Umumiy psixologiya fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix03.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124618
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Umumiy psixologiya fanidan

 
 
 
2.3. O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida 
Muhammad Rizo Ogahiy o‘tmishdagi olimlarning ta’lim-tarbiya 
to‘g‘risidagi fikrlaridan foydalanib, o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib, ijtimoiy-
siyosiy hamda pedagogik masalalarni hal etishga harakat qiladi. U inson xarakteri 
to‘g‘risida fikr yuritar ekan, uning ijtimoiy mavjudot ekanligini, qolaversa, u 
faqatgina jamiyatda, jamoada ijtimoiy munosabatlarning natijasida kamol topishini 
uqtiradi 
Ogahiy yoshlarning ilm olishi xarakterining ijobiy xususiyatlarini 
shakllantirishning omili ekanligini tushuntiradi. 
Muallif insonning umumiy tushunchalari mohiyatini tushunishi faqat aqliy 
rivojlanishi bilan ro‘y beradi, deb hisoblaydi hamda aql rivojlanishi natijasida 
inson tashqi dunyoni va ijtimoiy hodisalarni bilishi mumkinligini alohida 
ta’kidlaydi. 
Mutafakkirlar ta’limotini o‘rganish orqali pedagogika kolleji o‘quvchilari 
xarakterida intellektual va irodaviy xususiyatlarni shakllantirish mumkin. Ularning 
ichida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida komil inson va ezgulik, 
adolat, ma’rifat va odob-axloq haqidagi g‘oyalar Kuntug‘di, Oyto‘ldi, 
O‘g‘dulmish, O‘zg‘urmish obrazlari orqali gavdalangan . 
Axmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” dostonida ilmni qadrlaydi, ilmni 
kishiga baxt-saodat yo‘llarini ochuvchi omil sifatida tasvirlaydi, rostgo‘ylik, to‘g‘ri 
so‘zlikni olqishlaydi, johillik, chaqimchilik, laqmalikni inson boshiga g‘am-g‘ussa 
keltiruvchi illat sifatida qoralaydi. Uning asarlaridagi ilm o‘rganish, o‘zini tutib, 
johillik qilmaslik haqidagi fikrlar shaxsda intellekt va irodani shakllantirishga 


30 
undashni anglatadi. Uningcha, aqliy va irodaviy sifatli kishilar ilm-fanga intiladi 
va boshqa odamlar o‘rtasida o‘zini tutib, ijobiy xarakter xususiyatlarini ko‘rsatadi. 
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida yaxshilik va yomonlik 
to‘g‘risida fikr bildirib, yaxshilik baxt-saodat keltirishini, yomonlik esa kishiga 
baxt-saodat keltirmasligini aytadi . 
Forobiy talqinicha, Fozil inson tushunchasi komil inson tushunchasiga 
sinonim bo‘lib, shaxs xarakterida intellektual-irodaviy sifatlarni shakllantirish va 
rivojlantirishga e’tibor qaratilishi lozim. CHunki fozil odamlarda bu xususiyatlar 
shakllanishi davr taqozosidir. 
Abu Nasr al-Forobiy inson shaxsi shakllanishi, xarakteri rivojlanishi, inson 
kamoloti masalasi ustida Bitiruv malakaviy ishlar olib boradi . «Insonga, - deydi 
al-Forobiy, - uning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishiga yordam 
beradigan kuchlari, qobiliyatlari va o‘rgangan harakatlari inson yaxshiligidir. 
Insonga uning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishiga halaqit beruvchi 
kuchlari, qobiliyatlari va o‘rgangan ixtiyoriy harakatlari inson yomonligidir». 
Al-Forobiy nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishgan har bir insonning 
axloq-odobi ham yuksak darajada pok bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, bunga xulq-
axloqni faqat so‘zdagina emas, balki haqiqatda tozalash orqali erishish mumkin. 
Xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tutib olishga boshlovchi nafsni
jonini, ruhini tozalash zarur ekanligini uqtiradi. 
Abu Rayhon Beruniyning ta’lim haqidagi fikrlarini o‘rganish, eng avvalo, 
uni ilm olish va bilishdagi ta’lim uzviyligi, o‘qish, o‘qitish, o‘quv qurollari, yozuv 
belgilari haqida aytgan fikrlari yuksak did mahsuli ekanligi to‘g‘risida xulosa 
chiqarish mumkin. Beruniy jahon fanida ham birinchilardan bo‘lib, qiyosiy 
tarbiyaga oid fikrlar bildirgan. 
Beruniy o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini asosan “Qadimgi 
xalqlarning yodgorliklari”, “Hindiston”, “Mineralogiya” kabi asarlarida bayon 
etgan. SHuningdek, Beruniy ta’lim-tarbiyaga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, 
mashg‘ulotlar davomida ularning zerikib qolmasligi uchun bilim berishning turli 
yo‘llari, shakl va uslublari ustida shunday yozadi: “Bizning maqsadimiz 


31 
o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. Hadeb bir narsani o‘qiy berish zerikarli bo‘ladi 
va toqatni toq qiladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, 
u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas 
boshqa bir bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi 
keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi”, deb behuda aytmagan 
U insonda doimo intellektual sifatlar yangiliklarni bilishga qiziqish 
mavjudligini ta’kidlaydi. Beruniy mazkur jarayonda inson xarakterining 
intellektual-irodaviy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirishning shart-sharoiti va 
mexanizmlarini yaqqol ko‘rsatib beradi. 
Kaykovus “Qobusnoma”da dunyoda insonning bilmagan narsasi yo‘qligini 
ta’kidlab, uni tabiat olamida buyuk bir dunyo deb biladi va har bir narsani ongidan 
o‘tkazuvchi qudratli aqlga, intellektga ega ekanligini ta’kidlaydi. Insonning zaruriy 
xususiyati haqida shunday fikrni uqtiradi: «Suqrot hakim degan ediki, hunardan 
yaxshiroq narsa yo‘qdir, badxo‘ylikdan yomonroq narsa yo‘qdir». Kaykovus 
yoshlarni mard juvonmard bo‘lishga undab, juvonmardlikni uch asosiy guruhga 
bo‘lib: «biri - aytgan so‘zingni o‘zing bajarsang, ikkinchisi - to‘g‘rilikka ixlos 
qilsang, uchinchisi - xayrni ko‘zda tutsang», - deydi va bu xislatning inson 
xarakteri shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. 
Kaykovusning fikrlari inson xarakterining ijobiy sifatlarini shakllantirish 
to‘g‘risida boradi. Bunda tanqidiy fikrlash, mustaqil fikrlash, mahsuldorlik, 
irodaviy sifatlar - o‘zini tuta bilish, botirlik, matonatli bo‘lish haqida mulohaza 
bildiriladi. Mazkur sifatlar inson xarakterida shakllansa, u barkamol inson bo‘lib 
yetishadi. 
Axloqshunos Ar-Roziy kishilardagi manmanlikni qoralab, undan xalos 
bo‘lish uchun ham boshqalar bilan o‘zini taqqoslab ko‘rishni maslahat beradi. 
Biroq inson o‘zining ijobiy fazilatlarini ko‘ra olmasligi va shu bois o‘zini yerga 
urishi ham jiddiy nuqson. Ar-Roziy hasadgo‘ylik, serjahllik illatlari inson hayotida 
salbiy ahamiyat kasb etishidan odamlarni ogohlantiradi. Ayniqsa, yolg‘onchilik 
shunday illatki, u odamni sharmanda qilib, boshqalarning unga nisbatan nafrat 
bilan munosabatda bo‘lishiga, birodarlari ishonchining yo‘qolishiga olib keladi. 


32 
Ar-Roziy befoyda, tushkunlikka tushiruvchi o‘y-xayollardan uzoq 
bo‘lishga shaxsni chaqiradi. Salbiy sabablar kishiga o‘z maqsadlarini ro‘yobga 
chiqarishiga xalaqit beradi. Dono odam esa vaqti-vaqti bilan dam olib, 
xursandchilik qilib, kayfiyatini ko‘tarib turadi. Xafaqonlik kishi ruhini tushirib, uni 
umidsizlik sari yetaklaydi. Bunday kayfiyatdan qutilishi uchun kishi sodir bo‘lgan 
yoki kutilayotgan quvonchli voqea-hodisalarni ko‘z oldiga keltirishi, o‘zini 
ovutadigan bir faoliyat bilan shug‘ullanishi joiz. 
Al-Xorazmiy kishilarning xush axloqli, ijobiy sifatlar, fazilatlar sohibi 
bo‘lishi tarafdori. Uning fikricha, har kim uz fe’liga yarasha hurmat-e’tibor 
qozonadi, yuksaklikka ko‘tariladi. Boshqalarga yaxshilik qilish, sahiy, muruvvatli 
bo‘lish barchaning vazifasi ekanligini uqtirib, alloma «Yaxshilik shon-shuhratga 
o‘xshaydi. Boshqalar undan qancha xazar qilsalar-da, muruvvatli kishi shon-
shuhrat topadi», - deydi. 
Abu Bakr Ar-Roziy kabi al-Xorazmiy ham g‘azablanish, xafagarchilik 
qanday noxush oqibatlarga olib kelishini aytadi: «G‘azab hurmat-ehtiromni 
unutishga, xayrli ishlarni yo‘qqa chiqarishga xizmat qiladi». Bunda inson 
xarakterining salbiy illatlari tanqid qilinadi va ijobiy sifatlar rivojlanishi komil 
inson shaxsi shakllanishining omili ekanligi dalillanadi. 
Firdavsiy 30 yildan ortiqroq vaqt davomida yozgan «SHohnoma» asarida 
halol mehnat, axloqiy poklik, odil podshoh g‘oyalari kuylanadi. Asarning «Rustam 
va Suhrob» qissasida Firdavsiyning axloqiy-ma’rifiy qarashlari mujassamlashgan. 
Imom al-Buxoriy asarlarida inson xarakteriga ta’sir etuvchi ikkinchi 
vositadir, deb aytish mumkin Ibodat deganda faqatgina namoz o‘qish, ro‘za tutish, 
zakot berish va haj amallarini bajarishgina bo‘lmasdan, balki sabr-toqatli bo‘lish, 
nafsni tiyish, tozalikka rioya qilish va yomon illatlardan saqlanish nazarda tutiladi. 
Bu 
fikrlarning 
barchasi 
inson 
xarakterining 
irodaviy 
xususiyatlarini 
shakllantirishdan iboratdir. 
Ibn Sinoning nuqtai nazaricha, yaxshilik va yomonlik, lazzat va alam 
atamalari asosiy axloqiy kategoriyalar hisoblanadi. Asosiy axloqiy qadriyat adolat 


33 
hisobalanadi. Ibn Sinoning qo‘zg‘atuvchilar haqidagi fikrlari qiziqarlidir. U 
qo‘zg‘ovchilarni uchta turga ajaratadi. 
1. 
Instinktlar bilan paydo bo‘ladigan hissiy qo‘zg‘ovchilar (jinsiy hirs, 
berilish, mazali ovqatga istak, chiroyli kiyimga istak). 
2. 
G‘azab va boshqa kuchli ma’naviy hislar bilan paydo bo‘ladigan 
qo‘zg‘ovchilar (qo‘rqish, ayta olmaslik, alam, nafrat, hasad, rashk). 
3. 
Ongli qo‘zg‘ovchilar (jiddiylik, o‘zini tuta bilsh, adolatlilik, 
donishmandlik). 
Ongli qo‘zg‘ovchilar bilan bog‘langan insonning asosiy ijobiy sifatlariga 
Ibn Sino quyidagilarni, ya’ni o‘zini tuta bilish, donishmandlik va botirlikni kiritadi. 
Bu uchta ijobiy sifat jamlanganda adolatlikni tashkil qiladi. Agar insonda shunday 
sifatlar mavjud bo‘lsa, unda u o‘zining instinktlarini jilovlab, o‘zida yaxshilik 
boshlanishini mustahkamlaydi, shuning bilan haqiqiy-ma’naviy lazzatlanish tus 
oladi. Ong esa narsalarni aohida ko‘radi, - deb yozadi Ibn Sino. Qanday bo‘lsa 
shundayligicha yoki hech ham ko‘rmaydi. Hissiyot esa, qo‘pol va o‘zgargan holda 
idrok qiladi, ong esa o‘zgarmagan aks etishni idrok qiladi. Ong yaxshilik, tartiblilik 
va baxt nimadan kelib chiqishini ko‘radi. Bu o‘rinda aniq ko‘rinib turibdiki, Ibn 
Sino axloqning va axloqiy tarbiyaning asosiy muammolariga ratsional yondashgan. 
Tarbiya hammadan oldin insonda predmet va hodisalarga ongli yondashuvni 
shakllantirish kerak, chunki aynan ong yaxshilik, ko‘ngilchanlik, tartiblilik va 
butunligicha inson baxtining asosida yotadi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin