Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o


«Karvon» O'yinga tayyorgarlik



Yüklə 135 Kb.
səhifə11/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
o’yin namunalari

«Karvon»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin bolalarning og'zaki nutqi, top-qirligi, diqqati, tezkorligi va chaqqonlik kabi sifatlarini rivojlantiradi. O'yin shartiga ko'ra, o'yinboshi, ya'ni «karvonboshi» hamda «qaroqchi» belgilanadi. Diametri 15m bo'lgan doira chiziladi.
O'yinning tavsifi. O'yinchilar bir qatorga turib, oldinda turgan o'yinchining belidan qo'l bilan ushlaydilar. Ular doira bo'ylab keng qadamlar bilan yugurib, tuya kabi harakatlanishi kerak. O'yinchilardan biri doiraning bir chetiga joylashib olib, yo'ldan o'tayotgan karvonni talab «qaroqchilik» qiladi.
Qaroqchi so'raydi:
— Karvon qayoqqa borayapti?
Hindistonga, ey hurmatli zot, — deb javob berdi karvonboshi.
— Sizlar, do'stlar uchun nima olib kelasizlar? - deydi qaroqchi.
Buyuring, oliy hazratlari, — deydi karvonboshi.
Qaroqchi 5—8 ta buyumning nomini aytadi.
Karvon olg'a qarab ketadi. Doira bo'ylab aylanib kelgan karvon yana qaroqchining oldidan o'tadi. Qaroqchi karvonboshidan yana so'raydi: «Sen menga nima olib kelishing kerak edi?» Qaroqchi qanday buyumlar aytgan bo'lsa, karvonboshi ularning hammasini takrorlashi kerak. Agar biror narsani esidan chiqargan bo'lsa, qaroqchi butun karvonni asirga oladi va navbat bilan biron narsa olib kelishga majburlaydi.
Mabodo karvonboshi hech narsani esidan chiqarmasdan qaroqchi aytganlarini takrorlasa, unda qaroqchi so'raydi: «Qani mening buyumlarim?». Karvonboshi o'yinchilardan birini ko'rsatib «Navbatdagi sandiqda», deydi. Ko'rsatilgan o'yinchi esa «Amu-daryoni kechib o'tayotganimizda sizning buyurtmangizni yo'qotdik» deyishi bilan karvon tarqalib qochadi. Qaroqchi ulardan birini tutishi kerak.
«Tapur-tupur qaldirg'och»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin bolalarda sezgirlik, idrok qilish, eshitish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bo'yi 8 metr, eni 6 metr bo'lgan to'rtburchak chiziladi. Qora rangdagi ro'mol tayyorlanadi. O'yinboshi va o'yinni birinchi bo'lib boshlovchi qur'a tashlash yo'li bilan belgilanadi. O'yinchilar shu to'rtburchak ichida joyla-shadilar.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin