Umurtqasizlar zoologiyasidan


Ishning bajarilish tartibi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Ishning bajarilish tartibi.
1. Yangigina efir yoki xloroform bilan 
o'ldirilgan suvarakning oyoq va qanotlari yulib tashlanadi. Suvarakning 
ichki organlarini o'rganish uchun uni yorish kerak. Buning uchun 
suvarakni chap qo'lda qorin tomoni bilan pastga, bosh qismini esa 
oldingi tomoniga qaratib ushlang. Keyin tergit va stemitlaming yon 
tomonidagi o'zaro birlashgan joyini suvarak tanasining keyingi uchidan 
boshlab 
oldingi 
ko'krakkacha 
ingichka 
qaychi 
bilan 
qirqing. 
Suvarakning bosh qismini o'zingizga qaratib aylantirib qo'yib, xuddi 
yuqorida qayd qilingan usulda chap tomonini ham kesing. Yon tomon 
kesimlarini 
oldingi 
ko'krak 
qismidan 
ko'ndalang 
kesik 
bilan 
tutashtiring. 
Shundan keyin 
suvarakni 
vannachaga joylashtirib, 
to'g 'n og'ich lar bilan bosh qismi va qomining keyingi uchini mustahkam 
sanchib qo'ying. Qisqich bilan tergitning oxirgi segmentidan ushlab, 
biroz ko'taring va uni ushlab turgan muskuliarni, traxeyalarni qaychi 
bilan qirqing. Tergitni ajratib olib, ichki yuzasini yuqoriga qaratib, 
vannachaga to'g'nog'ichlar yordamida mahkamlang va suvarakning 
ko'p kamerali yuragini kuzating.
2. 
Qo'l lupasi orqali suvarakning ichagi atrofidagi traxeya naycha- 
larini kuzating. Traxeyalarning tuzilishi bilan tanishish uchun vaqtincha 
mikroskopik preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasiga bir 
tomchi suv yoki gliserin tomizib, to'g'irlagich nina yordamida 
traxeyaning bir parchasi qo'yiladi va ustidan qoplag'ich oyna bilan 
yopib, mikroskopda qaraladi. Bunda spiral shaklidagi qalin devorli 
naycha ko'rinadi. Nafas teshigining tuzilishi bilan tayyor mikropreparati
201


orqali tanishib chiqiladi.
3. Orqa ichakning oldingi qismiga keiib qo‘shiladigan uzun 
ingichka naychalarni ko‘zdan kechiring. Bu malpigi naychalari deyiladi 
va ular ayirish organlari hisoblanadi. Suvaraklarda bunday naychalar 
soni yuzga yetadi va ular olti boylam bo'Iib joylashgan. Malpigi 
naychalarini ichakdan ajratib olib buyum oynasida bir tomchi suvga 
qo‘ying va mikroskopning kichik ob'ektivi yoki binokulyar orqali 
kuzating.
4. Traxeyalami to‘g‘ri!agich nina va qisqich bilan uzib, ovqat 
hazm qilish sistemasi ajratib olinadi. Uni tananing yon tomoniga qo‘yib 
to‘g‘rilanadi va mukammalroq qarab chiqiladi. O g'iz teshigi va og‘iz 
bo‘shlig‘i, ingichka qizilo‘ngach bilan tutashadi. Uning ikki yonida, 
ko‘krak qismida so‘lak bezlari yotishini ko‘rasiz. Har qaysi so'lak bezi 
pufakchalari 
bolaklardan va rezervuardan iborat. 
Qizilo'ngach 
kengayib, noksimon shakldagi katta hajmli jig ‘ildonni hosil qiladi. 
Bundan so'ng kichkina muskulli oshqozon keladi. Ovqat hazm qilish 
sistemasining kuzatilgan bu bo‘laklari oldingi ichakka kiradi. So‘ngra 
o ‘rta ichak va orqa ichak boshlanadi. Orqa ichakning oldingi qismi 
yo‘g ‘on ichak deb ataladi, orqa ichakdan so‘ng to‘g‘ri ichak keladi va u 
orqa chiqaruv teshigi bilan tashqariga ochiladi.
5. Jinsiy sistemasining ayrim qismlarini ko'rish uchun to 'g 'ri ichak 
orqa chiqaruv teshigidan kesiladi va u olib tashlanadi. Yog‘ 
tanachalardan hamda traxeya naychalardan tozalanadi va suv bilan 
yuviladi. Erkak suvarakda orqa chiqaruv teshigi ostida tashqariga 
ochiladigan urug‘ to ‘kuvchi kanali ko‘rinadi. Urug' to'kuvchi kanaliga 
ko'pgina uchi berk naychalar, ya’ni qo‘shimcha bezning naychalari kelib 
qo'shiladi. Qorin bo‘g ‘imining VII va VIII bo‘g‘imlari ikki yonida 
joylashgan ikkita urug'donni ko'rasiz. Ulardan chiqadigan urug‘ yo‘llari 
ham urug1 to‘kuvchi kanaliga kelib qo'shiladi. Urg'ochi suvarakda bir 
ju ft tuxumdonni ko'rish mumkin. Tuxumdonni har qaysisi sakkiz dona 
tuxum naychalaridan iborat. Y og‘ tanachalari ostida tuxum yo'lini 
topish mumkin. Bundan tashqari, qorinning orqa tomonida qo'shimcha 
bezlar yotadi.
6. Suvarakning nerv sistemasini qisman ko‘rish mumkin. Buning 
uchun qizilo'ngachni bo'yin qismidan qirqib, ovqat hazm qilish 
organlari, ko'krak muskullari olib tashlanadi va qorin bo'ylab ketgan 
traxeya nayi to'qim alardan nina bilan tozalanadi. Preparat ko'rib 
chiqiladi. Mikroskop ostida boshning oldingi qismida tomoq usti nerv 
tugunini topamiz, tomoq usti nerv tuguni bilan qo'shilgan tomoq osti
202


nerv tugunini topish juda qiyin. Shuning uchun tayyor mikropreparatdan 
yoki jadval orqali tanishib chiqish kerak. Suvarakning ko'krak va qorin 
qismida uning qorin nerv zanziri bor. Qorin nerv zanjiri ko'krak va qorin 
bo'g'im larida nerv tugunlari yordami bilan qo'shilgan bo'ladi.
H am m a ko‘rib chiqilgan ichki o rg an larn in g tuzilishi rasm larini 
chizing va bilimingizni n a z o ra t qilish uchun quyidagi test 
topshiriqlariga jav o b bering. C=58
1. Hasharotlarning hazm qilish sistemasini tartib bilan ko'rsating: 
A-oshqozon, B-o'rta ichak, V-jig‘ildon, G-orqa ichak, D-og'iz 
bo'shlig’i, E-halqum, J-qizilo'ngach, Z-kardial klapan, I-anal teshigi.
2. Hasharotlarning ayirish sistemasi tuzilishini beigilang: A- 
ingichka va uzun naylar, B-ko'p marta shoxlangan, V-barcha 
hujayralarga boradi, G-ichki yuzasi kipriklar bilan qoplangan, D- 
traxeyalardan iborat, E-malpigi naychalardan iborat, J-nafas olishi qorin 
va ko'krak ostki qismidagi teshikchalardan boshlanadi, Z-bir uchi o'rta 
va orqa ichak chegarasida, ikkinchi uchi tana bo'shlig'ida erkin 
joylashgan.
3. Nafas olish sistemasi qanday tuzilgan (2-topshiriqqa qarang)?
4. Nafas olish sistemasi qanday qismlardan iborat? A-tana 
bo'shlig'ida joylashgan traxeyalar, B-tana bo'shlig'idagi alveolalar, V- 
qorin bo'shlig'idagi nafas olish teshikchalari, G-ko‘krak boiim idagi 
nafas olish teshikchalari, D-bosh qismida joylashgan nafas olish 
teshikchalari.
5. Hasharotlar yuragi qanday tuzilgan va qayerda joylashgan? A- 
xaltasimon ikki bo'lmali, B-naysimon ko'p kamerali, V-ko'krak 
bo'lim ining orqa tomonida, G-qorin bo'iim ining orqa tomonida, D- 
oldingi katta qon tomiriga-aortaga ochiladi, 6-keyingi tomoni uzun qon 
tomiri ga ochiladi, J-har bir kamerada 2 ta teshikchalar-ostiyalari bor.
6. Hasharotlar qon aylanish sistemasiga tegishli tushunchalami 
ko'rsating: 
A-qon aylanish sistemasi sodda tuzilgan, B-yuragi 
xaltasimon, ko'p kamerali, V-yuragi naysimon ko'p kamerali, G-bitta 
bosh aortasi bor, D-qoni tutash doira bo'ylab aylanadi, E-qoni qizil, J- 
qoni kislorod tashiydi, Z-qoni oziq moddalami tashiydi, I-yurakning 
keyingi tomoni tutash, K-qoni rangsiz,
7. Qonning harakat yo'nalishini qon tomiridan boshlab tartib bilan 
ko'rsating. A-yurak kameralari, B-yon klapanlar, V-aorta, G-tana 
bo'shlig'ining keyingi qismi, D-tana bo'shlig'ining oldingi qismi.
203


8. Hasharotlarning sezgi organlari va ular o’mini juftlab ko‘rsating: 
A-ta’m bilish, В -hid bilish, V-ovoz chiqarish: 1-mo‘ylovlar, 2-lablar, 3- 
oyoqlar va qanotlar.
9. Hasharotlar organlari va ularga xos xususiyatlami juftlab 
ko'rsating: A-ko‘zlar, B-mo‘ylovlar, V-oyoqlar, G-ko‘krak, D-nafas 
olish organi, E-ayirish organi: 1-malpigi naychalari, 2-traxeyaIar, 3- 
murakkab, mozaik, 4-uch juft, 5-bir ju ft bo‘g‘imlarga bo'lingan, 6-uchta 
bo‘g ‘imdan iborat.
10. Hasharotlarda oziqning hazm bo'lish tartibini ko‘rsating: A- 
oshqozon devoridagi mayda tishchalar yordamida maydalanadi, B- 
so‘lak bilan aralashadi, V-pastki jagMar bilan chaynaladi, G-ichakda 
hazm 
bo'ladi, 
D-qoIdig‘i 
ichakdan 
chiqariladi, 
E-halqumdan 
qiziio'ngachga va oshqozonga o'tadi, J-tarkibidagi oziq moddalar qonga 
so'riladi, Z-oshqozondan ichakka o'tadi.
11. Hasharotlarning markaziy nerv sistemasini belgilang: A- 
halqum atrofi nerv halqasi, B-bir ju ft gangliyalar, V-halqum usti nerv 
tuguni, G-qorin nerv zanjiri, D-halqum osti nerv tuguni, E-tana bo'ylab 
ketgan 
nerv 
naylari, 
J-prototserebrum, 
Z-uzunchoq 
miya, 
I- 
deytotserebrum, K-orqa miya, L-tritotserebrum, M-miyacha.
30-m ashg‘ulot. H a sh a ro tlar postem brional rivojlanishining 
asosiy tuzilish xususiyatlari
K erakli m ate ria lla r va jihozlar. Chala va to'liq metamorfozli 
hasharotlarning postembrional rivojlanishini aks ettiruvchi jadvallar. Har 
xil yoshdagi chigirtkalar, turli yoshdagi tut ipak qurtlari, g'umbagi, 
kapalaklari va pillalari. Petri idishlari, qo'l lupalari, suvga to'ldirilgan 
stakanlar, qisqichlar, mikroskoplar, buyum va qoplag'ich oynalar, 
binokulyarlar.
D ars 
m aqsadi: 
Talabalarga 
hasharotlar 
postembrional 
rivojlanishining asosiy xususiyatlari to'g'risida m a’lumot berish.
Identiv o ‘quv m aqsadlari:
1. Hasharotlarda postembrional rivojlanishning qanday bosqichlari 
mavjudligini izohlay oladi.
2. Chala metamorfozli hasharotlarning qanday bosqichlari borligini 
tushuntirib beradi.
3. To'liq metamorfozli hasharotlarning qanday rivojlanish davrlari 
borligini bayon qila oladi.
4. Chala va to'liq metamorfozli hasharotlarga qanday turkumlar 
kirishini aytib bera oladi.
204


D arsning qisqacha m azm uni. Hasharotlarning postembrional 
rivojlanishi ularning muayyan guruhlari uchun sistematik belgi boMib 
xizmat qiladi. Evolyutsion taraqqiyotining eng yuqorigi pog‘onasiga 
ko‘tarilgan 
qanotli 
hasharotlarning 
postembrional 
rivojlanishi 
gemimetabolik 
(chala 
metamorfoz) 
va 
golometabolik 
(to‘liq 
metamorfoz) yo‘l bilan o ‘tadi. Chala metamorfoz yo‘li bilan 
rivojlanadigan hasharotlarga nisbatan tuban tuzilishga ega boMgan 
to‘g ‘ri qanotlilar, suvaraklar, ninachilar, qandalalar, kunliklar, bahorilar, 
beshiktevratarlar, teng qanotlilar, termitlar, bitlar, parxo‘rlar va boshqa 
turkum vakillari kiradi (73-rasm). Bularning tuxumdan chiqqan 
lichinkalari voyaga yetgan (imago) hasharotlarga ko‘p jihatdan o ‘xshash 
bo‘ladi. Lekin qanotlarining va ikkilamchi jinsiy belgilarining 
rivojlanmaganligi, shuningdek ayrimlarida faqat lichinka davriga xos 
boMgan (provizor) organlarining bo‘lishi bilan farq qiladi (kunliklar 
lichinkalarining traxeya jabralari), Lichinka bilan imago orasidagi 
tafovutlar, ular bir yoshdan ikkinchi yoshga o ‘tgan davrda, qator po‘st 
tashlashlar natijasida asta-sekin yo ‘qolib boradi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin