Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Erkak (A) va urg‘ochi (B) qora suvarakning tashqi tuzilishi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

66-rasm. Erkak (A) va urg‘ochi (B) qora suvarakning tashqi tuzilishi:
1-mo‘ylovIari, 2-jag‘paypaslagichlari, 3-oldingi ko‘krak bo'g'imi, 4-ustqanoti,
5-soni, 6-boldiri, 7-panjasi, 8-qorinning 
0
‘ninchi bo‘g‘imi, 9-serkilari,
10-boshi, 1l-o'rta ko'krak bo'g'imi, 12-orqa ko'krak bo‘g ‘imi.
Hozirgi 
vaqtda 
keng tarqalgan 
Markaziy 
Osiyo 
suvaragi 
(Shelfortella tartara
)ning oxirgi ko'krak va qorin qismining dastlabki 
segmentlari ustida sariq rangdagi nuqtachalari bor. Bu suvarak 
erkaklarining qanotlari tanasiga nisbatan ancha uzun va ana shu belgilari 
bilan ular qora suvarak 
(Blatta orientalis)
dan farq qiladi. Boshqa 
hasharotlar singari suvarakning tanasi ham uch: bosh, ko'krak va qorin 
bo'lim laridan iborat bo'Iib, uning usti xitin p o 'st bilan qoplangan. Bosh 
qismi harakatchan, ko'krakdan ingichka bo'yin orqali ajralib turadi. 
Bosh 5 ta segmentning o'zaro birikishidan hosil bo'lgan.
Suvarakning boshi uchburchak shaklda bo'Iib, qalin xitin po'st bilan 
qoplangan va bosh qutichasiga aylangan. Uning pastki qismida og'iz 
joylashgan. Yuqorigi tomonini esa peshana qismi tashkil qiladi. 
Boshning ikkala yon tomonida ipsimon mayda halqalardan iborat juft 
mo'ylovlari joylashgan. Ular hidlash (xemoretseptor) va sezish 
vazifasini bajaradi. Mo'ylovlarning asosida bir ju ft murakkab fasetkali
183


ko‘zlarni ko ‘rish mumkin. Bosh qismida mo‘ylovlaridan tashqari ikki 
juft og'iz oldi paypaslagichlari ham joylashgan.
K o‘krak bo‘limi uchta segmentdan tashkil topgan. Shunga ko‘ra 
ko'krak: oldingi, o 'rta va keyingi ko‘krak qismlariga ajraladi. 
Suvaraklarning va umuman hamma hasharotlarning ko‘krak qismi 
harakatlantiruvchi (lokomator) tana bo‘limi hisoblanadi. Chunki bu 
boMimda uch juft oyoq va ikki juft (ikki qanotlilar bundan istisno) qanot 
joylashgan. Suvaraklarning erkaklarida qanotlari yaxshi rivojlangan, 
lekin uchishga moslashmagan. Urg‘ochilarida esa qanotlari juda kalta 
bo'ladi. Oldingi ju ft qanotlari o'rta ko'krakka birikkan, ular qalin va 
qattiq qanot qoplag'ichni hosil qiladi. Ikkinchi ju ft qanotlari ancha 
yupqa bo'ladi.
Hasharotlarning ko'krak bo'limida uch juft yurish oyoqlari 
bo'lganligi uchun ulami olti oyoqlilar 
(Hexopoda)
ham deyiladi. 
Oyoqlarining hammasi bir xil. Birinchi juft oyoqlari oldingi ko'krakka, 
ikkichi jufti o'rta ko'krakka, uchinchi jufti esa keyingi ko'krakka 
birikadi. Oyoqlari besh bo'g'im dan tashkil topgan: asosiy bo'g'im - 
dumg'aza, ko'st(toscha), son, boldir, panjadan (kaft) iborat. Panjaning 
keyingi qismi juft tirnoqcha bilan tugaydi. Suvaraklarning oyoqlari 
yugurishga moslashgan. Ularning panja qismi nisbatan uzunroq bo'lib, 
biroz yassilangan. Bu tipda tuzilgan oyoqlarning panjalarida o'ziga xos 
moslamalari bor. Timoqlarining ostida yupqa xitin bilan qoplangan 
pulvilla (yostiqcha) joylashgan bo'lib, u substratga yopishish uchun 
xizmat qiladi.
Suvaraklarning qomi har xil kattalikdagi 10 ta segmentdan tuzilgan. 
Qorin qismining oxirgi segm entidajuft sezgi organi-serkilari joylashgan. 
Erkaklarida ulardan tashqari yana bir juft grifelkalari (qo'shilish organi) 
ham bo'ladi. U rg'ochi hasharotlarning eng so'nggi qorin bo'gimida 
joylashgan uch tavaqali tuxum qo'ygich organlari ham qorin oyoqlardan 
kelib chiqqan.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin