Umumiy qoidalar


XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
175-modda. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi
hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga
javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni
o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar
yetkazgan bo‘lsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab bo‘lgan ekspert xulosasini yoki
boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan
berish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(175-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
2


a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi.
(175-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 
171 -moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
11-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-
maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga
nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin