Umumiy psixologiya fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix03.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Umumiy psixologiya fanidan

Kurs ishining ob’ekti: Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida umumiy 
ma’lumotlar berilgan.
Kurs ishining maqsadi: Iroda haqida umumiy tushuncha, Irodaning amaliy 
jihatdan o‘rganish haqida.
Kurs ishining vazifalari:
Iroda haqida umumiy tushuncha; 
Iroda va o‘zlikni anglash; 
Irodaviy harakatlarning sifatlari; 
Irodani o‘rganinshning yangi qirralari; 
O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida; 
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, 5 ta bo‘limdan,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 



I BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha 
Psixologlarning ma’lumotlariga qaraganda, “Men”lik insonning atrof-
muhit hamda shaxslararo munosabatlarida vujudga keladi. Lekin “Men”likning 
tarkib topishi, uning fikr yurituvchanligi ruhiyat rivoji ko‘rsatkichi bilan 
belgilanadi. Inson atrof-muhit bilan shaxslararo munosabatlar mazmunidan iborat. 
SHuningdek, u munosabatlar to‘g‘risida fikr yurita olishlik imkoniyati ifodasidir. 
S.L.Rubinshteyn bilan K.A.Abulbxanova-Slavskayalar ikkala asosning qaysi birisi 
yetakchiligi haqidagi muammoni o‘ziga xos tarzda hal qilishga intiladilar. Lekin 
uning yechimida ong qachon va qay tarzda qanday sabablardan kelib chiqqan 
holda o‘zini ob’ektivlashtiradi va qaysi yo‘sinda o‘zini o‘zi anglaydi, degan 
masala markaziy o‘rin egallaydi. O‘zaro munosabatlar qoidalar va talablar 
doirasida kechishining zarurligi ongni o‘zini o‘zi boshqarishga majbur qiladi. 
Bunda ong o‘zidagi ixtiyorsizlikni tizginlaydi, lekin tizginlash ongning shaxslararo 
munosabatlarda namoyon bo‘lishi ularga ta’sir ko‘rsatishni tahlil qilish natijasida 
vujudga keladi. Tahlil qilish natijasida ijtimoiylik insonning ongiga, ruhiyatiga 
kirib boradi. Bunda ong o‘zini o‘zi anglash hamda boshqarishning manbai bo‘lib 
qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganida, uni ongining 
ijtimoiylashuvini nazarda tutadi. SHu tariqa o‘zini o‘zi anglashning 
ijtimoiylashuvdagi o‘rni, roli tushuntiriladi. 
SHunday qilib, o‘zini o‘zi anglash jarayonida ruhiyat (psixika) bilan 
ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) o‘rtasida muttasil o‘zaro munosabatlar vujudga 
keladi. Munosabatlarning o‘zaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ta’sirida 
“Men”likning xususiyati va uning mohiyati ro‘yobga chiqadi. 
SHuning uchun insonda o‘zini o‘zi anglash maqsadga muvofiq tarkib 
topmas ekan, oldiga qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajara olmaydi. Irodaviy zo‘r 
berish maqsad ob’ektiga yo‘naltirilmasa, o‘zini o‘zi anglash muvaffaqiyati 
to‘g‘risida mulohaza yuritish ham mumkin emas. O‘smirlarda o‘zini anglashning 
rivojlanishi ularning o‘z xatti-harakatlarini anglashdan boshlanadi ( oldin ayrim 
qiliqlarini, undan so‘ng barcha xatti-harakatlarini butunligicha anglashlaridan 



boshlanadi), undan so‘ng o‘zlarining sifatlarini, xarakterlarini va o‘z qobiliyatlarini 
anglashdan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o‘smirlarni o‘zini anglashi asosida u 
haqida boshqa odamlarning kattalarning (o‘qituvchilar, ota-onalarning), jamoaning 
va o‘rtoqlarining mulohazalari yotadi. Kichik yoshdagi o‘smir o‘ziga go‘yo 
atrofdagi odamlarning ko‘zi bilan qaraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan o‘z shaxsini 
mustaqil tahlil qilish va baholash holatlari boshlanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlardan 
ma’lum bo‘lishicha, o‘smir shaxsining hamma sifatlarini ham bir vaqtni o‘zida 
anglay boshlamaydi. Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan 
sifatlar (mehnatsevarlik matonat, diqqatlilik, tirishqoqlik.) anglana bosh-lanadi. 
Undan so‘ng boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatlarni ifoda-lovchi sifatlar 
(o‘rtoqlik hissi, mehribonlik, vazminlik, qaysarlik xissi) anglanadi. Undan ham 
keyin o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi sifatlar ( kamtarlik, 
takabburlik) anglanadi. Nihoyat shaxsning ko‘p tomonlama munosabatlarini 
ifodalovchi murakkab sifatlar, burch hissi, qadr-qimmat va vijdon xissi, maqsadga 
intilish xissi anglanadi. O‘smirlarda o‘zini anglashning muhim xususiyatlaridan 
biri o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj bilan shaxsning namoyon bo‘lishini yetarli 
darajada to‘g‘ri tahlil qila olmasligi, o‘zi xaqida yetarli darajada bilimlarga ega 
emasligi o‘rtasidagi qarama- qarshilikdir. Mana shu asosda ba’zan o‘smirdagi 
tirishqoqlik darajasi bilan uning jamoadagi xaqiqiy mavqei o‘rtasida, uning o‘z-
o‘ziga nisbatan, o‘z shaxsining sifatlariga nisbatan bo‘lgan munosabati bilan unga 
hamda uning shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tengdoshlarining 
muno-sabatlari o‘rtasida ixtilof yuzaga keladi. A.G Kovolev adolatli ravishda 
ta’kidlaydiki, o‘smirlarda 2ta bir-biriga qarama-qarshi ammo har ikkisi ham ayni 
bir vaqtda salbiy bo‘lgan kechinmalarni,ya’ni boshqalardan ustunlik va 
boshqalardan kamlik hissini tug‘dirmaslik uchun o‘smir shaxsiga to‘g‘ri baho 
berish muhimdir. O‘smirlarda o‘zini anglashni rivojlanishinig yangi bosqichi 
o‘ziga bir na’munani, o‘ziga xos axloqiy etalonni ajratish bilan bog‘liqdir. O‘smir 
o‘ziga na’muna bo‘lgan etalon bilan o‘zini solishtirib, o‘z xatti-harakatlariga baho 
beradi. Mana shunday namuna bo‘ladigan etalonlar o‘smirning xatti-harakatlarini 
yo‘lga sola boshlaydi. O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim 



hisoblangan yangi xislatlarni tarkib topishi unda o‘ziga xos kattalik xissining 
yuzaga kelishidir. O‘smir bu hissiyotni o‘z- o‘ziga katta yoshli odam sifatida 
bo‘lgan shaxsiy munosabatlarni kattalar jamoasida ular hayotining to‘laqonli va 
to‘la xuquqli a’zosi sifatida yashashga tayyor ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan 
kechiradi. Kattalik xissi o‘smirlarda mustaqillikka va ma’lum darajada erkinlikka 
intilishni yuzaga keltiradi. Mana shuning natijasida ular kattalarning baholariga 
g‘ayri tabiiy holda javob beradilar va kattalarning ularning qadr-qimmatlarini 
kamsitishlariga, ularning erkinliklarini inkor qilishlariga, ularning xuquqlariga 
yetarli baho bermasliklariga juda o‘tkir reaktsiya bilan javob beradilar. 
Psixologik ma’lumotlar talqiniga qaraganda, iroda o‘zaro uzviy bog‘liq 
ikkita vazifalarning – undovchi va tormoz qiluvchi funktsiyalarning bajarilishini 
ta’minlaydi va ularning vujudga kelishida o‘zini namoyon qiladi.
Iroda – arabcha xohish, istak, maqsad degan ma’noni bildiradi. U 
shaxsning ma’lum maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi o‘z xatti-harakatlarini 
(faoliyatda, muomalada, xulq-atvorda) ongli ravishda yo‘naltirib turish, shu 
yo‘ldagi qat’iyatliligi, mavjud to‘siqlarni yenga olishga qodir bo‘lgan psixologik 
qobiliyatidir. Iroda inson faoliyati, muomalasi va xulq-atvorining muhim 
xususiyati, uning turmush mazmunini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. 
Irodasi mustahkam, kuchli odamda maqsad bilan faoliyat, xulq-atvor izchilligi 
kuzatiladi. SHaxs oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga nisbatan ishonch tuyg‘usi 
irodaning kuch-quvvati va bosh mezonidir. Zero, qat’iy ishonch maqsadga erishish 
yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishga ham jismonan, ham ruhan asos yaratadi. 
Falsafa va psixologiya fanlarida turlicha ta’limotlar mavjudligi sababli irodani 
Ollohga va shaxsga taalluqli deb ham talqin qiladilar. Xuddi shu bois, Olloh 
irodasi va bandaning irodasi degan so‘z birikmalari, tushunchalar vujudga kelgan. 
Ayrim ta’limotlarda Olloh irodasi tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarining 
o‘ziga xos me’yori va muvozanatini belgilovchi kuch sifatida tavsiflanadi. Ammo 
har bir jamiyat taraqqiyoti, uning ilg‘or g‘oyalarini turmushda amalga oshirish 
ko‘p jihatdan mazkur jamiyat a’zolarining irodasiga bog‘liq holda ro‘yobga 
chiqadi. Ilmiy falsafiy va psixologik nuqtai nazardan, xalq va millat irodasini 



shakllantirishga ajdodlarimiz qadimdan muhim e’tibor qaratganlar. Hamisha iroda 
bilan e’tiqod uyg‘unlikda tavsif qilingan. CHunki bu ikki tushuncha muayyan 
qarashlar, ta’limotlar e’tiqodlarning g‘oyaviy-ma’naviy asosi hisoblanadi. 
Ma’lumki, e’tiqodning zaif yoki mustahkamligi, umuminsoniy va milliy 
manfaatlarga mos kelishi (mutanosibligi) yoki mos kelmasligi (nomutanosibligi) 
ham irodaning mustahkam, puxta, kuchli shakllanishida muhim rolь o‘ynaydi.
Falsafa va psixologiya fanlarida aksariyat hollarda “iroda erkinligi” 
tushunchasi qo‘llaniladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin