Umumiy psixologiya


Diqqatning vazifalari va turlari



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə20/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

3.2Diqqatning vazifalari va turlari.
Diqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa susaytiradi, organizmga yetkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi.
Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat, hissiy va intellektual diqqat kiradi.
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar.
Ixtiyorsiz diqqat-bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi.
Ixtiyoriy diqqat -bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik.
Ixtiyorsiz diqqat maqsad qo‘yish va iroda qatnashuvi bilan bog‘liq emas, ixtiyoriy diqqat uchun esa iroda boshqaruvi va maqsadning mavjud bo‘lishi shart. Odatda, ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishida jismoniy, psixofizik va ruhiy sabablarning yaxlit to‘plami bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, shartli ravishda quyidagi to‘rt darajaga bo‘lish mumkin.
Sabablarning birinchi guruhi tashqi qo‘zg‘atuvchi xususiyati bilan, avvalambor, seskantiruvchining kuchi yoki jadalligi bilan bog‘liq. Masalan, siz biror ishni ishtiyoq bilan bajarayotganingizdan, qo‘shni xonadagi yoki ko‘chadagi engil shovqinni eshitmaysiz. Lekin to‘satdan oldingizda polga tushgan og‘ir jismning baland tovushi eshitiladi, bu beixtiyor diqqatingizni jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqat uchun seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar.
Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi.
Diqqatning yana bir turi mavjud. Ixtiyoriy diqqatga o‘xshash, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatiga ega bo‘lib, va dastlab iroda kuchini talab etadi, lekin keyinchalik odam ishga «kirib boradi»: faoliyatning natijasi emas, balki, uning mazmuni va jarayoni ham qiziqarli bo‘lib, ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bunday diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi diqqat deb nomlandi. Masalan, o‘quvchi qiyin arifmetik masalani echa turib, dastlab, unga ma’lum kuch sarf etadi. Masala murakkab, o‘quvchi chalg‘iy boshlaydi. U o‘zini, irodasini ishga solgan holda, masalani echishga majburlaydi. Haqiqiy ixtiyorsiz diqqatdan farq qilib, ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. Shu bilan birga, ixtiyoriy diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi.
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin