Umumiy psixologiya fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix03.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Umumiy psixologiya fanidan

Iroda erkinligi – insonning biror ishni, faoliyatni bajarishga qaratilgan, 
yo‘naltirilgan ongli intilishi hisoblanadi. Falsafa va psixologiyada ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot davomida iroda erkinligi definitsasi atrofida, dunyoviy va diniy 
ta’limotlar o‘rtasida ana shu asosda bahs-munozara hukm surib kelmoqda. 
Masalan, fatalizm namoyandalari shaxsning barcha xatti-harakatlarini faqat tashqi 
kuchlar belgilaydi, deb ta’kidlasalar, volyuntarizm ta’limotining vakillari esa odam 
xatti-harakatlarida mutlaq erkin, bunday erkinlik esa tashqi kuchlarga hech qanday 
bog‘liq emas, degan xulosaviy qarashni olg‘a suradilar. Diniy ta’limotlarda esa, 
umuman erkni, shu jumladan, iroda erkini Xudo belgilaydi, odamning qismati, 
taqdiri Yaratuvchining irodasiga bog‘liq, u oldindan belgilab qo‘yilgan, deyiladi. 
SHuningdek, ayrim diniy ta’limotlarda boshqacharoq talqin ham mavjud bo‘lib, 
ularda inson iroda erkinligiga egadir, u o‘z gunohlari uchun javobgardir, degan 
g‘oya ilgari suriladi.
Iroda -sub’ektning ichki sharoitlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, xohishlari, 
istaklari, mayllari, bilimlari va boshqalar) orqali aks ettirilgan ob’ektiv olam uning 
turli maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yish, qaror qabul qilish, erkin harakatni amalga 
oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Bu borada fikr yuritilganda, odamning istaklariga 
binoan tanlab olinadigan iroda emas, balki ob’ektiv zaruriyatga muvofiq adekvat 
tarzda saralangan irodagina erkindir.
Har qanday harakat yoki faoliyatning irodaviy xususiyati shundan iboratki, 
muayyan shaxs aynan iroda orqali mavqega erishish uchun tashqi yoki ichki 
to‘siqlarni, qiyinchiliklarni yengib o‘tish lozim. Kuchli irodali insonning dastlabki 



omili ma’lum maqsadni oldiga qo‘yib, avvalo uni anglab yetishdan, faoliyatni (ish-
amallarni) amalga oshirish maqsadga muvofiq omilkor usullarni tanlab olishdan 
iborat. Muayyan bir ishning iroda erkinligi asosida gavdalanishi uchun hal qiluvchi 
narsa ushbu ish yuzasidan qabul qilingan qarorning bajarilishidir. Iroda erkinligini 
insonga tabiat baxsh etgan emas, balki u ijtimoiy tajribalarda, ijtimoiylashuv 
jarayonida sub’ekt tomonidan o‘zlashtiriladi.
Psixologiya fanida yaratilgan qonuniyatlarga asoslangan holda, nazariyalar, 
kontseptsiyalar mohiyatiga suyanib iroda kategoriyasiga taalluqli motivatsion, 
regulyativ, vaqt erkinligi kabi yondashuvlar, mexanizmlar, ixtiyorsiz (shuursiz) va 
ixtiyoriy (shuurli) xatti-harakatlar, qaror qilish shakllari, xususiyatlari; shaxsning 
shakllanishida irodaviy sifatlarning roli; faoliyat, xulq-atvor, muomala 
muvaffaqiyatini ta’minlashda iroda funktsiyasining o‘ziga xosligi; iroda 
to‘g‘risidagi buyuk ajdodlarimizning ta’limotlari, masalan, tasavvuf ta’limotining 
iroda tarkib topishidagi ahamiyati mushohadasi; komil inson nazariyasi;1-
Prezident Islom Karimov asarlaridagi barkamol shaxs to‘g‘risidagi g‘oyalar; 
davlatimizning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim to‘g‘risida “Qonun” 
hujjatlari; ““Men” kontseptsiyasi – o‘zini o‘zi namoyon etish hamda boshqarish 
(regulyatsiya) imkoniyati ekanligi”
2
, ushbu monografiyamiz metodologiyasi va 
yoki izlanish negizi funktsiyasini bajaradi.
Suningdek, psixologiyada irodaga ko‘pfunktsional kategoriya sifatida 
yangicha yondashuv, original kontseptsiyaning mohiyati yoritib berilganligi; 
irodani shakllanish jarayonining ichki va tashqi omillari tavsifi yaratilganligi; iroda 
tuzilishi (ierarxiyasi) yuzasidan o‘ziga xos mulohazalar, mushohadalar 
bildirilganligi; irodaga oid yondashuvlar tahlili muayyan belgi va alomatlarga 
binoan umumlashtirilganligi; irodaning patologik holatlari eksperimental 
materiallar asosida izohlanganligi; iroda shakllanishining gender munosabatlari, 
jabhalari talqin qilinganligi; iroda shakllanishida psixikaning shakllari (faoliyat, 
fe’l-atvor, muomala) o‘ziga xos ta’sirchan, harakatlantiruvchi kuch ekanligi 
dalillanganligi; atrof-muhit, ichki va tashqi omillarni shakllanish jarayonidagi roli 


10 
qiyosiy tahlil qilinganligi va boshqalar ushbu monografiyaning ilmiy-nazariy 
yangiligi hisoblanadi.
Ijtimoiy turmushda shaxsning irodaviy faoliyati (o‘ziga xos tuzilishga ega 
bo‘lganligi tufayli) o‘z oldiga qo‘ygan anglangan, ya’ni inson o‘zi tushungan 
maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan, ro‘yobga chiqarishdan iborat sodda 
shakldagi (oddiy) harakatlarning shunchaki majmuasidan tuzilgan emas, albatta. 
Xuddi shu boisdan zo‘r berishni (ruhiy jihatdan) taqozo, talab etmaydigan ish-
harakatlari (masalan, shkafdan choynakni olish, sochiqni qoziqqa ilish, kosani 
tokchaga qo‘yish va boshqalar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o‘rtasida ham 
miqdor, ham sifat jihatdan keskin farq mavjud. Odamning irodaviy faoliyati o‘ziga 
xos xususiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z 
oldiga qo‘ygan va uning uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi 
uchun kamroq qiymatga ega bo‘lgan xatti-harakat motivlarini bo‘ysundiradi.
Qolaversa, ustuvor (etakchi, dominant) motivlar (ichki turtkilar) 
qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga yo‘naltirib, ularni umumiy 
(yaxlit) maqsadga xizmat qildiradi.
Iroda paydo bo‘lishining bosh omili – inson tomonidan faoliyat 
tarkiblarining, irodaviy harakatlarning tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish-
harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi, uyg‘unlashuvchi shaxsning faolligidir. 
Irodaviy faoliyat odam tomonidan keng ko‘lamda chuqur anglanilgan, 
o‘zlashtirilgan, egallangan ruhiy jarayonlarni amalga oshirish tatbiqiy, xususiyati 
bo‘yicha irodaviy zo‘r berishni talab qiladigan aqliy-intellektual amallarni taqozo 
etadi. Bunday aqliy-intellektual, ijodiy (kreativ) amallar favquloddagi vaziyatni 
baholash, kelgusida amaliyotga tatbiq qilishga mo‘ljallangan harakatlar uchun 
vositalar, usullar, operatsiyalar tanlash, maqsad ko‘zlash va unga erishishning 
pedagogik-psixologik yo‘l-yo‘riqlarini saralash, ulardan foydalanish uchun 
muayyan qaror qabul qilish, ijro etish kabilar hisoblanadi. Bizningcha, aqliy, 
ijodiy, omilkor amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional, texnologik 
tomoni, deb baholanish maqsadga muvofiq.


11 
Odamdagi barcha psixik jarayonlar uning harakatlari orqali namoyon 
bo’ladi. U yoki bu yumushni bajarish bilan bog’liq harakatlar odamdan gayrat va 
shijoat talab etadi. Inson gayrat, faol harakatlari tufayli uz vujudi extiyojlarini 
qondiradi, uz kudrati imqoniyati bilan yashash uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarni 
bunyod ztib, o’zini muxtojlik yukchillik balosidan xalos qiladi. Shunday ekan, 
insonning sixat, saodati, kanoati, sabri, fazilati, xar-xil butun hayoti harakatlar 
darajasiga bog’liqdir. Faol harakatli shaxslar uz maqsadlariga tez yetadilar, ularning 
barcha orzulari albatta ushalaveradi. 
Faollikning teskarisi yalkovlik dangasalik bo’lib, irodaning bu salbiy sifatlari 
inson baxti va saodatining ofati xisoblanadi. Sustlik yalkovlik ishyokmaslik odam 
hayotini xor-zor etadi, uni yashash lauzatidan maxrum qiladi. Inson hayoti davomida 
ko’chi yetganicha ishlamogi kerak. Inson bu dunyoning moddiy va ma’naviy 
lauzatlaridan baxraman bulsin, deb unga mexnat qilish baxti ato etilgan. Sabot va 
matonat bilan qilingan mexnat odam hayotiga zavk va shavk bagishlaydi. Shunday 
kiyaib, iroda shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini tuta bilishida ifodalanadigan, 
maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruxiy qiyinchiliklarni yengib 
chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faollikdir. Iroda ob’yektiv yukchilikni, 
jamiyatdagi, boshqa shaxslar hayotidagi zaruriyatni aks ettirishning aloxida 
tomonidir. Iroda shaxsning ixtiyoriy faolligi bo’lib, uning namoyon bo’lish darajasi 
ob’yektiv sabablar, hayot tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi. 
Anglab olingan maqsadni istalgan niyatni amalga oshirishda odam bir 
qancha tusiklarga va qarama-qarshiliklarga duch keladi. Ana shu tusiklarni yengish 
uchun ko’rash shaxsda irodaviy zur berish tugdiradi. Qiyinchiliklarga qarshi 
ko’rashishda paydo bo’ladigan irodaviy zur berish odamga katta kuch baxsh etadi. 
Odam qiyinchiliklarga bardosh berish jarayonida xama vat xam yuzaga 
chikmaydigan 
kuch-kuvvatni 
safarbar 
etadi. 
Odamning 
irodaliligi 
turli 
situatsiyalarada turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning sifatlari ikkiga 
bo’linadi: 


12 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin