«Insiz quyon» O'yinga tayyorgarlik. Har bir o'yinchi — «quyon»ning qo'lida bittadan basketbol to'pi bo'ladi. Zalning yoki maydonchaning bir tomonida quyonchalarni sonidan 2—3 ta kam bo'lgan avtomobil pokrishkalari qo'yib chiqiladi.
O'yinni tavsifi. O'qituvchining signali bo'yicha zal yoki maydonchaning ikkinchi yarmida barcha o'yin qatnashchilari topshiriq bo'yicha to'pni olib yurishni bajaradilar: 1. To'pni turgan joyda olib yurish (navbat bilan o'ng va chap qo'lda bajariladi). 2. Turgan joyda yerga urilib qaytgan to'pning balandligini o'zgartirib olib yurish (cho'qqayib o'tirgan holatda). 3. To'pni doira bo'ylab olib yurish, bunda o'yinchi turgan joyida aylanishni bajaradi. 4. O'yinchi to'pni bitta nuqtada aylana bo'ylab harakat qilib olib yuradi. 5. To'pning yo'nalishini o'zgartirib, ustunchalarni aylanib o'tish bilan olib yurish.
«Arqon tortish» O'yinga tayyorgarlik. Har bir komandaning orqasida to'p osib qo'yilgan bo'ladi. O'yinchilar ikki komandaga teng qilib bo'-linadi. Polga arqon qo'yilgan bo'ladi.
O'yin tavsifi. O'qituvchining buyrug'idan keyin arqonni olib o'zlariga tortib, osib qo'yilgan to'p boshlariga tegishiga harakat qila-dilar. Vazifani birinchi bo'lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi.
«Echki bolalar» O'yin tavsifi. O'yinda 8—10 ta o'yinchi qatnashadi. Ulardan bin ona echki bo'ladi. Echki bolalari qo'l ushlashib aylana shaklida turadilar. Ona echki o'rtada ovqat pishiradi. Bitta echki bolasi kelib «ovqat pisharamiz» deb so'raydi. Onasi «yo'q birpas o'ynab tur» deydi. Birozdan so'ng ikkinchi echki bolasi keladi. Onasi unga «Ovqat pishdi, bor idishlarni yuvib kel» deydi. Shunda echki bola idishlarni sindirib qo'yadi. «Idishlar sindi» deb hamma bolalar baqiradi. Ona echki bolalarni quvib ketadi. Qaysi birini ushlab olsa, o'sha ona echki bo'ladi. O'yin qaytadan boshlanadi.
«Jambil» O'yinning tavsifi. Bu o'yinda o'quvchilar 2 guruhga bo'linadi-lar. Harbir guruhda 5—6 tadan o'yinchi bo'ladi. 1-guruh o'yin-chilari belgilangan uzoqlikdan to'pni katakchalar ichi (jambil)ga taxlangan toshchalarga otishadi. Katakchalar ichida 4 tadan tosh-chalar ustma-ust taxlangan bo'ladi.