sharoitiga moslashish natijasida parapodiylar yo'qolib, faqat bir qism
qillar saqlanib qolgan (46-rasm).
Yomg‘ir chuvalchangi tanasining segmentlari tashqi tomonidan bir-
biridan segmentlararo egatcha orqali ajralib turadi. Chuvalchangning
yelka tomonidagi bu egatchalarda teshikchalar bo'Iib, ular orqali tana
bo‘shlig‘i suyuqligi chiqib turadi va terini namlaydi. Buning natijasida
chuvalchangning teri orqali nafas olishi osonlashadi.
Yomg‘ir chuvaichangining tanasi kutikula bilan qoplangan. Uning
ostida endodermadan hosil bo‘lgan silindrsimon qoplovchi to‘qima
(epiteliy) hujayralardan iborat teri joylashgan. Terida bir hujayrali juda
ko‘p bezlar bo‘ladi, ular ishlab chiqaradigan shilliq modda terini namlab
turadi. Epiteliydan keyin halqasimon muskullar yupqa qavat hosil qiladi.
Bo‘ylama muskullar ham yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular 4-5
bo‘lakchadan iborat tasmasimon muskullarni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: