Umumiy psixologiya


Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə22/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo‘lishi mumkin), murakkabligiga (ruhiy zo‘riqishni talab etuvchi darajaga), ma’lumligi va odatiyligi darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog‘liqdir.
Diqqat taqsimlanishini o‘rganish maqsadida Shulte (qizil-qora rangli jadvallar) jadvallari qo‘llaniladi.
Diqqatning bo‘linishi -bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi- bu sub’ektning o‘zining idrok qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning bo‘linishi bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilarning paydo bo‘lishidan dalolat beradi.
Diqqat hajmi - sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat ob’ektining muhim va belgilovchi xususiyatlaridan biri, uning o‘qitishda va mashq bajarishda umuman o‘zgarmasligidir.
Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda taxistoskopdan foydalaniladi - ma’lum sondagi seskantiruvchilarni shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat hajmi -individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning ko‘rsatkichi 5 ± 2ga teng bo‘ladi.
Diqqatning chalg‘ishi-bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz o‘tkazilishi. Chalg‘ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. Diqqatni ko‘proq to‘satdan paydo bo‘ladigan, o‘zgaruvchan kuch va chastota bilan ta’sir ko‘rsatadigan jism va hodisalar chalg‘itadi. Diqqatning ichki chalig‘ishi kuchli kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg‘ul bo‘lgan ishiga qiziqish va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo‘ladi.[1]
Chalg‘ituvchi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati to‘siqlarga moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko‘plab individual tafovutlar kuzatiladi (8.2 rasm).


Diqqat xususiyatlarini o‘rganishda parishonxotirlik haqidagi masala muhim ahamiyat kasb etadi. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb ataladi.


Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o‘tib turishida kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin