26
takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko‘rinadi, xarakterning shu xislati bo‘lgan
kishi boshqa kishilarning fikr va maslahatlariga e’tibor
bilan quloq soladi, ularga
muayyan tamoyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali narsani qabul
qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi.
Ayrim kishilarning iroda mustaqilligi ba’zan qaysarlik kabi maxsus holatda
ko‘rinadi.
Bu holat shundan iboratki, odam boshqa kishilarning aytgan hamma
gaplariga, maslahat, iltimoslariga qarshilik ko‘rsatadi. qaysarlik qilayotgan odam
yo buyurilgan ishni qilmasdan, o‘z bilganini qilaveradi
yoki buyurilgan ishni
teskarisini qiladi.
Intizomlilik - xarakter xislati bo‘lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o‘z
ixtiyori bilan bo‘ysina bilishda ko‘rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan
tartibga
aniq rioya qilishda, olingan va’dani
vijdonan bajarishda, o‘z burchiga
ongli ravishda bo‘ysinishda o‘z ifodasini topadi.
Intizomli kishi mustaqil tashabbuskor bo‘lib, ayni vaqtda qabul qilingan
qarorlarni so‘zsiz ijro etadi, jamiyat manfaatlariga va axloq tamoyillariga itoat qila
biladi.
Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini ham ko‘rsatadi. Iroda
kuchi katta to‘sqinliklarni bartaraf qila olish qobiliyati bilangina ifodalanmay,
tashabbuskorlik ko‘rsatish,
mustaqillik, dadillik ko‘rsatish va qabul qilingan
qarorlar uchun, o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyat sezish bilan ham ta’riflanadi.
Irodaviylik - xarakter xislati bo‘lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o‘z
ixtiyori bilan bo‘ysina bilishda ko‘rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan
tartibga aniq rioya qilishda, olingan va’dani vijdonan bajarishda, o‘z burchiga
ongli ravishda bo‘ysinishda o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: