalga
oshirilar ekan, demak, har qanday irodaviy harakatlar ma’lum bir maqsadni
qo’yishdan, ya’ni maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maqsd aniqlanib, shu
maqsadga erishtiruvchi yo’l-yo’riqlar belgilangandan so’ng odam ma’lum qarorga
keladi. Irodaning kuchliligi, mustahkamligi qabul qilingan qarorni ijro etishda
ko’rinadi.
Irodaviy harakatlarning qonuniyatyaari qo’yvdagilaradn iborat:
a)
iroda kuchnining namoyon bo’lishi maqsadning aniqligiga bog’liq;
b)
xar qanday irodaviy kuch va sababga asoslanadi;
i)
maqsadni amalga oshirish jarayonidagi ongli harakatlar ta’sirvda iroda
o’sadi;
g)
irodaviy sifatlar xoxash va istakka bog’liqdir;
a)
shaxs mexzatining, faoliyatining takrorlanishi va rag’batlantirilishi
undagi irodaviy faoliyatni yanda oshiradi.
Shuvday qilib, yuqoridagi fikrlarning umumiy xulosasi sifatida irodaga
quyidagicha ta’rif berish mumkin: kishining aniq maqsadni bajarishga qarqtilgan
ongli harakatlarining kuchli ifodasi iroda deb aytiladi.
Demak, irodaning kuchliligi qabul qilingan qarorni qat’iyatlik bilan amalga
oshirishda namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning odamdan zo’r kuch talab
qiladigan tomoni shundaki, biror maqsadni belgilashda, shu maqsadni amalga
oshirish yo’l-yo’riqlarini aniqlashda va qarorga kelish hamda qarorni ijro etishda
motivlar ko’rashi paydo bo’ladi. Motiv-kishini harakatga undovchi kuch degan
ma’noni bildiradi. Irodasi kuchli odamlar motivlar ko’rashini qat’iyatlik bilan tez
hal qiladi, aksincha, irodasi bo’sh odamlar motivlar ko’rashini cho’zib yuboradi
yoki mustaqil ravishda hal qila olmaydi.
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda odam yo’liqadigan qarshiliklar har
xil bo’ladi. Masalan, ichki qarshiliklar va tashqi qarshiliklar. Ichki qarshiliklar
22
odamning o’ziga xos bo’lgan, uning ichki dunyosiga xos bo’lgan qarshiliklardir.
Chunonchi, har kuni ertalab azonda soat 7 da turib, yuvinib, choy ichib, o’qishga
kechikmay yetib kelish kerak. Ayrim irodasi bo’sh odamlar ana shuni uddasidan
chiqa olmaydi.
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar
odamning o’zi bilan emas, balki shu harakatni amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan
bog’liq bo’ladi. Masalan, fermerlarimiz ob-havoning noqulay kelishiga qaramay,
ya’ni jala, sel vasuv toshqinliklarini yengib, paxtadan yuqori hosil yetkazmoqdalar.
Odamning irodasi bir qancha sifatlarga egadir. Masalan, irodaning ijobiy
sifatlari-qat’iyatlik, dadillik, mustaqillik va o’zini tuta bilish kabilardan iborat.
Irodaning salbiy sifatlari esa-qat’iyatsizlik, ikqilanishlik, mustaqilsizlik, o’zini tuta
olmaslik kabilardan iboratdir.
Irodaning ana shu sifatlari amalga tug’ma ravishda berilmaydi. Irodaning
barcha sifatlari bolalarga uzoq vaqt davomida sistemali tarzda beriladigan ta’lim va
tarbiyaning natijasidai. Shuning uchun odam har doim o’zining imqoniyatlarini
hisobga olgan holda biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha
yetkazishi kerak.
Odamda irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda u mansub bo’lgan jamoaning
katta roli bor. Shaxs o’zining maxkam bog’langan deb his qiladigan jamoada o’zi
uchun ibratli xatti-harakatlari namunalarini kiradi. har qanday uyushgan jamoa o’z
a’zolari oldiga o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish, o’rtoqlari va
do’stlariga nisbatan mexribonlik, g’amxo’rlik qilish, o’z jamoasiga dog’
tushirmaslikka intilish talablarini qo’yadi. Bularning hammasi jamoa a’zosini
shunday vaziyatga soladiki, u o’zgalarning ta’siriga berilmaslik uchun qarorga
kelishga, o’zini mustaqil ko’rsatishga, o’zini tuta bilishga harakat qiladi.
Shaxs shu tarzda o’z jamoasining topshiriqlarini, talablarini bajarishga va
bu hol o’z hayotida unda mustaqillik prinsipiallik, tashabbuskorlik kabi ijobiy
sifatlarning barqaror tarkib topishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |