Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226
-.-

Darsga qo‘yiladigan talablar.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy vazifani hal 
etishga yo‘naltiriladi: 
o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish.
Ana shuni hisobga olib 
darsga didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablar qo‘yiladi. 
Didaktik (yoki ta'lim)iy talablarga
har bir darsning ta'lim vazifalarini aniq 
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga 
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini 
kiritish, turli xildagi shakl, metodlar va vositalardan mos ravishda foydalanish, dars 
tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga 
o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ 
qayta aloqani ta'minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy 
mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta'minlash kabilar kiradi. 
Darsga nisbatan qo‘yiladigan 
tarbiyaviy talablar
o‘quv materialining 
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin 
bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari 
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni 
belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim 
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, masuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, 
uquvchanlilik, e'tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga 
diqqat-e'tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish
o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor 
bo‘lishdan iborat. 
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan 
rivojlantiruvchi 
talablarga
o‘quvchilarda o‘quv-bilish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy 
tashabbuskorlik va faollikni shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning 
idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, «rivojlanishning yaqin 
zonasini loyihalashtirish», «o‘zib ketish» darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini 
tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning 
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra 


193 
bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini 
operativ qayta qurish kabilar kiradi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin