Umumiy psixologiya fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix03.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124618
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Umumiy psixologiya fanidan

 
 
2.2 Irodani o‘rganinshning yangi qirralari
Inson u yoki bu xususiyatlarga ega bo‘lgan qaror qabul qilib, zaruriy xatti-
harakat (amal)ni amalga oshirishni tushunib (anglab) tursa-da, lekin aksariyat 
hollarda uni bajarishga unchalik shoshilmaydi. Hatto mutaxassis psixologlar har 


27 
doim ham odamlar hal qilinishi ko‘ndalang turgan ehtiyojlarini qoniqtirishga, 
shaxsiy qarorlari va rejalarini ro‘yobga chiqarish uchun hech qanday chora va 
tadbirlarni qo‘llashni istamasliklari yoki xohishlari yo‘qligini, uning sabablarini 
tushuntira olmaydilar.Bu borada shunday psixologik fenomenal holatni ta’kidlab 
o‘tish joizki, insonlar allaqachon zaruriy bilimlarni egallagan bo‘lsalar-da, 
turmushga nisbatan shaxsiy qarashlari va e’tiqodlariga itoat etgan holda 
yashasalar-da, lekin ular o‘z oldilarida turgan topshiriq (ish yoki vazifa)larni 
yechish (bajarish)ga har xil sur’atda kirishadilar, bunda ayrim qiyinchiliklarga 
duch kelsalar-da, ularning ayrimlari o‘z harakatlarini birdaniga tugatadilar
boshqalari esa ikki baravar shijoat (kuch-quvvat) bilan urinishni davom ettiradilar. 
Bunday psixologik holatlarning barchasini psixika xususiyatlari bilan bog‘lashga 
harakat qiladilar, natijada iroda to‘g‘risida turlicha fikr va mulohazalar vujudga 
keladi. Modomiki shunday ekan, bizningcha, iroda – bu shaxsning o‘z xulq-atvori, 
faoliyati va muomalasini ongli tarzda boshqarishi bo‘lib, maqsadga yo‘naltirilgan 
harakat va xulq-atvorni amalga oshirish jarayonida tashqi, ichki qiyinchiliklarni 
yengish uquvida ifodalanadi. 
Irodaning asosiy vazifasi – o‘z xulqini boshqarish, o‘z faolligini ongli idora 
qilishdir, qachonki mo‘’tadil turmush sharoitida to‘siqlar vujudga kelsa, faqat 
shundagina uning funktsional jabhasi ishga tushadi. Iroda o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
qachonki inson o‘z mayllarini boshqarishga qobil bo‘lsa, u yoki bu tarzda unga 
shaxsiy 
munosabatini bildira 
olsa, faqat 
shundagina 
vujudga 
kelishi 
mumkin.Agarda, shaxs o‘zining mayllaridan (xohishlaridan) yuqoriroq darajaga 
ko‘tarilish uchun inson ulardan chetlashish (begonalashish) imkoniga ega bo‘lishi 
mumkin, chunki u sub’ekt sifatida o‘zini o‘zi anglash, ustunlikka erishish uchun 
ular o‘rtasida tanlov o‘tkazishga tayyor holda turishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, 
irodaning mohiyati, vujudga kelishi, bajaradiganfunktsiyasi murakkabligi uchun 
unga ta’rif berish ham shunchalik mushkuldir. S.L.Rubinshteynning ta’biricha, 
“Iroda – bu ichki va tashqi to‘siqlarni yengish bilan bog‘liq kechadigan, shaxsning 
o‘z xulq-atvori, faoliyati va muomalasini boshqarishdir”
5
. Bizningcha, insonning 


28 
bu qobiliyati sub’ektning o‘z xulqi va psixologik hodisalarni, o‘zini determinatsiya 
hamda regulyatsiya qilishda namoyon bo‘ladi.
Hozirgi davrda psixologiya fanida iroda to‘g‘risida bir xil nazariya mavjud 
emas, lekin shunga qaramasdan, ko‘pchilik olimlar tomonidan uning terminologik 
aniqligi, bir xil ma’no kasb etishligi mezonlari bo‘yicha iroda to‘g‘risida yaxlit 
ta’limot yaratishga harakat qilinmoqda. 
Ta’limot yaratish uchun esa ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot (tarixiylik 
printsipiga asoslangan holda) bosqichlariga filogenetik hamda ontogenetik nuqtai 
nazardan yondashish maqsadga muvofiq. Xuddi shu bois, irodani tarixiy 
bosqichlarga asoslanib o‘rganishni bir necha davrlarga ajratish mumkin, jumladan:
1) shaxs xohishiga zid tarzda sub’ekt aqlini qo‘zg‘atuvchi, harakatlarni 
amalga oshiruvchi mexanizm sifatida irodani tushunish bilan bog‘liq davr; falsafa 
fanining idealistik oqimi (oldingi asrlarda) sifatida volyuntarizmning vujudga 
kelishi bilan aloqador bosqich; 
2) irodani motivlar kurashi bilan bog‘lashga va uni tanlash muammolarini 
izohlashga harakat qilingan palla;
3) maqsadga erishish uzluksiz jarayonida shaxs uchraydigan minimal 
qiyinchiliklar va to‘siqlarni bartaraf etish mexanizmi sifatida irodaga yondashishni 
boshlanish fazasi kabilar. 
Hozirgi davrda (XXI asrda) irodaning tabiati va muammolari to‘g‘risida 
jahon psixologiyasi fanida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar yordami bilan 
kurashuvchi ikkita oqim mavjud. Mazkur oqimlardan birisi irodani motivlar va 
motivatsiyalar bilan almashtiradi, ularning namoyandalari uchun ayniylashtirish 
hech qanday jiddiy nuqsonlarga olib kelmaydi, go‘yoki ular ayni bir narsa deb 
ta’kidlaydilar. Bu yo‘nalish namoyandalarining qarashlariga mutanosib (mos 
tarzda) yondashilsa, “irodaga qarshi” deyilsa, demak “xohishga qarshi” ham 
deganidir. SHuni unutmaslik kerakki, xohish har xil kuchga (kuchlanishga) egadir. 
Bu holga binoan, “xohish kuchi” “iroda kuchi”ning almashtiruvchisiga aylanib 
qoladi. Bu bilan ehtiyoj kechinmasining kuchi to‘g‘risidagi tasavvur irodaviy 
jismoniy va psixik zo‘riqish (tanglik) bo‘yicha mulohazani almashtirish hodisasi 


29 
yuzaga keltirilganga o‘xshaydi. SHaxs faoliyati va xulqini regulyatsiya qilish 
(boshqarish)ning ongli hamda motivatsion usuli sifatida (tariqasida) iroda 
gavdalanadi, namoyon bo‘ladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin