D
72-rasm . Q ora suvarakning ichki tuzilishi. A-ichki tuzilishining orqa va yon
tomonidan ko'rinishi: 1-so‘lak bezi rezervuari, 2-so‘lak bezi, 3-jig‘ildon, 4-
muskulli oshqozon, 5-o‘rta ichagi, 6-malpigi naychalari, 7-orqa ichagi, 8 ,9 -
traxeyalari, 10-qorin nerv zanjiri, 11-urug‘don, 12-jinsiy bezlar, 13-yuragi, 14-
bosh miyasi, 15-simpatik nerv sistemasi, 16-pilorik (ko‘r) o'simtalari; B-
kutiikulasining tuzilishi: 1-epikutikula, 2-ekzokutikula, 3-endokutikuIa, 4-
gipoderma, 5-qil, 6-teri bezi; D-urg‘ochilik jinsiy organi: 1 -tuxumdon naylari, 2-
tuxum y o ‘li, 3-urug‘ qabul qilgichi, 4-bezlar.
196
Hasharotlarning yuragi qorin bo‘limida ichakning ustida joylashgan.
Yurakning keyingi uchi berk, ichki bo'shlig'i ko'ndalang to‘siqlar bilan
bir necha kameralar (boim alar) ga bo'lingan. Har bir kameraning yon
tomonida ikkitadan klapanli teshikchalari (ostiylari) bor; yurak va undan
boshlanadigan bosh aorta tomiri devori muskul tolalari bilan
ta’minlangan.
Aorta bosh yaqinida tana bo‘shlig‘iga ochiladi, gemolimfa aortadan
ana shu bo'shliqqa kelib tushadi. Yurakni yurakoldi sinusi o ‘rab turadr.
Bu sinus tana bo‘shlig‘idan mayda teshikchali yupqa diafragma parda
orqali ajralib turadi. Yurak uzun naycha shaklida bolib, suvarakning
yuragi 13 ta kameradan iborat. Ko‘pchilik hasharotlarda bunday
kameralarning soni 8 ta b o iad i. Qon aylanish sistemasi faqat yurak va
undan chiqadigan kalta aorta qon tomiridan iborat; qon (gemolimfa) tana
bo‘shlig‘ida aylanadi. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq
tipda tuzilgan.
Yurakning ostida diafragmaga qanotsimon muskullaming uchi kelib
tutashgan. Yurak elastik tolalar yordamida qorin tergitlarida osilib
turadi. K o‘pchilik hasharotlarda xuddi shunday diafragma parda
ichakning ostida ham bo'ladi. Qanotsimon muskullar qisqarganida
difiragma pastga tortiladi; yurakoldi sinusi kengayib, gemolimfa bilan
to ‘ladi.
Gemolimfa ostiylar orqali yurak bo‘shlig‘iga o'tadi. Yurak
devoridagi muskullaming ketma-ket to'lqinsimon qisqarishi natijasida
qon yurakdan aortaga chiqadi; undan bosh yaqinida tana bo'shlig’iga
kelib quyiladi. Ichakosti diafragma muskullari qisqarganida gemolimfa
tana bo‘shlig‘ida oldingi tomonidan keyingi tomoniga oqadi.
Qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan maxsus qo'shim cha ampulalar
gemolimfani oyoq, qanot va mo'ylovlaming bo‘shlig‘ida ham
aylanishiga yordam beradi.
Yurakning qisqarish tezligi-puls hasharotlar turiga va uning
fiziologik holatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, arvoh kapalak yuragi tinch
holatda
bir
daqiqada
60-70,
uchganida
140-150
marta
qisqaradi.Hasharotlarning gemolimfasi gazlami tashishda ishtirok
etmaydi, u orqali faqat oziq moddalar va modda almashinuv
mahsulotlari tashiladi. Shu sababdan hasharotlar qonida eritrotsitlar yoki
shunga
o'xshash
qon
elementlari-gemoglobin
ham
bo'lmaydi.
Gemolimfa esa rangsiz, sarg'ish yoki yashil tusda bo'ladi. Faqat ayrim
chivinlar, xususan xironomidlar lichinkalari gemolimfasida gemoglobin
borligi sababli qoni qizil tusda bo'ladi. Bunday lichinkalarda traxeya
197
sistemasi bo‘lmaganligi tufayli gemoglobini gemolimfaga diffuziya yo‘li
bilan o‘tadigan kislorodni bog‘lash xususiyatiga ega.
Qora suvarakning hazm qilish organi uch bo’limdan iborat: oldingi,
o’rta va orqa ichak. Oldingi ichak: tomoq, qizilo’ngach, jig ’ildon va
muskulli oshqzondan iborat. Muskulli oshqozonida ovqat maydalanadi.
Muskulli oshqozonning keyingi qismi kardial klapanga aylangan. U
ovqatni o‘rta ichakka o ‘tkazib turadi va teskari tomonga harakat
qilishiga yo ‘l qo‘ymaydi. O ’rta ichak kalta, uning oldingi tomonida ko’i
(pilorik) osimtalari bor. Ovqat o ’rta ichakdan orqa ichakka o ’tadi.
Orqa
ichak
ikki
bo‘limdan
iborat,
uning
oldingi
qismi
ingichkalashgan, keyingi qismi esa yo‘g‘onlashgan, u anal teshigi orqali
tashqariga ochiladi. Orqa ichakda hazm bo'lgan ovqat tarkibidagi suv
yana bir marta qayta shimib olinadi, hazm bo'lm agan ovqat qoldiqlari
orqa ichakning keyingi (rektal) bo'lim ida yig‘iladi va tashqariga
chiqariladi. Hasharotlarning, shu jumladan, suvaraklaming ham oldingi
va orqa ichagining ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan.
Hasharotlarning, shu jumladan suvaraklaming ayirish sistemasi
vazifasini uning o‘rta ichagi bilan orqa ichagi tutashgan joyiga kelib
qo'shiladigan oqish va uzun ipsimon malpigi naychalari bajaradi. Bu
naychalarning erkin uchi berk, lekin ularning ichi kovak va orqa ichakka
ochiladi. Ayirish organlariga qo‘shimcha ravishda yog‘ tanachalarini
ham
kiritish
mumkin.
Y og1
tanachalarining
hujayralari
ham
hasharotlarning tana bo‘shlig‘idagi chiqarilishi kerak bo'lgan va modda
almashish jarayonida hosil bo‘lgan moddalarni ajratib oladi. Lekin
ulami tashqariga chiqarmaydi, umrining oxirigacha shu yerda to ‘planadi
va saqlanadi. Shu bilan birga yog‘ tanachalari hasharotlar och qolganda
zahira oziqa modda bo‘lib ham xizmat qiladi.
Hasharotlar traxeyalar bilan nafas oladi. Ko'pchilik hasharotlada
yaxshi rivojlangan traxeyalar sistemasi bo‘ladi. Faqat ayrim tuban
tuzilgan
hasharotlarning
traxeyalari
shakllanmagan;
ular
tana
qoplag‘ichi orqali diffuziya yo‘li bilan nafas oladi. Nafas olish sistemasi
tanasining ikki yonida joylashgan nafas olish teshiklari yoki
stigmalardan boshlanadi. Stigmalar 10 juft yoki undan kamroq bo‘ladi.
Ular o ‘rta va orqa ko'krak hamda 8 ta qorin bo'g'im larida joylashgan.
Stigmalar ochib va yopib turuvchi maxsus moslama bilan ta ’minlangan.
Stigmalarning teshigi tanada ko‘ndalang joylashgan yo'g'on. traxeya
naylariga ochiladi. Bu naylar tana bo‘ylab o‘tuvchi ikkita asosiy
traxeyalar orqali o'zaro tutashgan. Asosiy traxeya naylaridan birmuncha
ingichkaroq naylar boshlanadi; ular ham ko‘p marta ketma-ket
198
shoxlanib, ingichka naylami hosil qiladi. Bu naylar hamma organlami
o‘rab turadi. Naylar ko‘p marta shoxlanadi va uchki hujayraiar bilan
tugaydi. Traxeyalar hatto ayrim hujayralaming ichiga ham kirib boradi.
Traxeyalaming ayrim qismlari kengayib, havo xaltachalarini hosil
qiladi. Bundan tashqari, yaxshi uchadigan ko'pchilik parda qanotlilar,
pashsha va boshqa hasharotlarning qorin bo‘shlig‘ida havo xaltachalari
bo'ladi. Ana shu havo xaltachalari tufayli hasharotlarning traxeya
sistemasida havo almashinadi. Xaltachalar hasharotlar tanasining
solishtirma og‘irligini kamaytiradi. Havo xaltachalari hasharotlar
uchayotganda, sarf bo‘ladigan rezerv havo saqlanadigan joy ham bo'lib
xizmat qiladi. Stigmalarda yopuvchi va ochuvchi apparatning bo‘lishi
tufayli quruqlikda yashovchi hasharotlarning nafas olish jarayonida suv
bug‘lanishi keskin kamayadi. Stigmalar juda qisqa vaqt ochiJganda ham
kislorodning diffuziyasi havoga nisbatan yuqori bo'lgani tufayli
traxeyalarga kirishga ulguradi, suv bug‘i esa traxeyalardan chiqish
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Traxeyalar
hasharotlarning
embrional
rivojlanishi
davrida
ektodermadan hosil b o iad i. Traxeya naylari bir qavat epiteliy
hujayralaridan iborat traxeolalardan tashqari hamma traxeya naylarining
ichki yuzasi xitin modda bilan qoplangan. Traxeya naylarining ichki
yuzasida xitin moddadan iborat spiral yo‘g ‘onlashuvi paydo bo'ladi.
Faqat
traxeolalarda
bunday
yo'g'onlashuv
bo‘lmaydi.
Spiral
yo‘g‘on!ashuv traxeyalami doimo ochiq bo'Iishiga imkon beradi, nafas
chiqarishdan keyin ham naylar devori yopishib qolmaydi.
Nam joylarda hayot kechiradigan kam harakat hasharotlarning nafas
olish teshigi doimo ochiq bo‘ladi. Traxeya sistemasi orqali gaz
almashinuvi passiv, ya’ni diffuziya orqali sodir bo'ladi. Moddalar
almashinuvi juda tez kechadigan faol hayot kechiruvchi hasharotlarning
traxeyalarida gaz almashinuv jarayoni qorin bo‘limining siqilishi va
bo'shashi orqali ro‘y beradigan nafas olish harakatlari bilan bog‘liq.
Nafas olish tezligi hasharotlarning turi, ulaming fiziologik holati va
muhit sharoitiga bog‘liq. Masalan, asalari tinch holatda har daqiqada 40
marta, harakatlanganida 120 marta nafas oladi.
Suvda yashovchi hasharotlar nafas olish sistemasining tuzilishida
har xil moslashishlar paydo bo'ladi. Ulami nafas olish xususiyatlariga
ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin. Bir qancha hasharotlar suvda
yashab, atmosfera havosidan (suv qandalalari, suv qo'ng'izlari, chivinlar
lichinkalari), boshqalari esa suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
(ninachilar, buloqchiiar va kunliklaming lichinkalari),
199
Atmosfera havosi bilan nafas oladigan suv hasharotlarining tanasida
nafas olish bilan bog'ltq havo saqlaydigan bo'shliqlar, tuklar, havo
o ‘tkazish naylari yoki boshqa xil moslamalar paydo bo‘ladi. Masalan,
suv chayonlari qornining uchki qismidagi uzun o'simtasi havo o'tkazish
nayi hisoblanadi. Bu nay nafas olish teshiklari (stigmalar) bilan
tutashgan. Suv chayoni nafas olishi uchun dum o'simtasini suvdan
chiqaradi. Suv qo‘ng‘izilarning nafas olish teshiklari qorin bo'limining
orqa tomonida, ya’ni elitrasi (ust qanoti) ning ostida joylashgan. Elitra
tanasiga zich yopishmaganligi tufayii uning ostida bo'shliq, y a’ni havo
kamerasi hosil bo'ladi. Q o 'n g 'iz suv yuzasiga ko'tarilib, qornining
keyingi uchini suvdan chiqaradi va elitrasi ostiga havoni to'ldirib oladi.
Q o'ng'iz suvga sho'ng'iganda, ana shu havo hisobidan nafas oladi.
Hasharotlarning havo o'tkazuvchi naylari butun tanaga tarqalgan,
ular kislorodni to 'p p a-to 'g'ri to'qim alarga va hujayralarga yetkazib
beradi. Bu jihatdan traxeya qisman qon tomirlari funksiyasini ham
bajaradi. Bu jarayonda traxeyalarning uchki hujayra ichida joylashgan
shoxchalari-traxeolalar
muhim
vazifani
bajaradi.
Tinch
holatda
to'qim alar kislorodni kam sarflaganligi tufayii traxeolalarga to'qim a
suyuqligi kiradi va havo siqib chiqariladi. Faol holatda esa, aksincha,
suyuqlik traxeolalardan hujayralar va to'qimalarga o'tadi; traxeolalar
traxeyalardan keladigan havo bilan to'lishi natijasida hujayralarga
ko'proq kislorod keladi.
Ko'pchilik hasharotlar (kunliklar, buloqchilar, ninachilar)ning suvda
yashovchi lichinkalari traxeya-jabralar yordamida suvda erigan kislorod
bilan nafas oladi. Ularning tashqi nafas olish teshigi rivojlanmagan;
traxeya sistemasi yopiq. Traxeya-jabralar lichinka qorin bo'limida
joylashgan ipsimon yoki bargsimon yupqa devorli o'sim talardan iborat.
Traxeyalar ana shu o'sim talar ichida joylashgan. Suvda hayot
kechiradigan kunliklar lichinkasining traxeya-jabralari plastinka shaklida
bo'Iib, lokomotor organlar vazifasini ham bajaradi. Bentos (suv tubi) da
yashovchi kunliklar, buloqchilar va boshqa hasharotlar lichinkalarining
traxeya-jabralari ipsimon shaklda; voyaga yetayotgan hasharotlami
quruqlikka chiqishi davrida traxeya-jabralari yo'qolib, tashqi nafas olish
teshiklari paydo bo'lishi bilan yopiq traxeyalar sistemasi ochiq
sistemaga aylanadi. Ayrim hasharotlar, masalan, lyutka ninachilari, ba’zi
pashshalarning
suvda
yashovchi
lichinkalarida
traxeyalar
shakllanmagan. Kislorod ichki organlarga tana qoplag'ichi orqali
diffuziya yo'li bilan o'tadi.
200
Hasharotlarning markaziy nerv sistemasi halqum usti, halqum osti
nerv tugunlaridan va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv
tuguni yoki bosh miya uch bo‘limdan iborat: oldingi bo'limi-
protoserebrum,
o ‘rta
bo'lim i
deytoserebrum
va
orqa
bo'lim i-
tritoserebrum deyiladi.
Hasharotlar ayrim jinsli. U rg‘ochiiarida organlar sistemasi juft
tuxumdon-lardan, tuxum yo'I lari dan iborat. Tuxum yo’li katta qinga
ochiladi.
Suvaraklarda har bir tuxumdon tuxum hujayrasiga ega bo'lgan 8 ta
naychadan tashkil topgan. Ulardan tashqari urg‘ochilarining jinsiy
organlariga yana urug' qabul qiluvchi qopchiq va qo‘shimcha bez ham
kiradi. Suvaraklarning qo‘shimcha bezi ishlab chiqaradigan suyuqlikdan
ulaming tuxumiarini o‘rab turadigan pilla hosil bo'ladi.
Erkaklarining jinsiy organlari bir juft urug‘don, juft urug‘ yo'llari,
urug‘ pufagi va toq urug‘ chiqaruvchi naychalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |